«So’rov» lar nafaqat kerakli ma’lumotni olish va uni ishlash uchun, balki natijaviy hisoblashlar tashkil qilish imkonini ham beradi. Masalan, qandaydir yozuv (qator) lar guruhi bo’yicha o’rta arifmetik qiyMatni yoki yig’indisini topish. Bu holda ham namunaviy so’rov blankiyordamila ish bajariladi, ammo yozuvlarni biror belgisiga qarab alohida guruhlarga jamlash talab qilinadi va bunda guruhlash degan yordamchi qator paydo bo’ladi. Ushbu qatorni namunaviy blankka kiritish uchun asboblar panelidagi ga kursorni keltirib «sichqoncha» chap tugmasini bosamiz.
O’zgartirishlar «so’rovi»ni tuzish
Avtomatik ravishda yangi jadval tuzishda yoki hisoblash natijalari asosida jadval hosil qilishda vaqtinchalik natijaviy jadval tuziladi va bu jadvaldan yangisini hosil qilishda yoki o’zgartirishda foydalaniladi. Bu holatda «So’rov» ni o’zgartirishning birnecha usullari mavjud:
jadval tuzish so’rovi,
jadval tarkibidagi ma’lumotlarni yangilash so’rovi,
yozuvlarni kiritish so’rovi,
yozuvlarni yo’qotish so’rovi.
Buning uchun Запрос tavsiyanomasidagi Создать buyrug’i bilan Конструктор tartibida ish yuritiladi.
Ma’lumotlarni kiritish uchun kerakli maydonga ega bo’lgan elektron blank forma deb ataladi. Forma tashkil qilish MB darchasining Форма bo’limida Создать tugmasini bosish bilan boshlanadi va ekranda quyidagi muloqot darchasi paydo bo’ladi.
Ekranda hosil bo’lgan muloqot darchasida yangi forma tuzishning bir qator usullari taklif qilinadi:
Конструктор - mustaqil ravishda yangi forma tuzish.
Мастер форм - tanlangan maydonlar asosida avtomatik ravishda formalar tuzish.
Автоформа: В столбец (ustun ko’rinishida) – maydonlarni avtomatik ravishda bitta ustunga joylashtirilgan holda formalar tuzish.