Mamlakatimizda oliy ta limni tizimli isloh qilishning ustuvor
12-mavzu. Taʼlim muassasalarida boshqaruv madaniyati. Taʼlim muassasalarini boshqaruv jarayonida axloqiy, huquqiy, iqtisodiy,
tashkiliy, texnikaviy va estetik meʼyorlarga rioya qilish zaruriyati. Boshqaruv
madaniyati tushunchasi.
Taʼlim muassasalarida boshqaruv madaniyatining tarkibiy qismlari:
menejerlar madaniyati; boshqaruv jarayoni madaniyati; mehnat sharoiti
madaniyati; xujjatlar yuritish madaniyati.
Menejer madaniyati komponentlari: menejer madaniyatining umumiy
darajasi; boshqaruv ilmini o‘zlashtirishi; boshqaruv sanʼatini egallashi;
menejerning shaxsiy va ishbilarmonlik fazilatlari; menejerning boshqaruv uslubi.
Boshqaruv jarayoni madaniyati komponentlari: boshqaruvning zamonaviy
texnologiyasi; boshqaruv mehnatini maqbul tashkil etish; boshqaruv jarayonini
avtomatlashtirish; tashrifchilarni qabul qilish, telefon orqali so‘zlashish, majlislar
o‘tkazish.
Mehnat sharoiti madaniyati komponentlari: ish (o‘quv-tarbiya) jarayoni
madaniyati; ish o‘rinlarini tashkil etish madaniyati; xizmat ko‘rsatish madaniyati;
jixozlash; shovqin.
Hujjatlar yuritish madaniyati komponentlari: hujjatlarni rasmiylashtirish;
hujjatlarning xizmat qilish muddati; hujjatlardan foydalanishning qulayligi;
hujjatlar bilan xizmat ko‘rsatish ishonchliligi.
13-mavzu. Taʼlim muassasalarida nizolarni boshqarish. Taʼlim muassasalari va tashkilotlaridagi nizolar – aniq shaxs yoki
guruhlardan iborat bo‘lgan ikki yoki undan ortiq tomon o‘rtasida murosa mavjud
bo‘lmaslik holati ekanligi. Nizolarning turlari va sabablari: shaxsning ichki
nizosi; shaxs va guruh o‘rtasidagi nizolar; shaxslar o‘rtasidagi nizolar; guruhlar
o‘rtasidagi nizolar.
Taʼlim muassasalari va tashkilotlaridagi nizoli vaziyatlar: tarkibiy va
shaxslar o‘rtasidagi nizoli vaziyatlar. Nizolarni xal etish usullari: ishga bo‘lgan
talabni tushuntirish; muvofiqlashtirish va uyg‘unlashtirish choralaridan
foydalanish; umumiy tashkiliy maqsadlar majmuini belgilash; rag‘batlantirish
tizimini qo‘llash.
Taʼlim muassasalari va tashkilotlarida nizolarni bartaraf etishning
shaxslararo uslublari: cheklanish; silliqlash; nuqtai nazarni zo‘rlik bilan qabul
qildirish; kelishuv. Stress holatlarini (ruxiy zarbani) boshqarish yo‘llari.