Ma’lumotlar toifasi – qandaydir qiymatlar yig’indisi bo’lib, ular ustida ma’lum amallar o’rinli bo’ladi. Ma’lumotlar toifalari dasturda oldindan aniqlangan yoki foydalanuvchi tomonidan aniqlangan bo’lishi mumkin va quyidagi aspektlarni nazarda tutadi.
Qiymatlar to’plami
Amallar to’plami
Misol uchun int - butun toifalarva ustida bajariladigan arifmetik amallar(+,-,*,/). Ma’lumotlarni ifodalash bosqichlari va tarkibi. Ma’lumotlar toifalari 3 turga ajratiladi:
Primitiv toifalar (ma’lumotlarning sodda toifalari). Oldindan ma’lum bo’ladigan, sozlangan toifalar deb xam ataladigan toifalar bo’lib, turli dasturlash tillarida turlicha bo’lishi mumkin. Masalan, C++ tilida int (long, short,… ), float(double), char,…
Foydalanuvchi tomonidan aniqlanadigan toifalar, qachonki mavjud sozlangan toifalar qo’yilgan masalani yechishga yetarli bo’lmasa qo’llaniladi.
Abstrakt toifalar. Ma’lumotlar toifalarining mantiqiy xususiyatlarini aniqlashda foydali instrument hisoblanadi. “Abstrakt toifa” atamasi bazaviy matematik tushunchasiga bog’liq. Ushbu toifalardagi ma’lumotlar qisman apparat va dasturiy ta’minot yordamida tuzilma sifatida fizik amalga oshirilishi mumkin. Biz abstrakt toifalarni matematik tushuncha sifatida aniqlaganimizda, muhit va vaqtiy munosabatlarni e’tiborga olmaymiz. Bular amalga oshirish masalalari hisoblanadi.
Ma’lumotlar tuzilmasi Ma’lumotlar turli yo’lar asosida tashkil etilishi mumkin, mantiqiy yoki matematik modelni tashkil etilishi ma’lumotlar tuzilmasi deyiladi. Konkret bir ma’lumotlar tuzilmasini tanlash quyidagilarga bog’liq:
Real voqe’likda elementlararo munosabatni yaqqol ifodalay olishi kerak;
Tuzilmani sifatiy taxlili, ya’ni elementlarni saqlash uchun qancha xotira hajmi sarflanishini aniqlash (xotira sarfi) va qayta ishlashga ketadigan vaqtni (vaqt sarfi) hisoblash nazarda tutiladi.