Mamasoli Jumaboyev



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə17/42
tarix21.06.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#133615
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   42
portal.guldu.uz- BOLALAR ADABIYOTI VA FOLKLOR

Bolalarga yaxshi tanish bo'lmagan ukki haqida juda sodda tushuncha
berilgan;
Hammadan qiziq ukki,,
Tumshug'i egri-dukki?
Nechun yurmas kunduzi,
Nega yonadi ko'zi? -
Surat orasida Arslon yo'qligi Quddus Muhammadiyg tasvirlanar ekan, yo'lbarsning yurish-turishi tushuntiriladi
«Xo 'roz qichqirar qu-qu!
Bunda yo'lbars,
Sher yo'g(u.,.»
Shu bilan birga qolar kitob, '' o o'qildi hisob.
Shuningdek, Q.Muhammadiy ham boshqa shoirlar singari she'riy alifbe tuzgan; har bir harfga biron voqea yoki harfni oson o'zlashtirishda bolaga yordam beradigan narsa asos qilib olingan. Bu alifbening tuzilish tarixi qiziq. Q.Muhammadiy kichik maktab yoshidagi bolalarni to'plab, ularga harflar to'g'risida gapirib bergan va ularning har biri buni nirna deb tushunishini, undan boshlangan qaysi so'zlarni bilishini so'ragan. Ertasiga Q.Muhammadiy bolalardan juda ko'p so'z yozib oldi. Ulardan eng yaxshi va ta'sirlisini tanlab, o'zinmg she'riy alifbesini tuzdi. Bu alifoe synjet asosida tuzilgan: maktab ta'tillari vaqtida o'qishdan bo'shagan harflar davra qurishib, har kirn o'z joyini topish o'yinini boshlashadi.
She'riy topishmoq - o'zbek adabiyotida ko'pdan buyon hukm surib kelayotgan juda qadimiy janr.
Kichkintoylar bilan suhbatlashganda Q. Muhammadiy ham shu janrga murojaat qiladi. Masalan, uning «Bu nima?» she'rida kirpining obrazli tasviri bola uchun juda sodda qilib beriladi. Birinchi satrdanoq ma' lum obraz ko'zga tashlanadi:
<Dum-dumaloq jonivor,.
Tikanak choponi bor...
Shunisi xarakterliki, shoir kirpiga o'zbekcha milliy to'n kiydirib, she'rlarga mahalliy ma'no beradi, bolalarning tushunishini osonlashtiradi.
Shoir ijodiga nazar tashlasak, mehnatga muhabbat mavzui alohida o'rin tutishini aytish mumkin. «Bobomning mehnati*, «GES qurilishi», «Mirob», «Bu binoni kim qurgan?», «Etik», «Madraim payvandchi», «Mamajon shofyor» va boshqa shu kabi shev rlarida mehnat simfoniyasi jaranglab turadi. Bu yerda shuni ham ta'kidlab o'tish zarurki, mehnat ahlini sevish, ularning bunyodkor faoliyatlarini qadrlash birinchi o'rinda tasvirlanadi.
«Etik» she'fining qahramoni Solijon degan bola, U hali kichkintoy bo'lishiga qaramasdan mushohadasi o'tkir, odobli. U «O'rdak burunli kavkazcha etigiga gard yuqtirmaydi». Shunga ko'ra uni olifta bola ekan, deb o'ylash ham mumkin.
Shoir Solijon bilan uning etigi orasidagi munozaraga o'quvchi diqqatni qaratadi. Etik o'zining chiroyliligini ko'z-ko'z qilmoqchi bo'ladi;
Ko'p chiranma husningga,
Rahmat deb qo'y bir marta
Seni tikkan ustangga.
Solijonning «o'rdak burunli kavkazcha» etigini «puf-puflab» kiyib yurishi — uning tikilishiga sarf qilingan mehnatni yaxshi bilishidan, e'zozlashidan. Bolalar tabiatan odam va olam sirlarini bilishga astoydil qiziqadilar. Shoirning «Dunyoda eng kuchli nima?» she'ri ana shu qiziqishning badiiy ifodasi sifatida e'tiborga loyiq. Shoir filni «tog'ni ortsang ko'taradi», sherni «filni ham tikka yeydigan», suvni «daryo, soy, irmoqlari, buloqlari ko'p», sovuqni «daryolarni tosh qotirgan», issiqni «qish sovuqni qochirgan», tog'larni «tog'u toshni qulatar», quyoshni «qarimaydi, uchmaydi» deb har xil mavjudot va hodisalarga xos xarakterli xususiyatlarni g'oyat jonli, qiziqarli ifodalab, ularni bolalarning suhbati orqali poetik ravishda gavdalantiradi. Buni o'qigan bola hodisalarning sababini, ularning hayotdagi o'mini tushunib oladi. Bu bolaning fikrini, qobiliyatini, ongini, dunyo haqidagi tushunchasini oshiradi. Ayniqsa yosh kitobxon dunyoda kuch-qudrat, aql-zakovatda insonga teng keladigan hech narsa yo'q ekanliginibilib oladi:
O'sha kuchli o'zimiz,
Borliqning egasitniz...
Xotiringiz bo'lsinjam,
Dunyoda kuchli odam!
Maktab o'quvchilari har yili necha ming tonnalab temir-tersaklar yig'ib topshiradilar. Bu hoi an'anaga aylanib ketgan. Maktab o'quvchilari bu ishga astoydil kirishib «kim ko'p to'plashga» o'ynaydilar, Natijada,
musobaqalar qizib ketadi. Shoir temir-tersak yig'ish chog'idagi o'quvchilarning qizg'in mehnatini, temir-tersaklarning xalq xo'jaligidagi o'mini, ulardan nimalar tayyorlanishini «Temirlar o'yini» she'rida ifodalaydi. Temrrlar o'yinini ifodalashda shoir bolalarbop vosita, ohang topgan. She'rni o'qir ekansiz, temir-tersaklami jonlantirish asosida ularning har biriga o'ziga xos tasvir topishi va g'oyani obrazli ifodalay olishini kuzatish mumkin:

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin