a) butun (INT); b) haqiqiy (FLOAT) ; c) mantiqiy (BOOL); d) belgili (simvol) (CHAR); e) ko‘rsatkichli (*). Foydalanuvchi tomonidan aniqlanadigan toifalar esa:
a) sanaladigan; b) diapazonli (oraliqli). Ma’lumotlarning ixtiyoriy toifasi qiymatlar sohasi va ular ustida bajarilishi mumkin bo‘lgan amallar orqali tavsiflanadi.
Butun toifa – INT.Mazkur toifa butun sonlar to‘plamini qandaydir qism to‘plami bo‘lib, uning o‘lchami mashina, ya’ni EHM konfiguratsiyasiga bog‘liq ravishda o‘zgarib turadi. Agar butun sonni mashinada tasvirlash uchun p ta razryaddan foydalanilsa (bunda qo‘shimcha koddan foydalanilganda), u holda x butun sonning qiymat qabul qilish oralig‘i quyidagicha bo‘lishi zarur, ya’ni quyidagi shartni qanoatlantirishi lozim: -2 n-1<= x< 2 n-1.
Butun toifadagi ma’lumotlar ustida bajariladigan barcha amallar to‘g‘ri amalga oshiriladi deb hisoblanib, ushbu amallar arifmetikada qabul qilgan qoidalariga bo‘ysunadi. Agar ushbu toifada amallar bajarilganda natija ruxsat etilgan oraliqdan chiqib ketsa, u holda hisoblash to‘xtatiladi. Bunday hol to‘lib ketish deb ataladi.
Mazkur toifaga kiruvchi sonlar ikkitaga bo‘linadi: ishorali va ishorasiz. Ularning har bir uchun mos ravishda qiymat qabul qilish oralig‘i mavjud:
a) ishorasiz sonlar uchun (0..2n-1);
b) ishoralilar uchun (-2N-1.. 2N-1-1).
Sonlar mashinada qayta ishlanayotganda ularning ishorali ko‘rinishidan foydalaniladi. Agar mashina so‘zi yozuv, komandarani qayta ishlash va ko‘rsatkichlar uchun foydalanilayotgan bo‘lsa, u holda sonning ishorasiz ko‘rinishidan foydalaniladi.
Butun sonlar ustida – qo‘shish, ayrish, ko‘paytirish, butunsonli bo‘lish (qoldiqni tashlab yuborish orqali), berilgan modul bo‘yicha hisoblash (bo‘lishda qolgan qoldiqni hisoblash), berilgan sonlar to‘plamining eng katta va eng kichik elementini aniqlash, butun darajaga oshirish, sonning qiymatiga qarab o‘zidan oldingi yoki keyingi sonni aniqlash. Bu operatsiyalarning natijalari ham butun sonlar bo‘ladi.
Butun sonlar ustida ==,!=, <, <=, >, >= operatorlar bilan taqqoslash amallarni ham bajarish mumkin. Ammo bu operatsiyalarning natijalari INT toifasiga kirmaydi, ular BOOL toifasiga kiradi.
Haqiqiy toifa.Haqiqiy toifaga kasr qismlari bor chekli sonlar to‘plami kiradi. To‘plamni chekli bo‘lish sharti EXMda sonlarni ifodalash chegaralanganligi bilan bog‘liq. Haqiqiy sonlar ustida quyidagi amallarni bajarish mumkin: qo‘shish, ayrish, bo‘lish, ko‘paytirish, trigonometrik funksiyalarini hisoblash, darajaga oshirish, kvadrat ildiz chiqarish, logarifmlash, minimum va maksimum elementlarni topish va boshqalar. Bularning natijalari ham haqiqiy toifaga kiradi. Bu yerda ham binar amallarga nisbatan masalaning yechimlari mantiqiy toifaga tegishli bo‘ladi.
EHM xotirasida haqiqiy sonlar asosan qo‘zg‘aluvchan nuqta formatida saqlanadi. Bu formatda x haqiqiy son quyidagi ko‘rinishda ifodalanadi:
x = +/- M * q(+/-P) – soning yarim logarifmik shakldagi ifodalanishi quyidagi chizmada keltirilgan.
937,56 = 93756 * 10-2 = 0,93756 * 103