Maktabgacha ta'lim muassasasida ovqatlanishni tashkil etish maktabgacha ta'lim muassasasiga yuklanadi hamda O'zbekiston Respublikasida tasdiqlangan sanitariya qoidalari va normalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta'lim muassasasida ta'lim jarayonining qatnashchilari. Maktabgacha ta'lim muassasasida bolalar, ota- onalar yoki ularning о'mini bosuvchi shaxslar va pedagog xodimlar ta'lim jarayonining qatnashchilari hisoblanadi.
Maktabgacha ta'lim muassasasida ta'lim mazmuniO'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan yoki tavsiya qilingan dasturlar bilan belgilanadi. Maktabgacha ta'lim muassasasi o'z (mualliflik) dasturlaridan foydalanishga haqlidir. Bunday dasturlarni tasdiqlash tartibi O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan belgilanadi.
Maktabgacha ta'lim muassasasida to'lov miqdori. Bolalarning maktabgacha ta'lim muassasasida bo'lishi uchun to'lov miqdori va uni to'lash tartibi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi. To'lov belgilangan tartibda bank muassasalarida ochilgan hisob raqamlariga to'lanadi.
Maktabgacha ta'lim muassasasida o'quv yili har yili 2 sentyabrdan boshlanadi, keyingi yilning 1 iyunida tugallanadi va yangi o'quv yili boshlangunga qadar sog'lomlashtirish davri boshlanadi.
Maktabgacha taTim muassasasining asosiy vazifalari. Maktabgacha ta'lim muassasasi ta'lim-tarbiya va sog'lomlashtirish muassasasi hisoblanadi, quyidagilar uning asosiy vazifalari hisoblanadi:
bolalarning hayotini muhofaza qilish va sog'lig'ini mustahkamlash;
bolalarni milliy madaniyat va umuminsoniy qadriyatlar bilan tanishtirish;
bolalarni maktabda o'qishga tayyorlash.
Maktabgacha ta'lim muassasasining ish rejimi va bolalarning u yerda qancha vaqt bo'lishi maktabgacha ta'lim muassasasi ustavi va muassisning qarori bilan belgilanadi. Maktabgacha ta'lim muassasasi (guruh)ning kunduzgi va kechki vaqtlarda hamda kechayu kunduz faoliyat ko'rsatishiga yo'l qo'yiladi.