Dushmanga omon bermas Har bir askar otgan o 'q. Dunyoda menikiday v Katta va zo lr Vatan yo 'q. o 'qi hech qachon o'tmaydi. olsa osmonni, yetmaydi. •-. Albatta, bu mfc^ shoir ishlatayotgan mubolag'alarda yosh qahramonmng orzu-u^ tasawurlari mujassam etilgan. Odatda, bolalar o'zlari mehr qo'ygan rai^ <(O<tdayOnmas, suvga botmas» holda ko'rishni orzu qiladilar. Shoir bc^ xosshu xususiyatlardan ustalik bilan foydalanib, ularda Vatandan faxrh^uyg*ularini ko'rsatishga harakat qilgan.
Hamid Ohmjo^ bolalar uchun yozgan she'rlarining deyarli hammasi hajm Jiha^Bixcham) bolalarbop, g'oyaviy-badiiy jihatdan mukammaldir. Shoir bolaiargatezva osonlik bilan singadi. Sodda va jo'shqin qofiyalar, obrazli ifodalar, badiiy )op parchalar she'rlarning qimmatini oshiradi, b olishlariga imkoniyat yaratadi. uchun yozgan she'rlarida turli tasviriy vositalar, a istiorafarni mohirlik bilan qo'llaydiki, bular iy mukammalligini ta'minlabgina qolmay, ijni, nutqini boyitadi, ularda estetik zavq-shavq
ixcham misralar, tasvirlar, xarakterli, h kichkintoylarning tez
Hamid OHmjonI ajoyib o'xshatish, sifa asarning g'oyaviy -kitobxonlarning so'zl uyg'otadi.
Shoir
kunlarimda,tuniarimda, 'ak eshitgandim, erardi buvimning har qissasi, qilgan hissasi tortar edi, ortar edi edim betinim,unlar yotib jim. ktylardim kuchin, ^yolg'on, ko'pi chin. ;
Darhaqiqat, xali jjodjning eng nodir asarlari, ulardagi xalq donishmandhgimng^tailatlarishoimiotzigatortgan) qini oshirgan, adabiyotga havas uyg olamiga kirishiga katta ta'sir etgan. Hamid Ohmjon xalq og zakfii ta'sirida «0ygul bilan Baxtiyor» (1937), «Semurg' yoki Panzci^nyo^ (1939)kabiajoyib dostonlarini yaratgan. Xalq og'zaki ijodi bo'lmish «Malikai Husnobod» ertagi asosida yaratilgan «Oygul bilan Baxtiyor»da shoir. vatanni sevish, zulmga qarshi g'azab-nafrat bilan kurashni targ'ib qiladi. Botirlik, maqsadga erishish yo'Iida savotii bo'lishga yosh kitobxonni da* vat etadi. Maqsadni ifodalash uchun shoir dostonda yaxshilik bilan yomonlikni, adolat bilan zulmni, go'zallik bilan xudbinlik dunyosini qarama-qarshi qo'yadi. Bu g'oyalar bir tomondan Oygul, Darxon, Tarlon obrazlari, ikkinchi tomondan, Jambil va Jurjon xonlari obrazlari orqali yoritiladi.
Xalq ertagidan farqii ravishda dostonda mehnatkashlarning ozodlik uchun qahramonlarcha olib borgan kurashi, ulaming yengilmas irodasi ifoda etiladi:
Birovi ushlab kosov Savalardi kelsa yov Boltasi bor binning ,
Olim kelmas unga teng,.
Agar duch kelsa shu choq, Ag'darardi bo'lsa tog(. .
Asarda xalq kurashi va qo'zg'oloni Darxon bilan uning qizi Oygul boshchiligida namoyon bo'ladi. Oygul faqat go'zalligi bilangina emas, balki jasur, mehnatkash, irodali, aqlli, xalqparvar, tadbirli ayol timsoli sifatida ham chinakam xalq qahramoni darajasiga ko'tariladi va o'quvchida unga nisbatan chuqur muhabbat uyg'otadi. Oygul obrazi zolimlarga nisbatan g'azabkor, podsholaming molu dunyostdan ko'ra ozodlikni afzal ko'ruvchi, sof vijdonli kambag'al ayol timsolidir.
Shoir xalqning yengilmasligini o'tga solsa kuymaydi, qiiich solsa o'tmaydi, miltiq o'qi teshmaydi, suvga solsa cho'kmaydi kabi xalqchil iboralarda bolalarga tushunarli va qiziqarli tarzda ifodalaydi. Buni Oyguining sandiq bilan suvda oqqanda, Jayhun baliq yutganda ham tirik qolishi voqealarida ko'rish mumkin.
Oygul kishini molu dunyosiga qarab emas, balki uning haqiqiy insoniy fazilatlariga qarab sevadi. Shuning uchun u xon va podshodan ko'ra «qilichday o'tkir», ammo kambag'al Baxtiyorni sevadi, uning oilasiga g'amxo'rlik qiladi, mehnatkash xalqni og'ir, mashaqqatli hayotdan qutqarib, ozod, baxtli hayotga erishtirishda, «yangi bir dunyo» yaratishda Oygul xalqqa rahbarlik qiladi. Ezilgan mehnatkashlar Oyguining yaxshi niyatlarini qo'Ilab, uni amalga oshirishga kirishadilar. Natijada ular:
Bolalarga saroylar, ,
Go'zal, ozodajoylar, qadamda bir bo 'stab Haryerda birguliston, —
yaratadilar.
Shoir Oygulni o'z el-yurtini chin dildan sevgan, mamlakat obodonchiligi uchun tinmay kurashgan vatanparvar va xalqparvar ayol sifatida ulug'laydi, zotan, uning rahbarligida, ko'pchilikning kuchi bilan kambag'al va qullarning vatani — Susambil «jannatga teng o'lka bo'ldi». Kambag'allarni va ularning bolalarini ozod, baxtiyor hayotga erishtirishda xalqqa rahbarlik qilgani uchun Oygulni el jondan sevadi.
Asarda Oygul shaxsiy qiyofada gavdalantiriladi: u dushmanga nisbatan qahr-g'azabi qaynab—toshgan, yaxshilikka yaxshilik qaytarishni o'zi uchun bir baxt deb biladigan shaxs va harbiy ta'limni juda puxta egallagan jasur, qahramon ayol sifatida ham ardoqli. Bu jihatdan u kitobxonga jasur ayol — xalq qahramori To'marisni eslatadi.
Shoir Oyguining vatanga va xalqqa qilgan zo'r xizmatlari uchun uni qancha-qancha el sevganligini tasvirlar ekan, uning go'zal va yoqimli tasvirini mahorat bilan chizib, kitobxonning mehr-muhabbatini yana bir bor oshiradi.
Oygul turishi bilan Saroy charaqlab ketdi. Hamma yoq bo'lib ravshan. Uylar yaraqlab ketdi. Oy deganda yuzi bor, Kun deganda ko 'z.i bor, Bir go'zal qiz qarshida Bebaho edi juda. ...
Qaldirg'och qoshlaridan, To 'nib qarashlaridan Hayot sochilar edi, '
Gullar ochilar edi... Oy deganda yuzi bor, Kun deganda ko 'zi bor, Go'zal, dono Oygulni, -
Bu barno bahorgulni El sevar edi jondan. .
Darxon so 'z boshlab dedi: «Men va qizimdan boshqa O'lmagan qul qolmadi, Kirib shunchalik yoshga ' j .-•••'•,'- " -/•••,
Ko'rmovdim shuncha qonni, Shuncha zorufig'onni. £7 xomm mom/i butkul '; '
5en o V yoqib etding kul. : Senday qonxo'r zolimdan Qolmasin deb biror zot, Bosh ko'tardik, zulmdan, Bo'lmoqchi edik ozod». Bu misralarda shoir Darxon isyonining sababini bayon etibgina qolmay, Jambil xonining zolimligini ham fosh etib tashlaydi, behisob gunohsiz kishilar qonining to'kilishiga sababchi bo'lgan xonga nisbatan kitobxonlarning nafratini oshiradi.
Xon Darxonni o'limga mahkum etgan chog'da ham, u o'z maqsadidan qaytmaydi, keJajakka, ozodlikka katta umid bilan qaraydi:
...Lekin bu gal bo'lmadi, Ammo tilak o'ltnadi: , ?
Bir kun sani yiqarmiz Va qabrga tiqarmiz. Kambag'allarning baxtga erishishi, yurtga bosh bo'lib, uni obod qilishi va tinchlikni saqlash g'oyasini shoir Baxtiyor obrazi orqali
ifodalaydi.
Asarda Baxtiyor obrazi xalq qahramonlariga xos xususiyatlarga ega shaxs sifatida tasvirlanadi. Shoir uni «Chinorday qomatdor», «Ko'kragi oftobni yashirgan», «Qilichday o'tkir, Rustam kabi zo'r» kabi epitetlar biian gavdalantiradi.
Shu tariqa Oygul va Baxtiyor — oddiy mehnatkash xalq vakillari — xalq ozodligi kurashchilari darajasiga ko'tariladi.
Asarda Oygul va Baxtiyor boshchiligida o'z baxtiga erishgan, maqsadiga yetgan mehnatkash xalq vakillari ham ko'rsatiladi. Shoir mehnatkashlarni hamisha ezib, xo'rlab kelgan, vatanni xarobaga aylantirgan xon va podsholarning yovuzligini ham mohirona fosh
etgan.
«Tani zaharga botgan Jambilning zolim xoni* shulardan biridir. Jambil elining xoni Darxonni o'ldirgach, Oygulga «menga xotin bo'lursan» deganda, Oygul:
Taqdirim yor bo 'lsa-yu, Fursat qulay kelsa-yu, . . .
Sent agar o 'Idirsam, Tanangga xanjar ursam, Dunycda eng baxtiyor, Odam bo 'lardim, nomdor, ~ deya g'azab bilan unga tik qaraydi.
Shoir «quturib qahri keldi, ilonday zahri keldi» kabi aniq o'xshatishlar orqali xonning zolimligini yana ham yaqqolroq ko'rsatadi.
Hamid Olimjon bu dostonni yozishda xalq og'zaki ijodining eng yaxshi an'analaridan ustalik bilan foydalangan. Shuning uchun shoir ertakdagi parchalarga ijodiy yondashib, bir qator obrazlarni (masalan, qul Tarlon obrazi) ham kiritadi. Ayni choqda, asarda xalq — buyuk kuchdir, degan mazmun yetakchilik qiladi. Asar g'oyaviy-badiiy jihatdan nihoyatda mukammal. Dostonda xilma-xil manzaralar, chuqur ichki kechinmalar keng lirik-epik tarzda ko'rsatilgan.
Hamid Olimjonning g'oyaviy-badiiy jihatdan barkamol bu dostoni bolalarni vatanparvar, qahramon, jasur, o'z xalqiga sodiq qilib o'stirishda katta tarbiyaviy ahamiyatga ega.
Ofzbekiston madaniyati, adabiyoti va uning eng muhim qismi bo'lgan bolalar adabiyotining yuksalishiga katta hissa qo'shgan shoir Hamid Olimjon bolalarning ham sevimli shoiri bo'lib qoldi.