Ma’lumotlarning oddiy turlari odatda arifmetik turlar deb ham ataladi, chunki bu turlar ustida arifmetik amallar bajarish mumkin. Oddiy turlarni tavsiflash uchun quyidagi kalit so’zlari qo’llaniladi:
int (butun);
char (belgili);
wchar_t (kengaytirilgan belgili);
bool (mantiqiy);
float (haqiqiy);
double (ikkilik aniqlikdagi haqiqiy).
Birinchi to’rtta tur butun sonli (butun), oxirgi ikkita tur – qo’zg’aluvchi nuqtali deb ataladi. Kompilyatorda butun qiymatli ma’lumotni qayta ishlash kodi qo’zg’aluvchi nuqtali qiymatni qayta ishlash kodidan farq qiladi.
Ma’lumotlarning oddiy turlari
Oddiy turlarning ichki tasvirlanishi va diapozonini aniqlash uchun to’rtta maxsus tur mavjud:
short (qisqa);
long (uzun);
signed (ishorali);
unsigned (ishorasiz).
Sonli turlarning xotiradagi hajmi
Sonli tur
Qiymati
O’lchami (bayt)
bool
true и false
1
signed char
-128 … 127
1
unsigned char
0 … 255
1
signed short int
-32 768 … 32 767
2
unsigned short int
0 … 65 535
2
signed long int
-2 147 483 648 … 2 147 483 647
4
unsigned long int
0 … 4 294 967 295
4
float
3.4e-38 … 3.4e+38
4
double
1.7e-308 … 1.7C+308
8
long double
3.4e-4932 … 3.4e+4932
10
Sonli turlarning xotiradagi hajmi
Pythonda standart o'rnatilgan quyidagi ma'lumotlar turlariga ega:
Matnli ma'lumot turi: str
Sonli ma'lumot turlari: int, float, complex
Tartibli ma'lumot turlari: list, tuple, range
Lug'atli ma'lumot turi: dict
To'plamli ma'lumot tulari: set, frozenset
Boolean (True/false) ma'lumot turi: bool
Binar(ikkilik) ma'lumot turlari: byte, bytearray, memoryview
Ma'lumotlar turini belgilash:
Mustaqil ishlash uchun savollar
Ma’lumot nima?
Tuzilma nima?
Ma’lumotlar tuzilmasini ta’riflang?
Ma’lumotlarni tasvirlash bosqichlari.
Ma’lumotlar tuzilmasi klassifikatsiyasi?
Ma’lumotlarning oddiy, integrallashgan va foydalanuvchi turlari.
Ko’rsatkichli turlarning sintaksisi.
Adabiyotlar
Adam Drozdek. Data structures and algorithms in C++. Fourth edition.Cengage Learning, 2013.
Алфред В. Ахо., Джон Э. Хопкрофт, Джефри Д. Ульман. Структура данных и алгоритмы. //Учеб.пос., М.: Изд.дом: "Вильямс", 2000, — 384 с.
Narzullaev U.X., Qarshiev A.B., Boynazarov I.M. Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar. //O’quv qo’llanma. Toshkent: Tafakkur nashriyoti, 2013 y. – 192 b.
Boynazarov I.M. Dinamik ma’lumotlar tuzilmasi. //Uslubiy qo’llanma. Toshkent: Tafakkur nashriyoti, 2018 y. – 215 b.
Boynazarov I.M. Ma’lumotlar tuzilmasi: C va Python. Uslubiy ko’rsatma. Toshkent: Tafakkur nashriyoti, 2018 y. – 158 b
Boynazarov I.M. Ma’lumotlar tuzilmasi: Saralash va qidiruv algoritmlari. Uslubiy ko’rsatma. Toshkent: Tafakkur nashriyoti, 2018 y. – 58 b
Mustaqil ishlash uchun topshiriqlar:
Dasturlash tillarida ma’lumotlarning standart turlari (sonli, belgili, mantiqiy, ko’rsatkichlar va foydalanuvchi turlari) bilan ishlash, dasturlash tillaridagi kalit so’zlar;
Ma’lumotlar tuzilmalarining mantiqiy ifodasi va ularning kompyuter xotirasida tasvirlanishi;
Ma’lumotlar tuzilmasi klassifikatsiyasi (oddiy –standart, statik, yarimstatik va dinamik tuzilmalar);
Statik va yarimstatik tuzilmalarga misollar.
Izoh: dars mashg’ulotida berilgan bilimlarga qo’shimcha ma’lumotlarni to’plash-konspekt qilish, referat tayyorlash, oxirgi mavzu uchun ma’lumotlar 2-ma’ruza mashg’ulotiga tayyorgarlik sifatida o’rganiladi.