Mamasoli Jumaboyev



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə37/42
tarix21.06.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#133615
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
portal.guldu.uz- BOLALAR ADABIYOTI VA FOLKLOR

TURSUNBOY ADASHBOEV1
(1939yildatug'ilgan)
She'r haqida so'zlab berish, aslida nochorlikning ishi. Yaxshi she'rni o'qiganga, undagi voqea yoki mantiqni shoir qalbiga yaqinlashib his qilganga nima yetsin! Aslida, she'r shuning uchun yoziladi. Bu bizning - shoirlikka ixlosmand odamning nuqtai nazarimiz.
Bolalar ham xuddi shunday. She'r haqidagi chuqur ilmiy mulohazalar, bahslar, jimjimador fikrlar-u, balandparvoz ovozalar ular uchun mutlaqo ahamiyatsiz. Dunyoni tanib kelayotgan yosh qalb atrofidagi hamma narsa, hodisa, munosabatlarga qalb ko'zlarini katta-katta ochib qaragani, talpingani kabi, hayotning jonli parchalariga aylangan she'rga ham do'st tutinadi. Bolalar she'riyatining mas'uliyati, o'ziga xosligi ham bolalarning mana shu hislatlaridan kelib chiqadi. Qisqasi, bolalarga sodda, samimiy, qiziq, tabiiy, chiroyli, zavqli she'riar kerak. Xuddi mana bu she'r kabi:
Murod bilan Urolmadim
Birgabiz Bittaham
Borgan edik Chetga qochar
«Tir» ga biz Muttaham.
Otib ko'rsam O'nlab o'tar
Tulkiga. Chizig'in
Tegniay, Avji o'yin
Qoldim Qizig'i
Kulgiga. Tugab qoldi
Mo'ljal olsam Tangamiz.
Mushukka, Bergan edi
O'q sanchildi Yangamiz,
Eshikka, Sovun bilan
Doirada G'altakka.
Jo'n raqam Qolar bo'ldik.
Etti, sakkiz, Kaltakka.
On raqam,
Kelajakka intilamiz. Vatan, ona, qadrdon shaharyoki qishloq, sahovatli tabiat, ko'ngli daryo odamlarga mehru muhabbatimiz rishtalarini bog'lagan o'tgan kunlarirnizni sog'inamiz. Shu sog'inchning ildizlari qalbimizda qanchalar chuqur bo'lsa, demak, taqdir bizni siyiabdi. Tursunboy Adashboyev she'rlarida hammadan oldin Vatanning muqaddas ostonasi bo'lgan ona qishloqqa juda yoshligidan o'ychan termulgan, undagi har bir mavjudlikni ixlos bilan ardoqlagan; sodda-yu to'pori, qismati mehnat va yana mehnat bo'lgan, odamlarni yoshiga nisbatan ulug'roq nigoh bilan kuzatgan qalb manzaralari ko'zga tashlanadi.
Bo'Iim shoira. Muhtarama Ulug' bilan hamkorlikda yozilgan.
To'rg'ay yotar tuxum bosib, Shuvoq bilan sirlashib. Qora qo'ng'iz soqqa yasab, Do'ngga tortar tirmashib, Yumronqoziq serhadik Ish bitirar yugurib.
Sug'ur archa ostida Turar tasbeh o'chirib. Chigirtkalar qamishdan Nay yasaydi — kertadi. Ko'kandagi biyaga So'na dutor chertadi...
Tursunboy Adashboyev o'zi tug'ilib o'sgan qardosh Qirg'iziston Respublikasi O'sh viloyati tabiatini shu qadar mehr, samimiyat bilan tasvirlaydiki, ko'z oldingizda marjon-marjon manzaralar xushbo'yini sochib tizilaveradi:
Asqar tog'dan suv tushar Arxar shohi ilinib
Qoyalarda yanchilib. To'kilar xandon pista.
Deysan, nahot qarag'ay Qorli cho'qqi eslatar
Ko'kda qolgan sanchilib. Qirg'iz og'am tumog'in.
Kelar chanqoq bosgani Tog' asalning hididan
Kiyik, qulon ohista, Bitib qolar dimog'ing.
(«Sarichelek»)
Bolalarda bir xususiyat bor—o'yinga, mashg'ulotga shu qadar beriladilarki, uning o'yinligini ham unutadilar. Yosh qaibda hali rostu yolg'on, soxta-yu haqiqiy degan tushunchalar o'rtasida aniq chiziqlar tortilmagan. Ular hamma narsaga ishonadilar, tabiiy deb qabul qiladilar, Hattoki, o'zlari o'yin uchun yaratgan narsalarni ham tirik mavjudlik kabi yaxshi ko'rib qoladilar:
«Suvga oqib ketmasaydi Yo'lda qolgan rasmlar* deb, Dilshod tunda uxlay olmay Tashvishlanib chiqdi hadeb,
Eh hayriyat, yomg'ir bu gal Suratlami o'chiribdi. Mashinalar, kaptarlarni Cho'chitmabdi, uchirmabdi.
(«Asfaltdagi rasmlar»)
Taraqqiyot sari intilish — zamonlar uchun qonuniyat. Lekin taraqqiyot munis o't-o'lanlar o'sgan jaydari yerlarni bosib-yanchib o'tmasligi, bir-biriga oqibatli mehnatkash chumolilaming uyini buzmasligi kerak. Fan-texnika nechog'li taraqqiy etmasin, inson bolasi, o'zini eng awato ona tabiat bag'rida to'laqonli his etadi. Katta zamonaviy shaharlarda tug'ilib o'sgan bolalar qishloqqa borib qolsa, mitti qo'ng'izcha bilan kun-tun o'ynab zerikmasligida hikmat ko'p. Tursunboy Adashboyev she'rlarini o'qirkan, yaxshi shoir bo'lmoq uchun, albatta, tabiatga yoshlikdan sirdosh, do'st bo'lish kerakligi takror-takror dilingdan o'tadi. Misralardan bola qalbining quvonchi, hayratiari, beg'ubofliklari ufurib turadi:
Chaqmoq ko'kda yong'oq chaqdi, Qizg'aldoqlar selda oqdi, Quyosh yana kulib boqdi.
So'ng qovurib yedik yog'da Bahor kelgach. Yalang'oyoq qirda chopdik, Bahor kelgach. Qo'ziqorin terdik tog'da, Odil bormay qoldi dog'da,
Savat-savat jag'-jag' topdik, Ikki tandir somsa yopdik Bahor kelgach.
(«Bahor kelgach»)
Tursunboy Adashboyev she'rlarining qahramonlari «Loyni bir oz tindirib suv zahrini sindirib» g'isht quyayotgan, «Sapchib oqqan suv bilan kim o'zarga yugurgan», xolasiga yordam uchun «... nonni botirib, qotirib qaymoq yegan», «Tog'dan ko'tarilgan quyoshiii onasi yopgan patirga» o'xshatgan, buvisining ajinlariga qarab «Dazmol bosib olsangiz, tekis bo'lib ketardi», deb maslahat beradigan, kun bo'yi bog'dagi sirpanchiqda «vagon» bo'lib uchishgach, «Oqshom uyga... Shimning orti suzilib» qaytadigan quvnoq, topqir, xayolkash, mehnatkash, zavqi-yu ishtahasi tobida bo'lgan bolalar.
Ayrim she'rlardagi voqelik, tuyg'ular kechinmasidan shoir bu she'rni o'z boshidan kechirganlari ta'siridanmi yoki kuzatganlari asosida yozganmi — bilinib turadi. Lekin Tursunboy Adashboyev she'rlarida bunday chegara yo'q — oddiy chizgilardan salmoqli voqealargacha link qahramonning yuragidan o'tgan.
Ag'darishmachoq soz o'yin, Polvonlar egmas bo'yin. Davrani keng olamiz. Chunki tengqur bolamiz. Shaylandim minib eshak, Akmal ham chiqdi beshak. Tushim ekan, xayriyat,
O'tirganlar «uh» deydi, Akmal otin «chuh» deydi. U olgach etagimdan To'qim tushdi tagimdan. Ko'zimni ochsam arang, Polda yotibman, qarang. O'ngimdabo'lsa... uyat
Bu she'rlardagi kitobxonga eng yoqadigan xislat — samimiyat, xolislik. Shoir bolalar, kattalar tabiatining, o'zligining yarq etgan bir qirrasini ko'rsatib qo'yadigan manzara, voqea, bahsning suratini so'zlarda chizadi, lekin hech qachon qissadan hissa chiqarmaydi; she'r qahramonlarini toifalarga ajratib, o'quvchini ham hakamlik chizig'ining u yoki bu yog'iga da'vat qilmaydi. Xuddi shu usul bilan muxlislarini bag'ri kenglikka, mustaqil mushohada yuritishga, hayotning o'ziday murakkab inson tabiatiga bir zarb bilan oq yoki qora chiziq tortmaslikka o'rgatsa, ajabmas:
Hoi maktabdan keen keldi, Usti-boshin kir qilib. Do'ppisi chok-chokidan Ketgan edi yirtilib Do'ppingni kim yirtdi, — deb, Onasi kuyib-pishdi.
— E-e, buni o'rtoqlarim Futbol qilib tepishdi.
— O'sha mahal sen o'zing. Qayoqlarda yurganding?
— Darvozabon edim~da. O'sha yerda turgandim...
I
Bolalar arzimagan bir xasdan ham kashfiyot qilishlari, uni langarcho'p deb miriqib o'ynashlari mumkin. Ba'zan farzandlarimiz ertak qahramonlariga aylanadilar: gullar bilan suhbatlashadilar, xazonlarni qayiq qilib sayohatga chiqadilar, nima uchun qushlar ularning qo'liga qo'nmayotganidan ajablanadilar... Dunyo bolalar adabiyotida kichkintoylarning shu xislatiga asoslangan ajoyib ertaklar bor.
Tursunboy Adashboyev ijodida ixcham, manzara she'rlar borki, bolalar uchun filmlar yaratuvchi mohir rejissyor ular asosida ajoyib asarlarni suratga olishi mumkin. Mana bu to'rt qator she'r go'yo multfilmday.
Boychechaklar nish urib To turguncha o'rnidan Bahor qishni tarnovga Osib qo'ydi burnidan. Yoki
Tolning bargi suvga tushib
Qayiq bo'ldi.
Bu ayniqsa qumursqaga
Loyiq bo'ldi.
Qo'sh qirg'oqni to'lqin yalab ;
Ko'kka sapchir,
Eshkakni-chi, o'zi yakka
Eshar abjir.
Teng-tushlari qoldi gap-so'z
Tayinlashmay.
Qumursqa ham jo'nab ketdi
Xayrlashmay...
Tursunboy Adashboyevning turli davrlarni, ya'ni o'zining bolalik yillarini eslatuvchi she'rlarini, farzandlarining bolaligini tasvirlovchi she'rlarini — barchasini ichki bir yaxlit tuyg'u - mehr, mehribonlik birlashtirib turadi:
Qirq beshinchi yil yozi, Ust-bosh — yupun oq surup. Yorilgan tovonimga Onam piyozdog' surib,
Holva berib bir chaqmoq - Damingni ol, - der, — qani. Tongda jo'nab ketardik Qirga - boshoq tergani...
Yillar Tursunboy Adashboevni kattalar qatoriga adashtirib olib kirdi, xolos. Lekin qalbi bolalik beg'uborliklari, samimiyati, soddaligi, yorqin hayratu quvnoq topqirliklari olamida sobit turibdi. Ana shu sadoqat Tursunboy Adashboevga o'zbek bolalar adabiyotini yangi-yangi betakror asarlar bilan boyitish baxtini nasib etaversin.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin