ZAFARDIYOR (1912-1946)
Zafar Diyorning she'rlaridagi Hrik qahramonlarni bir joyga to'plash imkoniyati bo'lganda edi, o'nlab kichkina bog'bonlaru chorvadorlarni, jajji paxtakorlaru fan-texnika shaydolarini, jasur akalaru donishmand otalarni, chevar ayollaru nuroniy onalarni uchratish mumkin bo'lardi. Uning she'rlaridagi ramziy-majoziy obrazlar silsilasi - kitoblar va gazetalar, bayrfqlar va bahor ham allegorik obrazlar galeriyasi - hayvonlar va parrandalar ham jonli inson fazilatlari bilan payvandlangan, qayta kashf etilgan bo'ladi.
Zafar Diyor bolalarni sevadi, bolalikni sevadi, jannatmakon yurtimizni sevadi. Shoir diyorimizga bo'lgan mehrini, muhabbatini she'rga soladi. U o'zining ko'pgina she'rlarida serquyosh O'zbekistonning umumlashma poetik obrazini yaratadi. Shoir «Serquyosh o'lka» she'rda o'z yurtini shunday ta'riflaydi:
Do 'stlar mening yurtimni O'zfrekiston, deydilar. Dongg'i tutgan dunyoni Bog'u bo'ston, deydilar. Osmoni keng, beg'ubor, Shifobaxshdir havosi: Dimog'larni chog' etar Uning shodon navosi. Shu o'rinda yana bir narsani eslatib o'tish o'rinliki, she'rda O'zbekistonning geografik o'rni, joylashishi shu qadar mohirlik bilan chiziladiki, har bir detal yosh kitobxon ko'z o'ngida ma'lum bir manzara hosil qiladi:
Quyosh boqib Omuga Oltin sochin taraydi. Ko'zgu uchun Zuhraga Sirdaryo ham yaraydi... She'ming davomida shu kabi obrazli misralar borki, ularni o'qiganingiz sayin mohir rassomning nafis mo'yqalami bilan chizilgan jozibali va jonli manzarani tomosha qilgandek bo'lasiz, «Sharbat bo'lib pishib yotgan* mevazor-bog'chalarga, «Uzum, olma, behilarning g'arq pishib, uzilib tushib, yo'lkalar yuzini qoplab olgan» mo'1-ko'l bog', «sarg'ish palak ostidan imo
qilgan handalak»ka, turli-tuman shakarpalak qovunlar pishib yotgan paykalga sizni boshlashga shay turgan dehqon, hosili dalaga sig'may, kuzda kumush kabi tovlanayotgan paxtalar - «oq oltin koni» ko'z o'ngingizda namoyon bo'ladi. Shu boisdan ham «serquyosh diyor» ta'rifidagi:
Bahorlari, yozlari bir-biridan ortiqdir, Mazali noz-ne 'mati xalqimitga tortiqdir. misralarining haqqoniyligiga, dil to'la iftixor bilan, teran aql va kuchli ehtiros bilan aytilganligiga iqror bo'lasiz, o'zbek diyori haqidagi poetik xulosadan ko'nglingiz shodlikka to'ladi:
Osmon to 'la uchgan qush , .
Shu o'lkaning kaptari, Maqtoviga yetmaydi Shoirlarning daftari. Bu o'lkaning ustida Quyosh ham ko 'proq kezar. Qorli, sovuq izg'irin Juda kamdan-kam esar. Shunga ko'ra deydilar: Serquyosh O'lbekiston: Baxtiyor bu zamonda Yashnagan bog'u bo'ston. O'zbek xalqi orasidan yetishib chiqqan qaysi bir qalam sohibi borki, u o'z ona diyori - O'zbekiston haqida she'r yozmagan bo'lsin?! Bunda, eng awalo, Hamid Olimjon va Oybek she'rlari xotiramizga keladi. Hamid Olimjon mehnat bilan yuksalayotgan ulug'vor o'lkaning milliy qiyofasini» chizib bergan bo'isa, Oybek ilm-fanga tomon intilgan diyorning poetik' obrazini kashf etadi, zafar Diyorda esa, bu mavzu tabiat go'zalligi-yu, boyligi bilan umumlashma obraz sifatida jamol ko'rsatadi.
Ana shunday katta iste'dod egasi Zafar Diyor 1912 yilda Namangan viloyatining hozirgi Chust tumani, Samsoqtepa qishlog'ida kambag'al dehqon oilasida tug'ildi. 1916 yilda zafarlar oilasi Toshkent shahriga ko'chib keladi. Zafarning otasi dalada, onasi esa bosmaxonada mehnat qiladilar.
1927 yilda Zafar to'liqsiz o'rta maktabni bitiradi va Samarqanddagi Narimonov nomli pedagogika texnikumiga o'qishga kiradi. Texnikumda ko proq ilm-fan sirlaridan bahramand bo'lishga harakat qiladi. Uning dastlabki she'riy mashqlari shu bilim yurti devoriy ro'znomasi sahifalarida ko'rina boshlaydi.
Yigirmanchi yillar oxiri va o'ttizinchi yillar boshlarida uning yoshlar gazeta va jurnallarida ilk she'rlari chop etila boshlandi. Zafar Diyoming birinchi she'ri yosh shoirlarning «Qurilish kuylari* degan to'plamida bosilib chiqdi. Ko'p o'tmay, uning birinchi she'rlar to'plami ham «Qo'shiqlar» nomi bilan 1933 yilda nashr etildi.
Yosh shoir 1933 yilda bilim yurtini muvaffaqiyatli bitirgach, o'qituvchi bo'lib ishlay boshladi. Bu hoi uning maktab va bolalar hayoti bilan yaqindan tanishishida, yosh avlod hayoti haqida yozadigan asarlarining hayotiy, puxta bo'lishida ijobiy rol o'ynaydi. Uning bunday ruhdagi she'r, hikoya va ocherklari 1928 yildan boshlab matbuot sahifalarida tez-tez bosilib turdi.
1934 yilda Zafar Diyor Samarqanddan Toshkentga qaytadi va hozirgi «Tong yulduzi» gazetasida adabiy xodim, keyinroq ro'znomaning mas'ul kotibi bo'lib ishlaydi. Shu bilan birga u hozirgi Toshkent davlat pedagogika universitetining til va adabiyot fakultetiga kirib, o'qishni davom ettiradi. O'zbek hamda qardosh xalqlar yozuvchilarining asarlarini qunt bilan o'rganadi. Zafar Diyor kichkintoylar uchun she'rlar yozar ekan, izlanish, o'qish, o'rganish zarurligini dildan his etadi. «BoIalar uchun asar yozishni men o'zim uchun judaqiyin va mas'uliyatli vazifa deb bilaman. Bu mas'uliyatli vazifaning uddasidan chiqish uchun tinmay ijodiy izlanishdaman».
O'sha yillari gazetada Zafar Diyor bilan birga ishlagan yozuvchi Hakim Nazir o'z esdaliklarida shunday yozadi: «Men Zafarni o'ylasam uni nuqul shod-hurram bolalar qurshovida, quvnoq chehrasidan nur taralib, sertabassum lablaridan she'r durdonalari yorilayotganday ko'raman. Chindanam u bolalarga juda yaqin edi. Maktablar va bolalar uylarida, kutubxona va bog'chalarda bot-bot bo'lar, yosh kitobxonlarga yangi-yangi she'rlarini bolalarcha muloyim, sodda, shirali ovoz bilan o'qib berar, ayrim she'rlarini yoddan juda o'xshatib deklamasiya qilar, bolalarga ham she'r o'qitib eshitardi. Shunda u o'zining qaysi she'rlari bilan bolalar ko'rigidan yaxshi o'tganini, qaysi she' rini ko'proq sevib qolganlarini ko'rar, bolalarga yoqtirish uchun qanday she' rlar yozish lozimligini fahmlab olardi. «Biz bolalarga nuqul o'rgatibgina qolmay, ulardan o'rganib ham turishimiz kerak», derdi.
Zafar Diyor 1935 yilda dastlabki mashhur asarlaridan biri bo'lgan «Mashinist» dostonini yaratdi. Dostondagi Ashur obrazi baxtiyor yoshlarning fazilatlarini umumlashtirishga bag'ishlangan.
Kasb-xunar maktabida o'qish Ashurni hunarli qilish bilan birga, uning ongi va tushunchasini ham o'stiradi. U vatanga sadoqatli, har doim olg'a intiluvchi ilg'or yoshlardan biri bo'lib yetishadi. Shuning uchun doston qahramoni o'z umrini Vatan yo'liga tikishga tayyor turadi: