5
TALABGORNING 13.00.07 - “TA’LIMDA MENEJMENT”
IXTISOSLIGIDAN O‘RGANILISHI ZARUR BO‘LGAN MINIMUM
BILIMLAR MAZMUNI.
1-mavzu. Taʼlim menejmenti nazariyalarining rivojlanish bosqichlari
.
Boshqarish qonuniyatlari va tamoyillari.
Taʼlim menejmenti tushunchasi. Umumfalsafiy qonunlar va pedagogik
kategoriyalar
boshqaruv
metodologiyasining
asosi
ekanligi. Taʼlim
muassasalarini boshqarish sohalari:
pedagogik jarayonni boshqarish; taʼlim
xizmatlari bozorini boshqarish;
moliyaviy boshqarish; xodimlarni boshqarish.
Boshqarish sohalari qonunlari va uning ahamiyati.
Taʼlim muassasalarini boshqarishning asosiy tamoyillari: yakkaboshchilik
va kollegiyalik; ilmiylik; rejalilik; boshqaruv shakl va usullarini takomillashtirish;
kadrlarni tanlash va joylashtirish;
shaxsiy tashabbus; javobgarlik va
tavakkalchilik.
2-mavzu. Iqtisodiyot va taʼlim.
Iqtisodiyot va taʼlim tushunchalarining mazmun va mohiyati.
Iqtisodiy
kategoriyalar, qonunlar va tamoyillar. Maxsus (iqtisodiy) fanlarni o‘qitish
metodikasi. Mikro-makroiqtisodiyot,
menejment-marketing, bilimlar va
innovatsion iqtisodiyoti. Raqamli iqtisodiyot sharoitida iqtisodiy taʼlim.
Iqtisodiy fanlarni o‘qitishning dolzarb muammolari. Iqtisodiy taʼlim jarayonida
innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish zarurati.
Talabalarda iqtisodiy bilim, ko‘nikma va malalarni shakllantirish mexanizmlari.
Innovatsion faoliyat tushunchasi. Bo‘lg‘usi mutaxassis
kadrlarni innovatsion
faoliyatga tayyorlash metodikasi.
3-mavzu. Taʼlim muassasalarini boshqarishga tizimli-vaziyatli yondashuv.
Taʼlim muassasasi va tashqi muhit. Tashkiliy-pedagogik maqsad va
madaniyat:
tayanch qadriyatlar, strategik vazifalar va qisqa muddatli rejalar.
Taʼlim muassasasi resurslari: tashkiliy-moddiy va insoniy.
Dostları ilə paylaş: