«Po'm» desam-da, -
Ergashib kelar. Undan odam Qanday qutilar?! Shoiming «Qo'rqoqlik» she'ridagi yosh lirik qahramon nohaqlikka, adolatsizlikka, loqaydlikka qarshi isyon ko'taradi. Shu isyon ruhi badiiy-pubUsistik uslub orqali tasvirlanadi. «— Dada, katta birbola Mem nohaqdan urdi. Yordam bermay o'rtog'im Qo'rqoqlik qilib turdi». Murg'ak bola og'ir ahvolga tushganida o'rtog'ining himoyasini kutadi. Shunda o'rtog'j ko'maklaahmasa, yonini olmasa, u iztirob chekadi. Va bola dadasidan so'ray
Sizni ham men singari, Birov nohaq urganmi? Shunda do'stingiz chetda Yordam bermay turganmi? Bu holat nafaqat bolalarga, balki kattalarga ham xosdir. Bir kishi ikkinchi kishini begunoh, adolatsiz ravishda xafa qilsa yohud xo'rlashga harakat qilsa, bundan og'iri bo'lmas. Darhaqiqat, shunday noxush hodisalar uchrab turadi. Shoirning «Qo'rqoqlik» she' rida tasvirlangan voqea-hodisada hayot koloriti bilan poetik kolorit bir dialektik yaxlitlikka ega. BolaLar shoiri kichkintoylar hayot tarzini, ichki dunyosini, fe'1-atvorini, ruhiy kechinmalarini, fikrlash darajasi va ko'lamini, eng asosiysi, ularning shirin, chuchuk tilini yaxshi bilishi asosiy mezondir. Shoir Safo Ochil she'rlarini o'qir ekanmiz, uning shu fazilatlarini kuzatamiz.
Odatda, bolalar tabiat manzaralarini, hayvonot va qushlar dunyosini boshqalardan ko'ra ko'proq sevadi, o'zgacharoq his qiladi va idrok etadi. Shoir she'rlarida bolalarning shu xislatlari badiiy-falsafiy jihatdan aniq tahlil qilinganki, ular murg'ak qalblarning ruhiyatiga samarali ta'sir qila oladi.
«Yarador qushcha» she'rida ilgari surilgan badiiy-pedagogik g'oya qushlarga nisbatan mehr, g'amxo'rlik tuyg'ularini shakllantirishga yordam beradi. She' rda poetik voqea-topilma tush orqali ifodalanadi va nazmiy til orqali «so'zlab» beriladi. Kichkintoyning o'zi tushida uchib yuradi. Yonginasida uchayotgan qushchani otishadi va bola qulayotgan yarador shu qushchani ushlab oladi. Keyin yaralarini bog'lab, unga yordam ko'rsatadi. Link qahramon qushchaning chekayotgan azobi, qiynalib chirqirashiga chidolmay yig'lab yuboradi va uyg'onib ketadi. Va bola deydi:
Tushdagidek ne uchun, Uchib yura olmayman. Yarador qushchamni men Nahot ko'ra olmayman. Tushdagi kabi ucholmasligidan afsuslanish, yarador qushchasiga rahm-shafqat va uni sog'inish ruhi bola vujudini qamrab olgan. Boshqacha aytganda, murg'ak qalbda sog'inch dardini uyg'otish va shakllantirish lirik yo'sinda talqin qilingan.
«Yarador qushcha» she'lining ikkinchi qismida awalgi poetik ma'no va maqsad ravshanlashtiriladi. Ya'ni o'yin qaroq bolaning toshbag'irligi, ozor chekkan qushning iztirobi va nihoyat, rahmdil kichkintoyning
Wobliligi va mehr-oqibati sokin ohangda kuylanganki, bu turfa fe'1-atvorlar dfquvchi ruhiga samaraH ta'sir etadi.
. O'yin qaroq bola sopqonidan tosh otib, qushni yerga qulatadi. Boshqa ir bolatipirchilab chalajon yotgan qushchani mushukdan olib qochadi va in yasaydi, yarasini bog'lab, malham qo'yib, don-dun berib, parvarish ib turadi. Qushcha esa yarasi tuzalgach, qafasda zerikadi. Rahm-shafqatli, Jobli bola uning bu holatini his qiladi.
Tuzalgach asta-sekin, Zerikdi u qafasda. Qolgan kabi armonda, Uchsam derdi osmonda. ' Uni yaxshi ko 'rardim, Darrov qo "yib yubordim. Shoirning «Men»i tutqunlikda qiynalayotgan qushchani ozod qiladi. U bundan zavq-shavq oladi. Bu yerda ozodlik, erkinlik g'oyasi bola tilidan falsafiy yo'sinda ifodalangan. Zikr qilingan poetik ma'noni ochib berish uchun muallif jonli hikoya uslubini tanlaganki, u she' rga nafis va ohangdor pafos hamda joziba bag'ishlagan.
Safo Ochil «Tog' lavhalari» (turkum), «Mudraydi qishloq», «Ey, qor», «Qor bola», «Qish», «Oqshom», «Ko'klam qo'shig'i» she'rlarida tabiat manzaralarini chizish orqali bolalarning estetik didini shakllantirish, «Kurashchi bola»da sportga mehr, «Xazonlarni supurmang»da insonparvarlik, «Yaxshilikning yovlari»da ezgulikning yovuzlik ustidan tantana qilishi, boshqa ko'pgina she' rlarida esa Vatanga muhabbat, ota-onaga hurmat singari tuyg'ular rango-rang bo'yoqlarda chizilgan.
Safo Ochil bolalar qo'shiqchiligini rivojlantirishga samarali ta'sir qilgan shoir, Uning qo'shiqbop she'rlari sodda, till ravon, sermazmun, ohangdor, shuningdek, ularning har biri muayyan poetik maqsadga yo'naltirilgan. Shuning uchun shoirning aksariyat she'rlari osongina kuyga tushadi, boshqacha aytganda, kuy she'rning o'zida. Bastakor ularga qiynalmasdan kuy bastalaydi, jajjigina ijrochi osongina kuylay oladi. «Gul ekaman», «O'z tilim», «Ota-ona duosi», «0smonimiz tiniq bo'lsin» singari she'rlar shular jumlasidandir.
Masal bolalarning sevgan janrlaridan hisoblanadi. Chunki qushiar, sudralib yuruvchilar, hayvonlar va shu kabilarning xatti-harakati, ularning o'ziga xos xususiyatlari goh kulgili, goh satirik yo'sinda tasvirlanadi. Safo Ochilning «Qarg'avabulbul», «Ilon vatipratikon», «Tuyabilan kuchuk», «Tovuq va simob pontomimasi «Qurbaqa va sigaret» singari masallari badiiy yuksak mahorat bilan bitilganki, ular bolalarning diqqatini o'ziga tortadi.
Xayoliy ramz va timsollar, kutihnagan hayotiy voqea va hodisalar, odatdan tashqari o'xshatish va istioralar, go'zal tasnif va tasvirlar, g'aroyib/ sarguzashtlar va mardliklar va shu kabi badiiy unsurlar muayyan syujet' chizig'ida birlashadi. Bunday hikmatlarga boy dialektik yaxlit topilma bolalar diqqat-e'tiborini qozonadi, o'z «bag'ri»ga ohangrabodek tortadi. Bu, ko'pincha,/ doston, ertak va afsonalarga xos badiiy-estetik xususiyatdir. /
Shoir-olim Safo Ochil qalamiga mansub doston va ertaklar ham shunday fazilatga ega bo'lib, ularda badiiy jozibasi bilan murg'ak qalblardan tez o'rin olish qudrati mavjud. Adib doston va ertaklarida faqatgina ta'sirchan badiiylik emas, balki ularda voqea va hodisalarni ilmiy tahlil va tadkiq etish sarnarasi ko'zga tashlanadi. Darhaqiqat, shoir har bir asariga badiiy-ijodiy va ilmiy-nazariy jihatdan yondoshadi.
Shoirning «Gavhartosh» ertak-dostoni xalq ichida tildan-tilga ko'chib yurgan afsona bir syujet-voqea asosiga qurilgan bo'lib, unda ota qadri, uning ma'naviy-axloqiy hikmatlari badiiy ifodasini topgan. Dostonning link qahramoni muayyan jamiyatda asrlar osha axloqiy qonuniyatga aylanib qolgan urf-udum va an'analarga qarshi bosh ko'taradi.
Chambil degan mamlakatda ota yoxud ona qarigach, ular tog' ortiga — ilonlar makpniga olib borib tashlangan. Jur'at shohlarning uduinga aylangan bu farmonidan nafratlanadi:
Fartnoningga ming la 'nat, ey, shoh, Farmoningdan o'rgildik, tojdor. Udumlaring tufayli, evoh, Nahot bola Otaga ag*yor! Shoir «o'rgildik» so'zini ko'chma ma'noda ishlatgan bo'lib, u nafratlanish ma'nosini beradi. Bu, o'z navbatida, she'rga poetik effekt (samara, pafos) baxsh etgan va u fikr ta'sirchanligini oshirishga xizmat qilgan.
Lekin Jur'at ham taqdirga tan berib, otasini yelkasiga ortib, ilonlar saltanatiga yaqin joyda bir xarsang toshga o'tqazib, dam oladi. Shu yerda otasining aytgan so'zlari farzand qalbini, uxlab yotgan tuyg'usini uyg'otadi:
«Men ham senday sher kabi olg'ir, Kuchga to 'Igan yigit bo 'Iganman. Qirq yil burun bobongni, axir, Shu tosh uzra olib kelganman». Shu to'rtlik ma'nosida «Qaytar dunyo bu», «Keyinchalik bu qismat sening ham boshingga keladi» degan hikmat yashirin. Biroq, bu hikmat bolalar tafakkuriga, dunyoqarashiga va ichki dunyosiga mos keladigan til va sodda badiiy uslub bilan berilganki, uni yosh kitobxon tez va aniq tushuna oladi.
Xalqimizda «Qari bilganni pan bilmas», degan naql bor. Shu maqol ma1 nosi ertak-dostonda hayot haqiqati orqali ilmiy jihatdan asoslanadi. Johil shohga dengizning oqmas qismi — chuqur soy tubida gavhar ko'rinadi. O'sha hududdagi yosh yigitlar gavharni olib chiqishga majbur qilinadi. Biroq, uni hech kim olib chiqolmay suvga cho'kib, halok bo'lishadi. Navbat Jur' atga yetadi va bo'Igan voqeani yerto'ladagi otasiga bayon qilib beradi. Ota «Dedi so'ngra nosni tupurib: — Bormi o'sha joyda bir daraxt? Jur'at dedi: — Ha, bitta chinor». So'ngra ota gavharning chinor aro burgut uyasida ekanini aytadi. Darhaqiqat, suv ostidagi burgut uyasidagi gavharning aksi edi.
Bu yerda hayot koloriti bilan badiiy kolorit uyg'unlashib, singishib ketganki, u bolaning fikrini teranlashtiradi va shu bilan birga unda asar davomini o'qishga qiziqish ortadi. Bu badiiy tafakkurning qudratidir.
Ertak-doston boshqa ertaklarga xos lirik qahramonning g'alabasi, ijtimoiy Haqiqat va Adolat tantanasi, buyuk kelajakka ishonch tuyg'ularining ifodasi bilan yakunlanadi. Ya'ni inson hayoti va turmushini oyoq osti qiluvchi g'oyalar ustidan insonparvarlik, qariyaiarga g'amxo'rlik, vatanparvarlik g'oyalarining muborak tantanasi asarning asosiy saimog'ini tashkil qiladi.
Safo Ochilning «Burgut», «Nodir pahlavon», «Temirchi bobo va boyo'g'ji» kabi ertaklari ham bolalarning ma'naviy-axloqiy va estetik tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi.
Umuman olganda, shoir va olim Safo Ochilning deyarii barcha asarlari milliy istiqlol g'oyasi bilan sug'orilgan bo'Jib, ular milliy bolalar adabiyotining ravnaq topishida muhim o'rinni egallaydi. Bunda shoirning filolog va pedagog olim sifatidagi iste'dodi qo'l kelgan. Safo Ochilning bolalar uchun yozilgan asarlari badiiy va pedagogik jihatdan tadqiqotchilarini kutmoqda.