Mamasoli Jumaboyev



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə14/42
tarix21.06.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#133615
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   42
portal.guldu.uz- BOLALAR ADABIYOTI VA FOLKLOR

Sevinaman, haliyoshman, ko'p yashayman
Bu o 'Ikaning saodati — baxti uchun,
Yana o'aib, yana kulib ko'p yashayman "
Shu ko'plarning biri bo'lib o'lkam uchun.
Ha! Mamlakat shunday va 'da beray senga:
Butun umrim sening porloq hayotingga!
'Asar yoshlarning ilm-fanga, kasb-hunarga, ona-Vatanga muhabbat, sadoqat ruhi bilan sug'orilgan.
Zafar Diyoming o'ttizinchi yillar ijodi vatanparvarlik, baynalmilallik va mehnatsevarlik tuyg'ularini aks ettiruvchi asarlarining ko'pligi bilan xarakterlidir. Bu xil asarlar yoshlar xarakterini shakllantirishda, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda katta rol o'ynab kelmoqda.
Shoir ijodidagi muhim mavzulardan biri inson va tabiat munosabati mavzuidir.. Shu jihatdan uning «Binafsha», «Navbahor», «Qushlar haqida qo'shiq», «Kapalak» singari she'rlari shular jumlasiga kiradi.
Rang-barang gullarni, turli-tuman qushlami sevgan shoir bolalar ruhiyatini chuqur tahlil etib, ulami ham ona tabiatni sevishga va parvarish qilishga ruhlantiradi, yoshlarni mehnatdan zavqlanishga o'rgatadi. Shoir bolalarda qushlarga muhabbat hissini uyg'ota oladigan quvnoq vazn, o'ynoqi misralar yaratadi. Shoir shu maqsadda so'zlarning xilma-xil takroridan, misralarni esa Mayakovskiychasiga tizib, tasvirning ohangdorlik jarangini, kuchini yanada oshiradi:
.
Hoy qushlar, qushlar, qushlar,
Qanot qoqib kelinglar, sa 'va, mayna, bulbullar
Sizga termular ko'zlar...
Bizga ortiq yoqadi Quvnoq qo 'shiq - kuyingiz!
(«Qushlar haqida qo'shik,»).
Shoir bolalarning tabiat hodisalariga, hasharot-u jonivorlarga, ayniqsa, kapalakka qiziqishini, mehr-muhabbatini kichkintoylarga xos so'z va ohangda ifodalab, hayotga diqqat-e'tiborlarini oshiradi, kuchli zavq uyg'otadi, kapalak obrazi orqali kitobxonda insoniy tuyg'ularni shakllantirishga harakat qiladi.
Uch, ucha her, ucha ber,
Go'zal bog'cham – gulshanda
Sira ozor bermayman,
Sevgim, flkrim ham sanda.
Kapalakjon, kapalak;
Do 'st bo 'laylik ikkimiz,
To'xfa, so'ztayin andek! («Kapalak»).
Zafar Diyorning «Binafsha» she' rini yoddan bilmagan o'quvchi bo'linasa kerak. She'r o'zining ravon o'qilishi, qofiyalarining jarangdorligi jbilan o'quvchini o'ziga tortadi:
Binafshaxon, binafsha, Kulishlaring chiroyli;
Bog'imizda ochilib, Turishlaring chiroyli.
Shoirning «Mamlakat», «Kazbek», «Tilsiz o'rtoq», «Madriddan kelgan mehmon» kabi she'r va dostonlari Zafar Diyor ijodining har taraflama yuksalishidan dalolat beruvchi lirik-epik asariardir.
Zafar Diyor bolalarning xatti-harakatlarini, orzu-inti!ishlarini yaxshi biladi. Shu jihatdan qaraydigan bo'lsak, uning «Kel, uchaylik shimolga» she'ri g'oyat xarakterlidir. Bunda shoir «Quyosh tushmaydigan» qutbni borib ko'rishni orzu qilgan bolaning lirik obrazini gavdaiantiradi. Yosh bolaning murg'ak xayoli shimoliy qutbni borib ko'rishni, undagi hodisalar bilan tanishishni xohlaydi. Shoir lirik qahramonning ulug' maqsadlarga erishish uchun fan va texnika asoslarini amalda egallashi kerakligini chuqur anglaydi. Buni shoir modelcha yasash jarayonida kichik yoshdagi bolalarning ruhiyatiga mos, sodda hoida tushuntiradi va ularda katta ishlarga — qahramonlikka havas uyg'otadi:
Yosh bo'lsam ham mayliga
Qanot bog'lab uchayin;
Muzsahrosi Qutbning
Sirin men ham ochayin,
Hoy, suyukli modelcham,
Tayyormisan safarga?'
Fikrim senda hamisha,
Kel, uchaylik Shimolga!
Shoir dovyurak uchuvchilarning tarixda birinchi bo'lib qutb yo'lini ochganligi bilan bolalarni tanishtirib, ularni Chkalovlar kabi mard uchuvchi bo'lishga undaydi.
Shu narsa xarakterliki, she'rda Zafar Diyor bolalarning yangilikka intilishi va qiziqishini qizg'in qo'llab-quwatlaydi, ulardagi oliy his-tuyg'ularni o'stirishga, vatanparvariik hislarini tarkib toptirishga yordam beradi. Shoir bunday yuksak tuyg'ularni badiiy sodda, ta'sirchan va mazmundor misralar bilan ifodalaydi:

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin