Mamlakatimizda demokratik uclohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasini amalga oshirishda biz, ilgarigidek, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari mahallalar, shuningdek, nodavlat, notijorat


partiya va fuqarolik harakatlarini tashkil etishda fuqarolarning erkinligi



Yüklə 428,5 Kb.
səhifə3/6
tarix15.06.2023
ölçüsü428,5 Kb.
#130864
1   2   3   4   5   6
1-maruza (2)


partiya va fuqarolik harakatlarini tashkil etishda fuqarolarning erkinligi;

  • fuqarolarni erkin, madaniyatli, mahnaviy va ijtimoiy faol, jamiyat ahzolarini qonun oldida mahsuliyatli qilib shakllantiradigan fan, madaniyat, ta`lim va tarbiya uchun zaruriy moddiy va boshqa sharoitlarni yaratish;

  • faqat qonun bilan cheklangan davlat tsenzurasidan tashqari OAV yaratish va faoliyat yurgizish erkinligi;

  • davlat va fuqarolik jamiyati o’rtasidagi munosabatni barqarorlashtiradigan mexanizmni (konsensus mexanizmi) mavjudligi, hamda fuqarolik jamiyatini ishlashini davlat organlari tomonidan xavfsizligini ta`minlanishi. Bu mexanizm, rasmiy bo’ladimi, norasmiy bo’ladimi, u o’z ichiga qonuniy aktlarni, xalq vakillarini demokratik saylov bilan hokimiyatning, o’z-o’zini boshqarishturli organlari va h.k. tayinlash kabilarni oladi.

    Iqtisodiy sohada fuqarolik jamiyat asosini ko’p ukladli iqtisod, mulkning turli shakllari boshqariladigan bozor munosabatlari tashkil etadi; Huquqiy sohada esa – hokimiyat boshqaruvi vakolatlarini markazda yig’ilib qolmasligi, hokimiyatlar bo’linishi, siyosiy plyuralizm, fuqarolarning davlat va jamoat ishlarida ishtirok etishlari, qonun ustivorligi hammaning ular oldida tengligi; mahnaviy sohada-yagona mafkura va dunyoqarashning yakka hokimligini yo’qligi, vijdon erkinligi madaniylik, yuqori mahanaviyat va axloq tashkil etadi.
    Fuqarolik jamiyati shaxs erkinligisiz bo’lmaydi. Erkinlik me`yoriy ko’rinishga ega bo’lgani uchun, bunday shunday xulosa kelib chiqadiki, bir tomondan inson erkinlikka uning normativ talablariga bo’ysunish qobilyati natijasida ega bo’ladi, boshqa tomondan, shaxs erkinligi borlig’ining tashqi shakli bu erkinlikning chegaralarini belgilovchi ijtimoiy me`yorlar hisoblanishini anglatadi. Va faqatgina, jamiyat uchun yoki insonning o’zi uchun eng muhim ahamiyatga ega, eng asosiy hisoblangan sohalardagina davlatning o’zi erkinlikning o’lchovini, me`yorini belgilab beradi. Bu esa huquqiy me`yorlar, qonunlar, konstitutsiya yordamida amalga oshiriladi.
    Bunda huquqiy va erkinliklarning o’zi, jumladan konstitutsionlari bir tomondan fuqarolik jamiyatining rivojlanganlik darajasi bilan uning iqtisodiy, ijtimoiy, ijtimoiy-siyosiy tashkillanganligining yetukligi darajasi bilan belgilanadi. Boshqa tomondan inson va fuqaroning huquq va erkinligining to’liqligi bilan, ularning kafolatlanganligi darajasiamalga oshirish ketma-ketligi fuqarolik jamiyatining huquqiy demokratik jamiyat sifatidagi, haqiqiy erkinlik va ijtimoiy adolatli jamiyat sifatida muhim harakteristkalarining chuqurlashuvi, rivojlanishga ko’p tomondan bog’liq bo’ladi. bu o’rinda inson va fuqaro huquqlari fuqarolik jamiyatining o’z vositasi namoyon bo’ladi.
    Ushbu muhim funktsiyalarnibajarish darajasida fuqarolik jamiyati qator muhim funktsiyalarni bajaradi:

    1. Qonunchilik asosida u insonning va fuqarolarning shaxsiy hayot sohasini davlat va boshqa siyosiy strukturalarning asoslanmagan qathiy muvofiqlashtirishidan himoya qilishni ta`minlaydi.

    2. Fuqarolik jamiyati uyushmalari asosida ijtimoiy (jamoatchilik) o’zini – o’zi boshqarish mexanizmlari yaratiladi va rivojlantiriladi.

    3. Fuqarolik jamiyati davlatning demokratik organlarini, uning barcha siyosiy tizimini shakllanishi va sodda ko’rinishga keltirishga ko’mak beradi; buning uchun u turli vositalardan foydalanadi: saylov kampaniyalaridan va referendumlarda, norozilik yoki bu yoki u talablarini qo’llab-quvvatlash aktsiyalarida, u yoki bu masaladar bo’yicha jamiyatni shakllantirishdafaol ishtirok etish.

    4. Fuqarolik jamiyatining institutlari va tashkilotlari insonlarning huquq va erkinliklarini real kafolatlashlarini davlat va jamoat ishlarida teng ishtirokini ta`minlashga qaratiladi.

    5. Fuqarolik jamiyati o’z ahzolariga nisbatan ijtimoiy nazorat funktsiyalarini bajaradi: u davlatdan mustaqil ravishda vosita va sanktsiyalar berishga ega bo’lishi mumkinki, ularning yordamida u individlarning jamoa talablariga rioya qilishlariga majburlashi, fuqarolarning ijtimoiylashuvini va tarbiyalanishini ta`minlanishi mumkin.

    6. Fuqarolik jamiyati kommunikatsiyaviy vazifani bajaradi. Bu jamiyat davlat organlariga fuqarolarning konkret manfaatlari haqida xabardor qilib turadi,bu manfaatlarni amalga oshirish esa faqat davlat organlariga tegishli bo’ladi.

    7. Fuqarolik jamiyati o’z institutlari va tashkilotlari bilan barqarorlashtiruvchi vazifasini bajaradi. U davlat oldida tang holatlar yuz bergapnida unga yordam beradi, jamiyat hayotini yashashini ta`minlaydigan mustahkam strukturalarini yaratadi.

    1.2.Mahlumki, Vatanimiz mustaqillikka erishganidan so’ng, bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik davlat barpo etish, fuqarolik jamiyatining mustahkam poydevorini shakllantirish bosh strategik maqsad sifatida belgilandi. SHu kabi jamiyatgina O’zbekiston xalqining munosib turmushini, huquq va erkinliklarini kafolatlashi, milliy anhanalar va mahnaviyatimizni qayta tiklashi, shaxs sifatida insonning mahnaviyaxloqiy kamol topishini ta`minlay olishi ehtirof etildi.
    O’zbekiston Respublikasi birinchi birinchi Prezident Islom Karimovo’zining «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» kitobida shunday deb tahkidlaydi: «Biz uchun fuqarolik jamiyati - ijtimoiy makon. Bu makonda qonun ustuvor bo’lib, u insonning o’z-o’zini kamol toptirishiga monelik qilmaydi, aksincha, yordam beradi. Shaxs manfaatlari, uning huquq va erkinliklari to’la darajada ro’yobga chiqishiga ko’maklashadi. Ayni vaqtda boshqa odamlarning huquq va erkinliklari kamsitilishiga yo’l qo’yilmaydi. Yahni erkinlik va qonunga bo’ysunish bir vaqtning o’zida amal qiladi, bir-birini to’ldiradi va bir-birini taqozo etadi». 1
    Fuqarolik jamiyatini shakllantirishning asosiy mezonlaridan biri bu uning huquqiy negizini yaratishdan iborat bo’lganligi bois, birinchi navbatda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolik jamiyatining huquqiy poydevorini o’rnatishga, uning asosiy qoida va talablarini huquqiy jihatdan mustahkamlovchi huquqiy normalarining o’z ifodasini topishiga alohida ehtibor berildi.
    O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolik jamiyatining asosiy qoida va talablarini aks ettiruvchi printsipial ahamiyatga ega bo’lgan normalar sifatida davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qilishi, davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mashul ekanligi (2-modda), xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbai hisoblanishi (7-modda), O’zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi - hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo’linishi printsipiga asoslanishi (11-modda), O’zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanishi, hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o’rnatilishi mumkin emasligi (12-modda) kabilarda fuqarolik jamiyatining asosiy printsipial masalalari yuridik jihatdan mustahkamlanganligini ko’rishimiz mumkin.
    Mustaqillik yillarida fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo’yicha Konstitutsiyamizda qayd etilgan asosiy printsiplar va normalar asosida davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish, sud-huquq tizimini isloh etish,axborot sohasini isloh qilish, axborot va so’z erkinligini ta`minlash, saylov huquqi erkinligini ta`minlash, fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirish, demokratik bozor islohotlarini va iqtisodiyotni liberallashtirishni yanada chuqurlashtirish bo’yicha tadrijiy islohotlar amalga oshirildi.
    O’zbekistonda fuqarolik jamiyati asoslariini yaratish va rivojlantirish bo’yicha amalga oshirilgan ishlarni Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutti tomonidan uch bosqichga bo’lib tahlil qilish tavsiya etiladi.2
    Birinchi bosqich o’z ichiga 1991-2000 yillarni qamrab oladi. Bu davrda, birinchi navbatldafuqarolik jamiyatining shakllanishining asoslari yaratildi
    Ikkinchi bosqich (2000-2010 yillar) damamlakatni demoeratlashtirish va modernizatsiyalash bo’yicha faol jarayonlar davom ettirildi.
    2010 yil 12 noyabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Mamlakatda demokratik islohatlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Kontseptsiyasi»ehlon qilindi. Bu Kontseptsiya mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo’yicha olib borilayotgan ishlarning ikkinchi bosqichiga yakun yasadi va yani – uchinchi bosqichni boshlab berdi.
    Istiqlol yillarida mamlakatimizda demokratik jamiyat barpo qilishning ustuvor yo’nalishlari izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Buni biz qonunchilikning demokratik tamoyillari, fuqarolik institutlarining huquqiy kafolati rivojlanishi, milliy g’oya mafkurasining shakllanishi hayotimiz va yashash tarzimizda muhim ahamiyat kasb etishida ko’ramiz. Birinchi birinchi Prezident Islom KarimovOliy Majlisning Qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma majlisida (2010 yil 12 noyabrg’) ustuvor yo’nalishlardan biri sifatida fuqarolik jamiyatining shakllanishi hamda ravnaq topishiga alohida ehtibor qaratib, «Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari» tamoyilni amalda to’liq tatbiq etishning aniq va ravshan qirralarini belgilab berdi.
    Birinchi birinchi Prezident Islom Karimovtahkidlaganidek, «Faqatgina biz tanlagai bosqichma-bosqich, tadrijiy rivojlanish yo’li xalqimiz ko’zlagan ezgu niyatlarga erishishga, zamonaviy demokratik talablarga javob beradigan davlat, inson manfaatlari, huquq va erkinliklari eng oliy qadriyat bo’lgan, qonun ustuvorligini ta`minlaydigan jamiyat barpo etishga olib kelishi muqarrar»3.
    Fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi bo’yicha qo’yidagi xulosalar chiqarish mumkin:

    • fuqarolik jamiyatining shakillanishi uzoq davom etib kelayotgan murakkab tarixiy jarayondir.Fuqarolik jamiyatining bahzi bir unsurlari qadimgi Yunoniston va Rimda namoyon bo’lgan vaqtdan boshlab Yangi davrda shakllanish elementlari va xozirgi kunda bir butun tizim sifatida paydo bo’lishi.

    • fuqarolik jamiyati g’oyasi insoniyatning antik davrdan beri davom etib kelayotgan tafakkuri maxsulidir. Avesto manbalarida, Qadimgi yunon faylasuflari fikrlarida, O’rta asr mutafakkirlarining qarashlarida, Uyg’onish va Reformatsiya davri g’oyalari va bugun XXI asr jahon xamjamiyati tomonidan umuminsoniy ijtimoiy madaniy qadriyatlar sifatida ehtirof etilishi. Har qanday fan,o’z mohiyatiga ko’ra umumbashariydir.Dunyoning barcha xalqlari katta-kichikligidan qathiy nazar uning rivojiga turli xil darajada hissalarni qo’shgan.SHu nuqtai nazardan fuqarolik jamiyatining shakillanishi va rivojlanishi to’g’risidagi g’oyalar qarashlarni bir yoqlama bo’rttirish yoki kamsitish xato yondashuvdir.

    • fuqarolik jamiyatining xususiyatlari, belgilari,tamoyillari har qanday ijtimoiy tizimda mavjud, biroq ularning rivojlanish darajasi turli xil bo’lishi mumkin.

    • fuqarolik jamiyatining shakllanish jarayonlari xolati ijtimoiy hayotning va davlat hokimiyati boshqaruvining demokratlashib borishi bilan birgalikda kechadi.

    • fuqarolik jamiyatining shakillanishi huquqiy davlatchilikning shakillanish jarayoni bilan takomillashib boradi.

    • har bir davlatda fuqarolik jamiyatining rivojlanishi va shakillanishi o’ziga xos mental xususiyatlarga bog’liq holda tadrijiy rivojlanish modellari asosida amalga oshiriladi.

    • hozirgi dunyoda biron bir mamlakat fuqarolik jamiyat qurishning yetuklik bosqichiga erishmagan va bu uzuluksiz davom etadigan jarayondir.

    O’zbekiston o’z mustaqilligini qo’lga kiritgandan keyingi davrda respublikamizda yangi huquqiy demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyati qurish borasida yuqorida sanab o’tilgan umumiy g’oya va printsiplarning nazariy asoslarini yaratish hamda hayotga tatbiq etish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. O’zbekistonda o’tkazilayotgan tub iqtisodiy islohotlarda o’z aksini topayotgan iqtisodiy siyosat pirovard natijada demokratik islohotlar qilish, kuchli suveren huquqiy davlat barpo etish uchun mustahkam moddiy negiz yaratishga yo’naltirilgan. Maqsadimiz – demokratik, adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish. Bu bizning ezgu orzuimiz, strategiyamizdir4.
    1.3. Fuqarolik jamiyati haqidagi ta`limotlarning rivojlanish tarixi juda uzoqlarga borib taqaladi, mohiyati esa murakkab va serqirradir. «Fuqarolik jamiyati» tushunchasi va uning mohiyati haqidagi ta`limotlarni ko’rib chiqishda ehtiborni, avvalo, ularning turlicha talqin etilganiga qaratamiz. Fuqarolik jamiyati mohiyati haqidagi ta`limotlarning bir-biridan farq qilishi, birinchidan, uni o’rganishda turlicha metodologik yondashuvlar bo’lganligi, ikkinchidan, bu ta`limot insoniyat rivojlanishining qaysi davrida amalga oshirilganligi, yahni fuqarolik jamiyatining mazmuni va mohiyatini talqin qilish o’sha vaqtda hukmron bo’lgan g’oyalarga asoslangan holda amalga oshirilganligi bilan bog’liqdir.
    «Jamiyat» va «fuqarolik jamiyati» tushunchalarini aynan bir xil talqin qilmaslik lozim. Fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivoji insoniyat, davlat, huquq tarixining muayyan tsivilizatsiyalashgan davri bilan bevosita bog’liq. Davlatdan farqli o’laroq,jamiyat hamisha mavjud bo’lgan. Lekin har doim ham u fuqarolik jamiyati maqomiga ega bo’lmagan5. Huquqiy adabiyotlarda tahkidlanganidek, fuqarolar mustaqil shaxs, jamiyatning mustaqil ahzosi sifatida muayyan huquq va erkinliklarga ega bo’lgan, o’z xatti-harakati uchun mashuliyatni his qila olganlaridagina fuqarolik jamiyati haqida so’z yuritish mumkin. Fuqarolik jamiyati haqida yaratilgan adabiyotlarda ko’rsatilishicha, insoniyat, xususan G’arb tsivilizatsiyasining fuqarolik jamiyat sari rivojlanishi mahlum ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar, jumladan inqiloblar orqali kechgan. Albatta, bu jarayon jamiyat hayotining iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va boshqa sohalarida o’zgarishlar yuz berishiga olib kelgan.
    Fuqarolik jamiyatida xususiy mulkchilik g’oyat katta ahamiyatga ega, chunki shaxs mulkdor bo’lsagina davlat hokimiyatiga nisbatan o’zini mustaqil sezadi, qonunda ko’rsatilgan asoslarda o’z manfaatlarini hisobga olib, xohlagan ishi bilan shug’ullanishi, istalgan kasbni egallashi, o’zi tanlagan joyda yashashi mumkin. Mahlumki, fuqarolik jamiyatida davlat insonni munosib hayot kechirish uchun zarur bo’lgan shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy huquq va erkinliklar bilan ta`minlaydi. Fuqarolik jamiyatida inson huquq va erkinliklarining oliy qadriyat ekanligi amalda ta`minlanadi. SHu bois ham fuqarolik jamiyatida uning ahzolari − «inson», ularning huquq va erkinliklari esa «inson huquqlari» deb ataladi.
    Fuqarolik jamiyatida ijtimoiy hayotga va uning doimo taraqqiy etib borishiga juda katta ahamiyat beriladi. Uning asosiy maqsadi insonning munosib hayot kechirishini, barcha hayotiy orzu-maqsadlari shu jamiyatdagi siyosiy tashkilotlar, ijtimoiy institut, guruh, oila va boshqa jamoat birlashmalari orqali amalga oshirilishini ta`minlashdir. Bu siyosiy tashkilotlar, ijtimoiy institutlar va guruhlar har bir insonga uning o’zi yashayotgan jamiyatda hokimiyatning manbai ekanligini, huquq va erkinliklari, qobiliyati va harakati, obro’si yuksak qadriyat ekanligini tushuntirishga yordam beradilar. Insonlar ushbu tashkilot va birlashmalar orqali o’zlarining siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, mahnaviy, madaniy va boshqa maqsadlarini amalga oshiradilar6.
    Fuqarolik jamiyati davlatning fuqarolari, ularning ixtiyoriy ravishda birlashgan guruh, jamoa va tashkilotlari, yahni o’zaro huquq va majburiyatlari bilan bog’liq, yuksak siyosiy va huquqiy madaniyatga ega bo’lgan kishilardan iborat jamiyatdir. Fuqarolik jamiyati nafaqat davlatning majburlov kuchi bilan, balki uning ahzolari bo’lmish fuqarolarning bevosita o’zlari, ularning jamoalari orqali ongli ravishda boshqarib turiladigan va qathiy tartib intizom qaror topgan jamiyatdir. Bunday jamiyat boshqa jamiyatlardan o’zini o’zi yuksak darajada tashkil etishi va boshqarib turishi bilan ajralib turadi. Fuqarolik jamiyatiga davlatning kuchli tahsiri talab etilmaydi. Unda davlat, uning organlari va mansabdor shaxslari keng jamoatchilik nazoratida bo’ladi, chunki davlat fuqarolar jamiyatining «yollanma xizmatkori»ga aylanadi.
    Fuqarolik jamiyati, avvalo, yuksak darajadagi siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, mahnaviy va madaniy rivojlanish ko’rsatkichlariga ega bo’lgan jamiyatdir. Fuqarolik jamiyati – insoniyat jamiyatining oliy ko’rinishi, oliy shakli7.
    Huquqiy adabiyotlar tahlili shuni ko’rsatadiki, sobiq Ittifoq davlati, shu jumladan o’sha vaqtda uning tarkibida bo’lgan O’zbekistonda ham XX asrning 70-yillaridan boshlab «fuqarolik jamiyati» tushunchasi haqida fikrlar keng tarqala boshladi. O’zbekiston o’zmustaqilligini qo’lga kiritib, insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etish yo’lidan borayotgan bugungi kunda fuqarolik jamiyatining mazmuni va mohiyati, uni rivojlantirish bilan bog’liq masalalar ko’plab munozaralarga mavzu bo’lmoqda.
    Insoniyat tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak, «jamiyat» tushunchasi fuqarolar uyushmasi sifatida fuqaro haqidagi tasavvurlar paydo bo’lgan davrlarda − Qadimgi SHarqda, xususan Bobilda «Hammurapi qonunlari», Turon zaminida «Avesto» kabi manbalarda, keyinchalik esa qadimgi Rimda − shakllana boshlaganiga guvoh bo’lamiz.
    Huquqiy va tarixiy adabiyotlar tahlili shuni ko’rsatadiki, qadimda davlat bilan fuqarolik jamiyati bir mahnoni anglatgan, ular o’rtasida farq bo’lmagan. Buyuk yunon faylasufi Arastuning fikricha, davlat fuqarolarning, fuqarolar jamiyatining uyushmasidan boshqa narsa emas. U «davlat» bilan «fuqarolik jamiyati» tushunchalarini bir mahnoda ishlatadi8. Bunday talqin XVIII asrgacha, yahni fuqarolik jamiyatining mazmuni va mohiyatini to’liq aks ettiruvchi bugungi tushuncha shakllangunicha davom etgan.
    Fuqarolik jamiyati haqidagi fikrlar Uyg’onish davrida G. Grotsiy, T. Gobss, J. Lokk, SH. Monteskg’yo, J. J. Russo asrlarida ham rivojlantirilgan. Lekin «fuqarolik jamiyati» atamasi faqat XVII asrning oxirlariga kelib muntazam va keng qo’llanila boshlandi. Fuqarolik jamiyatining nazariy asoslarini mukammal ilmiy ta`limot sifatida ilk bor Gegelg’ o’zining «Huquq falsafasi» nomli mashhur asarida yaratdi. Gegelg’ fuqarolik jamiyati ikki asosiy printsipga asoslanishini isbotlab beradi. Uning fikricha, fuqarolik jamiyatida, birinchidan, individlar, yahni odamlar faqat va faqat o’z xususiy manfaatlarini ko’zlab faoliyat yuritadilar; ikkinchidan, jamiyat ahzolari hisoblangan odamlar o’rtasida ijtimoiy aloqalar yuzaga keladi va ular tabiiy ravishda bir-birlariga muhtojlik his etishadi. Fuqarolik jamiyati haqidagi Gegelg’ ta`limotiga asosan, inson, yahni fuqaro o’z ijtimoiy mavqei, shaxsiy manfaatlari va ehtiyojlari bilan bunday jamiyatning asosini tashkil qiladi.
    Akademik M. SHarifxo’jaev tahkidlaganidek, Gegelning fuqarolik jamiyati haqidagi qarashlari «fuqarolik jamiyati» atamasi hamda bu so’z birikmasining etimologiyasidan kelib chiqqan. Nemischa «Burqerliske besellshaft» (Burgerleske besellshaft) ikki mahnoga ega, yahni burger (burjua) – ham fuqaro, ham burjua demakdir9.
    Inson, uning jamiyatdagi roli, funktsiyalari, maqomi Gegelg’ ta`limotining asosiy unsuri sifatida maydonga chiqadi. Gegelg’ qarashlariga muvofiq, alohida shaxs o’zi uchun o’zi maqsad bo’lib, uning faoliyati eng avvalo o’zining (tabiiy va ijtimoiy) ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan bo’ladi. Ayni paytda, u o’z ehtiyojlarini faqat boshqa odamlar bilan muayyan munosabatlarda bo’lgan holatdagina qondira oladi. «Fuqarolar jamiyatida har kimning o’z munosabati o’zi uchun maqsad bo’lib, qolganlar uning uchun hech narsa emas. Lekin inson boshqalar bilan munosabatda bo’lmasdan o’z maqsadlariga to’la erisha olmaydi»10.
    «Fuqaro» so’zining o’zi shaxsning mustaqilligi, teng huquqliligi, shahni va o’z-o’zini hurmatlashining sinonimi sifatida yangraydi. Bunday jamiyat hamisha turli tabaqaviy bo’linishlar, odamlarning tengsizligi, huquqlarining cheklanishiga qarshi qo’yilgan.






    Yüklə 428,5 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin