Mamlakatimizda demokratik uclohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasini amalga oshirishda biz, ilgarigidek, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari mahallalar, shuningdek, nodavlat, notijorat



Yüklə 428,5 Kb.
səhifə1/6
tarix15.06.2023
ölçüsü428,5 Kb.
#130864
  1   2   3   4   5   6
1-maruza (2)


Mamlakatimizda demokratik uclohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasini amalga oshirishda biz, ilgarigidek, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari - mahallalar, shuningdek, nodavlat, notijorat tashkilotlar, erkin va xolis ommaviy axborot vositalari faol o’rin egallaydi, deb ishonamiz.
SHavkat Mirziyoyev


1-Ma`ruza: O’zbekiston milliy taraqqiyotining yangi bosqichida fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi
Reja:
1.1.Fuqarolik jamiyati insoniyat taraqqiyotining - yuqori bosqichi.
1.2.Fuqarolik jamiyati qurish mamlakatimizning asosiy strategik pirovard maqsadi.
1.3.Fuqarolik jamiyati tushunchasining kelib chiqishi va uning shakllanishining asoslari.
1.4.Fuqarolik jamiyati fanining predmeti, obekti, maqsadi, vazifalari va boshqa ijtimoiy fanlar bilan o’zaro bog’liqligi.


Tayanch so’zlar:Fuqaro, fuqarolik jamiyati, davlat, davlat hokimiyati, huquqiy davlat, siyosiy institutlar, fuqarolik jamiyati institutlari, fuqarolarning huquq va erkinligi, inson huquqlari.

Inson shaxsining kamoli uchun fuqarolik jamiyati zarur. Faqat shunday jamiyatdagina shaxs o’zining barcha qobiliyatlarini to’la amalga oshiradi. Lekin bunday jamiyatni yuzaga keltirishda, uni barpo etishda, avvalo, davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish darkor. Aytish mumkinki, 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi o’tgan 27 yil davomida mamlakatimiz erishgan ulkan yutuqlar, tarixiy tajribalarni umumlashtirib, hozirgi kunda davrning o’zi oldimizga qo’yayotgan dolzarb masalalarni hisobga olib, keyingi besh yilga va undan keyingi davrga mo’ljallangan tarixiy taraqqiyotning yangi ufqlarini ochib berishga qaratilgan bo’lib, u o’zining mohiyat ehtibori bilan O’zbekistonni yangi rivojlanish bosqichiga ko’tarishni ta`minlaydigan strategik dasturdir.


O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017 yil 22 dekabrda mustaqil davlatimiz tarixida birinchi marta O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnoma taqdim etildi. Murojaatnoma o’zining mahno-mazmuniga ko’ra, O’zbekiston taraq kiyotining mutlaqo yangi bosqichiga ko’tarilayotganini yana bir bor yaqqol namoyon etdi. CHunki unda fakat joriy xususiyatga ega bo’lgan muammo va masalalar, bir yil uchun mo’ljallangan vazifalar emas, balki uzoq yillar mobaynida to’planib qolgan muammolar va ularning ildizi tanqidiy ruhda tahlil qilinib, ulardan qutulish, o’z umrini o’tab bo’lgan eskicha yondashuv va mezonlar o’rniga yangi va samarali, zamonning o’tkir talablariga javob beradigan boshkaruv mexanizmlarini joriy etish bo’yicha yakin istiqbolga mo’ljallangan vazifalar ham aniq ko’rsatib berildi.
1.1. «Fuqarolik jamiyati» va «huquqiy davlat» tushunchasi birgalikda XVIII asrda paydo bo’lgan. Odamlar hayoti va faoliyatining ikki tomoni: ularning shaxsiy manfaatlari, tashabbusi, ixtiyoriy faoliyati jabhasi va odamlar xulq-atvori davlatning xohish-irodasiga bo’ysunuvchi xalq hokimiyati jabhasi shu tushunchalar bilan ifodalandi.
Fuqarolik jamiyati hokimiyatning oqilonaligi va odilonaligi, shaxs erkinligi va farovonligi haqidagi g’oyalarning huquqiy ustunligi, huquq va qonunning birligi, davlat hokimiyatining turli tarmoqlari faoliyatini huquqiy chegaralash g’oyalari bilan mushtarakdir.
Huquqiy davlatni fuqarolik jamiyati rivojlanishining natijasi va uning o’zini o’zi yanada takomillashtirishi omili deb hisoblash mumkin. Huquqiy davlatchilikning shakllanish jarayoni, hech shubhasiz, ancha uzoq vaqt davom etadi. U fuqarolik jamiyati shakllanishi bilan birga takomillashib boradi. Har bir davlatda bo’lganidek, huquqiy davlat hokimiyatining suverenligi ham mamlakat ichida uning barcha fuqarolarga va ular tashkil etuvchi nodavlat tashkilotlariga nisbatan ustunligida va undan tashqarida davlatning tashqi siyosatni yuritish, boshqa davlatlar bilan munosabatlar o’rnatishda va mustaqilligida namoyon bo’ladi.
Yetuk fuqarolik jamiyatisiz huquqiy demokratik davlat qurish mumkin emas, chunki ongli erkin fuqarolargina kishilik jamiyatining eng oqilona shakllarini yaratishga qodirdirlar. Shunday qilib, fuqarolik jamiyati erkin individ va markazlashgan davlat xohish-irodasi o’rtasida bog’lovchi bo’g’in hisoblansa, davlatning vazifasi parchalanish, tartibsizlik, tanglik, tanazzulga qarshi ish ko’rish, erkin shaxsning huquq va erkinliklarini ro’yobga chiqarish uchun shart-sharoitlar yaratishdan iborat.
Huquqiy davlat – bu shunday bir davlat hokimiyatdirki, u huquq normalariga binoan, va ularning doirasida ish ko’radi, bu normalarni buzish, bekor qilish yoki cheklashga jurhat etmaydi, fuqarolar va ularning birlashmalarining uzviy tabiiy-tarixiy huquqlarini ehtirof etadi.
Totalitar davlatda xavfsizlikni ta`minlash huquqiy tartibotni muhofaza qilish, odamlar xulq-atvori davlat belgilagan huquqiy qoidalarga muvofiqligini ta`minlash faoliyatidan iborat bo’ladi, davlat hokimiyatiga tatbiqan xavfsizlikni davlat xavfsizligi va fuqarolik jamiyati xavfsizligiga ajratish muammosi yuzaga kelmaydi.
Fuqarolik jamiyatining xavfsizligi (jamoat xavfsizligi) quyidagi ko’rsatkichlar bilan tavsiflanishi mumkin:
-ijtimoiy adolat;
-davlat bilan o’zaro munosabatlarda fuqarolarning va umuman jamiyatning huquqlari;

  • qonuniylik tartibi;

  • fuqarolarning iqtisodiy farovonligi;

  • demokratik plyuralizm;

  • jamiyatning ochiqligi;

  • fuqarolik jamiyatining milliy jihatdan muayyanligi.

Fuqarolik jamiyatining asosiy qadriyatlarini oila, mulk, shaxs, erkinlik, huquq, mahnaviyat, tartib, davlatchilik tashkil etadi. Bunda hammani va majburiy tartibda mulkdorlarga aylantirish nazarda tutilmaydi – ularning ko’pchiligi buni xohlamaydi, biroq bunday imkoniyat har kim uchun saqlanishi lozim. Mulk har doim shaxs va butun jamiyat erkinligining bosh omili sifatida amal qiladi. Mulkka nisbatan hurmat mavjud bo’lmagan joyda shaxsga nisbatan hurmat ham mavjud bo’lmaydi.
Fuqarolik jamiyati tuzilmalari «yuqoridan» turib emas, balki «quyidan», fuqarolarning tashabbusi bilan, ixtiyoriy asosda, tabiiyki, muassislarning manfaatlari, qiziqishlari va moyilliklariga muvofiq tuziladi. Ularning erkinligi davlat tuzilmalariga qaram emaslikda, ichki qoidalar bilan nazarda tutilgan vazifalarni hal qilishga qaratilgan o’zini o’zi boshqarish faoliyatida namoyon bo’ladi.

Yüklə 428,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin