ANVAR OBIDJON (1947 yilda tug'ilgan)
So'nggi yillar o'zbek bolalar adabiyotini o'zining qisqa va mazmunli she'rlari, qiziqarii hikoya, qissa, pesalari bilan boyitib kelayotgan O'zbekiston xalq shoiri, adib va dramaturg Anvar Obidjon 1947 yilda Farg'ona viloyatining Oltiariq tumanida tavallud topgan. Hozirgi O'zbekiston milliy universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan. U bir qator gazeta va jurnallarda xodim, bo'lim mudiri bo'lib ishlagan. «Cho'lpon» nashriyotida bosh muharrir, direktor lavozimlarida faoliyat ko'rsatgan.
Anvar Obidjonning 1974 yilda «Ona yer», 1980 yilda «Bahromning hikoyalari», 1983 yilda «Ey, yorug' dunyo», «Olovjon va uning do'stlari», «Alamazon i yego druzya», 1985 yilda «Ketmagil», «Bezgak shamol», 1986 yilda «Masxaraboz bola», 1987 yilda «Akang qarag'ay Gulmat», «Juda qiziq voqea», 1988 yilda «01tin yurakli avtobola», 1989 yilda «Dahshatli meshpolvon», 1990 yilda «ErIiklar», 1992 yilda «Alamazon va Gulmat hangomasi», 1993 yilda «Ajoyibxona», 1994 yilda «Meshpolvonning janglari», 1996 yilda «Alisher ila Husayn yoki uch o'g'ri», 1999 yilda «Oltiariq hangomalari», 2001 yilda «Bulbulning cho'pchaklari» kabi qator to'plamlari chop etilgan.
Aytishlaricha, Luqmoni hakimning oldiga bir guruh kishilar mehmon bo'lib keldi. Undan hikmatga oid narsalardan so'rashdi. Shunda kelganlardan bin:
— Ey hakim, sen falon yerda cho'ponlik qilgan kishi emasmisan? — deb so'rab qoldi.
— Ha, o'sha cho'ponman, — javob berdi Luqmon, — hozir ko'rib turibsanki hakimman,
— Bu darajaga qanday erishding? — so'radi yana u. Luqmoni hakim unga:
— To'g'ri so'zlashdan, odamlarga yaxshilik qilishdan, omonatga xiyonat qilmaslikdan, yolg'on so'zlamaslikdan, behuda gapirmaslikdan, musibat va qiyinchiliklarga mardona chidashdan, o'zimni barchadan kam olishdan! — deb javob berdi.
Anvar Obidjonning butun ijodi yuqoridagidek vazifani o'zida mujassamlantirganiigi bilan ajralib turadi. U har bir asarida bolalarni kamtar, odobli, o'qimishli, vatanparvar bo'lishga undab keladi.
Bola borki, nurga intiladi. Quyoshga talpinib yashaydi. Negaki quyosh bor joyda, nur bor, nur bor joyda ma'murchilik, xursandchilik bo'ladi. Ma'murchilik, xursandchilik bor joyda g'am, kulfat, ofat bo'Imaydi, tinchlik, xotirjamlik, ahillik, baxt bo'ladi. Shoirning «0'zimning quyoshim» asari xuddi shu ezgu maqsadni ilgari surishi bilan kitobxon bolalarga behad katta quvonch, shodlik bag'ishlab kelmoqda.
She'r juda oddiy, sodda va hayotiy. Bolalar bo'r, ko'mir bilan yo'Ima, yo'l, maydonchalarda quyoshning rasmini chizib qo'yganligini ko'p bor uchratamiz. She'r xuddi shu voqeaga bag'ishlangan. U bolalarning dil so'zlari asosiga qurilgan. Mana siz ham tinglab ko'ring:
Ona quyosh aksingni I*. Chizdim yo'lakka. Sen hammaga mehribon, O'zing bo'lakcha. Nur tushmagan joylarda Kezarmish kulfat. Yo 'lagimni hech qachon Bosmasin zulmat. Anvar Obidjonning «Latifachi oyim» she'ri nafaqat shoirning, balki butun o'zbek bolalar adabiyotining katta yutug'i hisoblanadi. Asarda bola ta * lim-tarbiyasida xalq og'zaki ijodining ahamiyati ochib beriladi. Xalq azal-azaldan xalq og'zaki ijodini astoydil sevgan. Farzandlarini alia, ertak, maqol, tez aytish, topishmoqlar aytib berish bilan tarbiya qilgan. Sunday bolalar sog'lom, tetik, pok, o'ktam, polvon, vatanparvar, ota-onaga muhabbatli bo'lib o'sgan. Bu an1 ana bugungi kunda ham davom etib keladi.
Yana bir gap. Agar bolaning vujudi xalq og'zaki ijodi bilan yo'g'rilgan bo'lsa, uni tinglashni hamma narsadan ustun qo'yadi. Olaylik, hamma bola shirinlikka o'ch bo'ladi. Ba'zi bolalar shirinlik desa o'zini tomdan tashlashga ham tayyor turadi. Lekin ba'zi bolalar buvilar, bobolar, onalar, otalar tilidan tinglaydigan alia, ertak, topishmoq, tez aytishni o'sha lazzatli shirinlikdan ham afzal ko'rishadi. Kerak bo'lsa o'zlariga kulgi, jasorat, orom bag'ishlaydigan xalq og'zaki ijodini kechasi-yu kunduzi tinglashga tayyor turadiganlari ham yo'q emasligini Anvar Obidjon ishonarli qilib tasvklaydi:
Qand uzatsa ham Oyim, Tinmay yig'lar Guloyim. Aytgach qiziq «Afandi» Singlim darrov Yupondi. Kichkintoylarni kelajakda sog'lom, dovyurak bo'lib kamol topishlarida oila, atrof-muhitning ta'siri kuchli bo'ladi. Bu g'oya Anvar Obidjonning «Dorboz bola» she'rida ko'zga tashlanib ruriMi Shnirta'
kichkintoylar o'y-o'ylashni, xayol surishni, o'zlarining tengsiz o'y-xayollari bilan o'sishni orzu qilishadi. Dorbozlik san'ati ota-bobolarimizdan bizga meros bo'lib keladi. Bu o'ta darajada nafis, chaqqonlik, ehtiyotkorlik, dovyuraklik ishi. Bu ishni uddalash, dorga chiqish o'y, xayol bilan bitmaydi. Qayta-qayta mashq, chidam, dovyuraklik, ehtiyotkorlik bilangina bu maqsadga erishiladi. Bolalar dorga chiqish, sim ustida tomosha ko'rsatish haqida qancha o'ylamasinlar, xayol surmasinlar xolva degan bilan og'iz chuchimaganidek dor ustida ham yura olmaydilar:
Langarcho 'pni mahkam ushla,O'yna, lochin! Botirlarning ko'nglin xushla, O'yna, lochin! Qo'rqoq esa xavos qilmay, Turaversin. Ehtiyot bo'l, deb maslahat Beraversin. ! Rivoyat qilishlaricha, bir podsho bulbul ovozini tinglashni juda hush ko'rar ekan. Bir so'lim gocshadan bitta bulbulni ushlatib kelib oltin qafasga solib qo'yibdi. Bulbulni parvarish qilishni, unga yaxshi qarashni xizmatchilar, vazir-u vuzoralarga topshiribdi. Oltin qafas ichida bulbul kechasi-yu kunduzi xonish qilibdi. Bulbul o'z qo'shig'ida do'st-yorini, ozodlikni, ko'm-ko'k go'shasini, erkinlikni sog'inganligini qo'shib aytibdi.
Bulbul tilini, qo'shig'ining ma'no va mazmunini tushunmaydigan podsho uning dardli xonishidan behad yayrab dam olar ekan. Lekin bulbulda o'z eliga, vataniga muhabbat kuchli ekan. Kundan-kunga u oltin qafas ichida siqilgandan siqilibdi, ozib-to'zib ketibdi, Kunlardan bir kun bir iloj qilib qafas teshikchasidan boshini chiqaribdi, qarasaki tanasi ham sig'ibdi, bir intilish bilan oltin qafasdan chiqib oiibdi. Bor kuchini to'plab, o'z makoniga parvoz qilibdi. O'z go'shasiga kelsa, qurg'oqchilik bo'lib chor tomon vayrona bo'lib yotgan emish. Bundan u zarracha afeuslanmabdi. Aksincha, xursand bo'libdi. Negaki u bugun ozod, erkin. Xohlagan tomonga ucha olishidan baxtiyor emish.
E'tibor bering, Ozod bulbulga oltin qafas ham, podsholarcha qarov ham kerak emas. Unga vayrona bo'lsa ham o'z uyi, vatani kerak. To'yib ovqat yemasa ham, yelka kerib yashamasa ham o'z kulbasi bilan baxtiyor. Anvar Obidjonning «Vatan» asarida vayronada yashaydigan Boyqush ham xuddi bulbul kabi o'z hayotidan mamnun, vayronasi bilan shod. Negaki vayrona bo'lsa ham o'z uyi bor:
Senga bitta savol bor, Afenga quloq sol, hoy, qush. Vayronada yashaysan, Naming esa nag Boyqush. Ayt-chi, nahot sen boysan? . Asl boylik neligin i Tushunmaysan, chamasi, Bu — vayrona bo'lsa ham. .
"i ' ' " '• "i ' T -i - j - -< ' O'zimniki hammasi,'
Shuning uchun men boyman. '
Dunyoda eng yomon odat bu ochko'zlikdir. Nafsni tiyish, ochko'z bo*lmaslik boylik hisoblanadi. Kimki nafsni tiyib, yon-atrofga quloq solib yashasa faqat yutadi, el-yurt o'rtasida obro'-e'tibori oshib boraveradi. Bir misol. O'tmishda bir kampirning bh chiroyli tovug'i bor ekan. Bu tovuq har ikki kunda bir marta tuxum qilar ekan. Kampir ikki kunda bitta tuxum olishga qanoat qilmabdi. Bir kuni u o'ziga-o'zi:
— Tovug'im o'lgurning ichi to'la tuxum, qomida tuxum xazihasi bo'lsa ham, ikki kunda bitta tuxum berib meni aldab yuribdi. Undan ko'ra qornidagi hamma tuxumni chiqarib ola qolay, deb o'ylabdi. Darhol tovuqni so'yibdi. Lekin uning qornidan bir dona ham tuxum chiqmabdi, boz ustiga nodon kampir tovug'idan ham ajralib qolibdi...
Mana sizga ochko'zlikning oqibati! Agar kampir sabr-toqatli bo'lganida, ochko'z bo'lmaganida, ertani o'ylab ish ko'iganida o'z nasibasini o'zi qiymagan, tovuqni o'ldirmagan bo'lar edi. Anvar Obidjon o'zining bir qator asarlarida bolalarni xuddi kampir singari ochko'z bo'lmaslikka chinakamiga da'vat qilganligini ko'ramiz. Ayniqsa, «Ochofatning po'pisasi»da bu mavzu yanadajaranglab turadi:
Meni yana ursang Mamat, Yuragimda o'ch yig'aman. tunu kun yer qaziydigan Yumron, tovusdek chiroyli Qizilishtonlarning tuzilishlari, hayot tarzlarini ochib berish bilan kichkintoylarda tabiat olamiga nisbatan bo'lgan qiziqishlarini o'n chandon oshirishga erishgan.
Anvar Obidjonning she'rlarida bolalarni mehnatkash, o'qimishli, odobli, vatanparvar bo'lishga mudom chorlovchi kuch bor. Bir rivoyatda tutun cho'g'Iovga zorlanib:
— Onajon, men sizning qizingiz bo'lsam ham nega doimo qop-qoraman, siz, esa, porlab yonib turasiz, buning sababi nima? — deganida cho'g' shunday javob beradi:
— Qizim, bu ish yangi bir ish emas. Dunyoda inson o'z porloqligi bilan porlaydi. Bolaning porloq bo'Iishi uchun bir porloq ota-onaning farzandi bo'lgani kifoya qilmaydi, ya'ni olijanob, fazilatli ota-onaning shunday go'zal fazilati bilangina inson ulardek bo'lmaydi. Farzandning o'zi fazilatni kasb etib olishi kerak. Shundagina u farzand porlaydi, cho'g'dek yonib turadi. Ha, Anvar Obidjonning she'rlari yosh kitobxonni ana shu cho'g'dek porlab turishiga barakali hissa qo'shmoqda.
Anvar Obidjonning o'nlab qissa va dostonlan, ertak va dramalari bolalar qo'lidan tushmay kelayotir.