Elementlar panelida maxsus boshqaruv elementi mavjud bo’lib, unga va formaga bosib matnlar ramkasini hosil qilamiz. Matn kiritilganda uni formatlashning hojati yo’q. Matn kiritilgach, Enter tugmasi bosiladi. Boshqarish elementini formatlashda avval uni ajratish (выделить) lozim, so’ngra Выбор объекта (obyektni tanlash) asbobidan foydalanamiz. Boshqarish elementini ajratganda uning atrofida 8 markerli ramka hosil bo’ladi. Chegaralarini siljitish bilan ramkani siqish va cho’zish mumkin bo’ladi. Ramkaning chapdagi yuqori markeri alohida ahamiyatga molik. Unga ko’rsatkichni to’g’rilaganda «sichqoncha» ko’rsatkichi xuddi bosh barmoq ko’rinishiga o’xshab ketadi. Obyekt ajratilgach, shrift parametrlarini o’zgartirish mumkin. Buni formatlash paneli piktogrammalari orqali amalga oshirish lozim. Bordiyu, «sichqoncha» o’ng tugmachasi bosilsa, u holda kontekst tavsiyanoma bo’yruqlari orqali ish bajariladi.
Jadval maydonlari mazmunini aks ettiruvchi boshqarish elementlari esa elementlar panelidagi Maydon elementi orqali amalga oshiriladi. Boshqarishning bunday elementlarini bog’langan maydon deb ataladi. Ushbu bog’langan maydonni tashkil qilish uchun elementlar panelida Maydon elementi mavjud. Bog’langan maydonni tashkil qilish jarayonida boshqarishning yana bir elementi – bog’langan yozuv paydo bo’ladi. Bog’langan maydonni bog’langan yozuvdan ajratish uchun chap tomon tepasida turgan barmoq ko’rsatkichi markerni ishga solinadi.
Отчет (hisobot)lar tashkil qilish
Hisobot–bu natijalar aks etgan qog’ozli hujjat demakdir. MB muloqot darchasida Отчетni tanlab Создать tugmasiga bossak, Новый отчет (yangi hisobot) degan muloqot darchasi paydo bo’ladi (15.14-rasm.).
Ekranda hosil bo’lgan muloqot darchasida yangi hisobot tuzishning bir qator usullari taklif qilinadi:
Конструктор – mustaqil ravishda yangi hisobot tuzish.