1) Проектирование (loyihalash)
2) Экспулатация (amaliy foydalanish)
MBBT qaysi tartibda ishlashidan qat’iy nazar, uni ishlatish texnologiyasi quyidagicha namoyon bo’ladi:
Foydalanuvchi–MBni ma’lum formada to’ldiradi, muayyan запрос (so’rov) orqali qayta ishlaydi va natijalarni otchet (hisobot) tarzida tashkil qiladi. Birgina MBda millionlab foydalanuvchi ish yuritadi, ammo tuzilmasiga qo’l tekizmaydi. Foydalanuvchi asosan 6 ta obyektning 4 tasi bilan bemalol ish yuritadi. Xullas, ushbu obyektlar bilan ish bajarish uchun foydalanuvchi quyidagi tugmachalar bilan ish yuritishi mumkin:
Открыть- tanlagan obyektni ochadi. Конструктор-tanlagan obyekt tuzilmasini ochadi. Создать- yangi obyektlarni tashkil qiladi.
MB ning o’ziga xos xususiyatlari
MB ning jadvali mustaqil ravishda hujjat bo’la olmaydi, ammo jadval tuzilmasi esa hujjat, biroq Microsoft Accessda uning uchun alohida fayl ajratilmagan. Jadvaldagi barcha o’zgarishlar avtomatik ravishda realvaqtholatida saqlanadi. Real vaqt holatida jadval bilan ishlash jarayonida uzluksiz saqlash davom etadi. Birinchi maydonga ma’lumotlarni kiritish to’xtatilgach, 2-maydonga o’tiladi, shu vaqtda ma’lumotlar vinchestrga yozila boradi va avtomatik ravishda saqlanadi.
MB jadvallari bilan ishlash jarayoni
1. MBBTdarchasining pastki qismida поля номера записи (tartib raqamini yozish maydoni) bo’lib, bunda maydonga o’tish tugmalari bor (jadval bo’yicha siljishni amalga oshiradi).
2. Har bir yozuv chap tomonida yozuv markeri (marker zapisi) tugmachasiga ega. Shu tugmani bossak, yozuv ajratilib ko’rinadi va nusxa olishga tayyorlanadi.
3.Ajratilgan yozuvda sichqoncha o’ng tugmasini bossak, kontekst tavsiyanoma muloqot darchasi chiqadi va uning buyruqlari orqali yozuv ustida ish bajariladi.
4.Jadvalning chap tomoni yuqori qismida turgan marker jadval markeri deyiladi. Uni bossak, butun jadval ajratilib ko’rinadi. Sichqoncha o’ng tugmasi bosilsa, kontekst tavsiyanoma muloqat darchasi ekranda paydo bo’ladi. Uning buyruqlari bilan jadval ustida ish yuritiladi.
5.Maydon sarlavhasida sichqoncha tugmasini bossak, u holda maydon ajratilib ko’rinadi.