Mamasoli Jumaboyev



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə41/42
tarix21.06.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#133615
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
portal.guldu.uz- BOLALAR ADABIYOTI VA FOLKLOR

HAMZA IMONBERDIYEV
(1954-1997)
Shalpangquloq, hoy, filcha,
Javob bergil so'roqqa. '
Suv to 'la xartuming-la
Ketayapsan qayoqqa?
E, do 'stim, bu sayyohlar Rosa tegdilar jonga.
Ermakka gulxan yoqib,
Xavf solishar o'rmonga.
Shunga bo 'lib ko 'z-qu/oq,
Yuribman kun kechirib.
Ular yoqib ketishgan Gulxanlarni o'chirib...
Bu ajoyib misralar, ta'sirli, ma'no va mazmunga boy, badiiy jihatdan yuksak darajadagi she'r iste'dodli bolalar shoiri Hamza Imonberdiyev qalamiga mansub. U 1954 yilda Qozog'iston Respublikasi Chimkent viloyatining Suzoq qishlog'ida dehqon oilasida tavallud topdi. Hozirgi Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika universitetining filologiya fakultetida Abdusaid Ko'chimov, Abdug'affor Hotamov kabi yozuvchilar; Shuhrat Jabborov, Hamid Habibullayev kabi taniqli jurnalistlar bilan birin-ketin o'qidi. Talabalik yillarida yuqoridagi ijodkor do'stlari bilan O'tkir Rashid rahbarlik qilayotgan fakultet «Chashma» to'garagida, universitet «Ma'rifat yo'lida» gazetasida she'riy mashqlarini tobladi.
Universitetni imtiyozli diplom bilan tamomlagan bo'lajakbolalar shoiri H. Imonberdiyev o'z mehnat faoliyatini «Tong yulduzi» gazetasida boshladi. Umrining so'nggi o'n yilini esa «Cho'lpon» nashriyotida kichkintoylar uchun katta adabiyot chop etadigan maskanda muharrirlik bilan o'tkazdi.
Talabalik yillaridayoq ijodda kitobxon ko'ziga tashianib qolgan bolalar shoiri Hamza Imonberdiyev «Quvnoqlar quvonchi», «Shokoladxo'rlar», «KuIgi shaharchasi», «G'aroyib pufak», «Oydagi tomosha», «Qutichada mitticha», «Lofchilar — aldoqchilar», «G'aroyib kent hangomalari», «Bir kunlik mo' 'jiza» kabi kitoblar muallifl sifatida bolalar dilidan mustahkam joy oldi,
Shoir asariari rang-barang, mavzu doirasi keng. U har bir katta-kichik asarida kenja kitobxon do'stlarini nimagadir o'rgatadi, o'rganishga, ibrat olishga, turmushda xulosa chiqarib yashashga chorlaydi.
Shoir she'rlarini rang-barang dedik. U haqiqatan ham shunday. «Tarbiyachi» asari buning yorqin isboti bo'Ia oladi. Inson insofli, adolatli, or-nomusli bo'lsa, har bir bosadigan qadamini o'ylab, bilib tashlaydigan bo'lsa, kattani-katta, kichikni-kichikdek ko'radigan bo'lsa hayotda qoqilmaydi, baxtiyorbo'ladi. Bunday
Sezdirmay saryog'ingni yeb, .
Urishgani kuch yig'aman.
To'yda to'yib qopketmagin -
Oshingdan bir cho'qib o'tsam,
Zo'rg'a topgan nisholdangga
Beshpanjamni tiqib o'tsam...
Anvar Obidjon o'zbek bolalar adabiyotida o'ziga xos maktab yaratgan shoirlardan bin hisoblanadi. Bu ko'proq uning turli buyumlar, jonzotlar, o'simliklar haqida yaratgan asarlarida ko'zga tashlanadi. G'azal janrida yaratgan «Bulbulning salomnomalari» o'zbek bolalar adabiyotida katta voqea bo'ldi. Bu asarda turli xil narsalarning o'ziga xos qirraiari ochib beriladi. Masalan, qo'rqoq Quyon, do'stsiz Chayon, arg'amchidek buralib yuradigan lion, odamlarni vijdonli, nomus-orli kishilar deb atashadi. Odamzotdagi bunday ijobiy fazilatiarni birov unga hadya qilmaydi, o'zida shakllangan bo'ladi, Shoir qahramoni ham o'zini o'zi kuzatadi, noo'rin xaiti-harakati uchun o'zi javob beradi. Uning taibiyachisi — vijdoni. Shu vijdon kuzatuvi uni bar doim to'g'ri yo'ldan yetakiaydi, adashsa uni to'g'ri yo'lga boshlaydi va to'g'ri yo'lga solib turadi:
Tunov kunijiitbolga
Ketayotsam tez shoshib,
Ko 'zi ojiz chol yo 'Ida
Turgan ekan adashib.
Ikkilanib turdim men,
Sir 01 xayol surdim men
Futbol zavqi bir dunyo,
Yo'lni to'pga burdim men.
To'pga tegmasdan oyoq, .
Solgan kabi tizginga.
Tarbiyachim o'sha choq
: Qaytardiku izimga.
Qarshi chiqmoq foydasiz,
Qayga boray da'voga?
Qo'Ilaridan olib tez,
Yo'l ko'rsatdim boboga.
Inson hayotda sog'lom, tetik, qo'rqmas, jasoratli bo'lib kamol topishi zarur, Mabodo u soyasidan ham cho'chib, hadifeirab, qo'rqib yashaydigan bo'lsa, bunday bola kelajakda omadsiz, tolesiz bo'lib qoladi.
Hamza Imonberdiyev «Yolg'izlikda» she'rida xuddi shu masala ustida to'xtaladi. Both- o'zi tabiatan qo'rqoq bola. Qo'rqqanga qo'sha ko'rinar deganlaridek, ayniqsa, kechqurunlari har qanday sharpadan cho'chib, qo'rqib yuradi. U kechqurun ko'chaga chiqdimi tamom, go'yo qo'shiq aytgandek baqirib-chaqirib, to'polon qilib yuradi. Natijada u hammaning tinchini, oromini buzadi: mushuklar miyovlaydi, itlar vovillaydi, odamlar «hangmang» bo'ladi. Voqea oydinlashgach, ko'rsalarki, bu Botirning quyon-yurakUgi bo'lib chiqadi:
Bilsak, Botir bu palla
Qo'shiq aytib baralla
Madad berib o 'ziga,
Botbot qarab iziga
Qo'rqinchdan qochib borar. '
Bolalar adabiyotida o'y o'ylash, xayol surish, xayoliy orzular bilan vashash iiobiy natija bemhi to'g'risida ko'p gapiriladi. Bunga misol qilib
G'afur G'ulom, Quddus Muhammadiy, Po'Iat Mo'min, Miraziz A'zam asarlaridan ko'plab misollar keltirishimiz mumkin.Bolalardagi bunday shirin tuyg'ularni Hamza Imonberdiyev ham to'g'ri payqay olgan. «Lofchilar — aldoqchilar» asarida u kichkintoylardagi mana shunday oizu, xavasni o'ziga xos usul bilan ochib berishga erishgan.
Ali xayolan qushcha shaklini yaratadi. Uni tomosha qilishga Valini chaqiradi. Vali ko'rsaki qushcha yo'q. Lekin Alining bo'sh kelmasligi kitobxonda yaxshi taassurot qoldiradi.
Ha, bolalar qush rasmini chizishadi, xayolan qushchalarga don berishadi — bularning hammasi umumlashib kelajak poydevorini bunyod etadi. Bu bolalaming kelajakda mustaqil mamlakatimiz kenja avlodini bilimdon, zukko, rahm-shafqatli bo'lib kamol topishiga barakali ta'sir qiladi.
Hayvonot olamiga mehr qo'yish, uni ehtiyot qilish, asrash, avaylash, do'st tutinish bolalikdan, oiladan boshlanadi va u bir umr insonga hamroh bo'lib qoladi. Hamza Imonberdiyev bu haqda «Olamoshim» degan bir she' r yozgan. Bunday olib qaraganda bu asar juda oddiy, sodda, bolalarni o'ylantirmaydigan, ularni hech narsaga o'rgatmaydigan, xulosa chiqarmaydigan she'rlardan biriga juda o'xshab ketadi. Lekin bir o'ylab ko'rilsa, tahlil qilinsa ma'no va mazmuni, tarbiyaviy ahamiyati juda katta va eng ta'sirli she'rlardan biri ekanligi yarq etib ko'zga tashlanib qoladi:
Tokchadagi qaymoqdan
Ko'tarmay sira boshin,
Ichayapti qarasam,
Uyalmay Olamoshim.
Awaliga «pisht» deb bir
Quvmoq bo'ldimu biroq,
Rahmim kelib negadir !
Tikilib qoldim uzoq.
Quloqlarin chimirib,
Ichar edi bir mayin. ,
Beparvoligim sabab
Qomi ochgani tayin.
Oyoq uchida asta .
Chiqib ketdim hovliga
gal qaymoq yemasam
Emabmanda, mayliga.
E'tibor bergan bo'lsangiz, «Bir gal qaymoq yemasam yemabmanda, mayliga» ning o'zi ijobiy holat, bag'ri kenglik, bir mayizni qirq bo'lib yeyishga bolalikdan o'rganishning boshlanishi. Bunday bolalar kelajakda haqiqiy inson bo'lib kamol topishlariga shak-shubha yo’q.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin