Ma’lumotlarning abstrakt yoki mantiqiy tuzilmasi deganda, uning matematik yoki chizma (grafik) ifodasi tushiniladi. Abstrakt bosqichda ixtiyoriy tuzilmani <D,R> juftlik ko’rinishda ifodalash qabul qilingan. Bu yerda:
D – elementlarning chekli to’plami bo’lib, elementlar ma’lumotlar turlari yoki ma’lumotlar tuzilmasi bo’lishi mumkin;
R – munosabatlar to’plami bo’lib, mazkur munosabatlar xususiyatlari abstrakt bosqichda ma’lumotlar tuzilmalarini turlarini aniqlaydi.
Ma’lumotlarning fizik tuzilmasi deganda, uning kompyuter xotirasidagi fizik tasvirlanishi tushiniladi.