Mamlakatning transport tizimida xavfsizlikni ta‘minlash masalalari reja: Kirish


-§. Mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlashda transport infratuzilmasining o’rni



Yüklə 145,18 Kb.
səhifə2/8
tarix25.12.2023
ölçüsü145,18 Kb.
#196552
1   2   3   4   5   6   7   8
MAMLAKATNING TRANSPORT TIZIMIDA XAVFSIZLIKNI TA‘MINLASH MASALALARI11111111111

1-§. Mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlashda transport infratuzilmasining o’rni
Transport tizimini majoziy ma‘noda yaxlit xalq xo’jaligi majmui subyektlarining o’zaro uyg’unlikda harakatlanishini ta‘minlovchi mamlakat va iqtisodiyotning o’ziga xos qon tomiri sifatida ta‘riflanadi. Tabiiy geografik sharoiti nuqtayi nazardan Respublika maydoni 448,9 ming km2 ga teng bo’lib, u g’arbdan sharqqa 1425 km ga, shimoldan janubga esa 930 km ga cho’zilgan. O’zbekiston o’z maydoniga ko’ra, Yevropaning Buyuk Britaniya, Belgiya, Daniya, Shveysariya, Avstriya kabi mamlakatlar maydonini qo’shib hisoblaganda ham ulardan kattalik qiladi. Transport aholi va moddiy ishlab chiqarishning yuk va yo’lovchi tashish borasidagi ehtiyojlarini qondiradi, mamlakat hududlarini tutashtiradi, tovar, mahsulot va xizmatlarning ishlab chiqaruvchilari bilan iste‘molchilarni o’zaro bog’lovchi o’ziga xos ko’prik hisoblanadi. Bunday o’zaro bog’lovchi o’ziga xos aloqalarsiz bozor va bozor munosabatlarining mavjudligi ham amri mahol. Aynan shu sababli mamlakat transport majmuidagi buzilishlar mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlash borasida jiddiy salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin.
O’zbekistonning siyosiy va iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlash va uning jahon hamjamiyatiga kirib borishi uchun mukammal transport tizimiga ega bo’lish kerak. Turli xil transport vositalari sanoat va qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish va uni iste‘molchilarga o’z vaqtida, isrof qilmasdan yetkazishda faol ishtirok etadi. Aholini bir manzildan ikkinchi bir manzilga yetkazishda ham transportning ahamiyati kattadir. Transport ishlab chiqarish tizimida muhim o’rin tutishi bilan birga u har qanday hudud xo’jaligi majmuasining muhim qismi bo’lib xizmat qiladi. Uning rivoji tufayli hududlarni iqtisodiy jihatdan rivojlantirish va mintaqalashtirish mumkin. Transport infratuzilmasi va yo’l tarmoqlarining samarali rivojlanishi kadrlarning qishloqlarda mustahkam o’rnashib qolishiga, mehnat resurslaridan unumli foydalanish imkonini yaratadi. So’nggi yillarda mamlakatimizda transport va transport kommunikatsiyalari sohasini rivojlantirish, tashishlarning yuqori darajadagi xavfsizligini ta‘minlash, transport sohasidagi boshqaruv tizimini takomillashtirish, soha uchun malakali mutaxassislarni tayyorlashga yo’naltirilgan keng ko’lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Transport sohasidagi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish, respublikaning investitsiyaviy jozibadorligi va eksport salohiyatini oshirish, transport kommunikatsiyalarini strategik rivojlantirish va barqaror faoliyat ko’rsatishini ta‘minlash maqsadida, shuningdek, 2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi «Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Farmoni qabul qilindi. Unga ko’ra1: Transport vazirligi avtomobil, temir yo’l, havo, daryo transportlari, metropoliten, shuningdek, yo’l xo’jaligini rivojlantirish sohasidagi yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish bo’yicha davlat boshqaruvi organi hisoblanadi;

Transport majmui – bu yuk va yo’lovchi transport tizimining barcha: temir yo’l, avtomobil, dengiz, daryo, quvur, havo, sanoat va shahar transport turlarini o’z ichiga oluvchi yirik ko’p tarmoqli soha hisoblanadi. Ushbu sohada amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlar natijasida 2018-yilda O’zbekistonda ishlab chiqarilgan yalpi ichki mahsulot hajmining 12,6 %i transport va aloqa tarmog’iga to’g’ri keldi. Bu ko’rsatkich 1990-yilda 5,9 %, 1995-yilda 8,4 %, 2000-yilda esa 7,7 %ga teng bo’lgan. Demak, transport va aloqa tarmog’ining yalpi ichki mahsulotdagi salmog’i oshib bormoqda. Sanoat va qishloq xo’jaligida ishlab chiqarishning o’sishi, keng miqyosdagi kapital qurilishi va transport moddiy texnika bazasining yuksalishi bilan hamohang holda yuk va yo’lovchilar tashish hajmlari ham ortdi. Jumladan, 2010-yildan 2018-yilgacha yo’lovchi tashish 34,5 %, yo’lovchi aylanmasi 51,7 %, yuk tashish 37,9 %, yuk aylanmasi 19,1 % ga ko’paydi.



Yüklə 145,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin