Mamlakatning transport tizimida xavfsizlikni ta‘minlash masalalari reja: Kirish



Yüklə 145,18 Kb.
səhifə3/8
tarix25.12.2023
ölçüsü145,18 Kb.
#196552
1   2   3   4   5   6   7   8
MAMLAKATNING TRANSPORT TIZIMIDA XAVFSIZLIKNI TA‘MINLASH MASALALARI11111111111

«O’zbekiston temir yo’llari» AJ O’zbekiston Respublikasi hududida joylashgan sobiq O’rta Osiyo temir yo’llari bazasida 1994-yil 7-noyabrda tashkil topgan. Mamlakat temir yo’llarining umumiy uzunligi 2000-yillar boshida 15-89 km ni tashkil etgan bo’lsa, hozirga kelib umumiy temir yo’l uzunligi 6,1 ming km ni tashkil etadi. Jumladan, elektrlashtirilgan temir yo’llar 1714 km.ga yetdi yoki ushbu ko’rsatkich jami temir yo’llarning 2020-yil holatiga 39 foizini tashkil etadi. Tarmoqda 54.7 mingdan ortiq xodimlar faoliyat ko’rsatadi. Yillik yukni ayirboshlash barcha turdagi transportlarning yuk ayirboshlashi qo’shilmasining 90% tashkil etadi.
O’zbekistonda mavjud bo’lgan transport turlari orasida yetakchi va muhim o’rinni temir yo’llar egallaydi. Mamlakatda tashiladigan yuklarning 66 foiziga yaqini transportning ana shu tarmog’i zimmasiga tushadi va bu transport mamlakat transport tizimining negizini tashkil etadi.
Eksport va import qilinadigan yuklarning qariyb 80 foizi temir yo’l transporti orqali amalga oshiriladi. Ushbu yo’l yordamida 2018-yil tashilgan yo’lovchilar soni qariyb 20 million kishini tashkil etgan. Temir yo’llarda yuk tashishning tannarxi avtomobillarda yuk tashishga nisbatan 3-5 marta, havo transportiga qaraganda esa 12-15 marta arzon tushadi.
Mazkur transport turida mehnat xarajatlari ham avtomobil va havo transportiga ko’ra ancha kam. Temir yo’l transportining boshqa transport turlariga nisbatan yana bir afzalligi shundan iboratki, bu transport atrof-muhitga kam zarar yetkazadi, uning yuk va yo’lovchilar tashish qobiliyati juda yuqori bo’lib, ob-havo injiqliklari bilan deyarli bog’liq emas va muntazam ravishda harakatda bo’ladi. Bu bilan u avtomobil va ayniqsa havo transportidan katta farq qiladi.
O’zbekiston transport majmuining boshqa mamlakatlarning transport majmuidan asosiy farqi shundaki, iqtisodiyotning real sektoriga xizmat ko’rsatishda magistral temir yo’llarning ahamiyati nihoyatda katta. Qulay makroiqtisodiy shart-sharoit va yuk tashishlar bozorida raqobat kurashining shiddatli tus olishi sharoitida temir yo’l transporti yo’lovchi va yuk tashish borasida talabning barqaror tarzda qondirilishini ta‘min etgani holda, moddiy ishlab chiqarishni imtiyozli rag’batlantirish asosida iqtisodiy rivojlanishga katta zamin yaratib berdi. Boshqa tarmoqlarning mahsulotlariga narxlarning erkinlashtirilishini hisobga olgan holda, temir yo’l ta‘riflari davlatning qo’lida muhim makroiqtisodiy regulatorga aylanib ulgurdi.
Temir yo’l transporti tizim tashkil etuvchi muhim tarmoqlar – ko’mir, neft qazib oluvchi va neftni qayta ishlovchi tarmoqlar, qora metallarni qazib olish va qayta ishlash, mineral, qurilish va boshqa materiallarni ishlab chiqarishda yuk tashishlarning asosiy qismini amalga oshiradi (asosiy yuklar bo’yicha tashish koeffitsiyenti 50 %dan ko’proqni tashkil etadi). Ushbu tarmoqlar milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini ta‘min etadi va bevosita mamlakatning iqtisodiy xavfsizligiga ta‘sir ko’rsatadi. Shu bilan birgalikda, mazkur moddiy ishlab chiqarish tarmoqlari samaradorligining pasayishi temir yo’l transportining ko’rsatkichlari, birinchi navbatda, yuk tashish hajmi va temir yo’l transporti korxonalarining moliyaviy barqarorligiga salbiy ta‘sir ko’rsatadi. Bir qator tarmoqlar (masalan, oziq-ovqat sanoati) umumiy yuk tashish hajmida temir yo’l transporti katta ko’rsatkichni tashkil etmasada, temir yo’l transportidan asosiy yuk tashuvchi sifatida foydalanadilar. Biroq shunday bo’lsa ham, temir yo’l transporti milliy iqtisodiy xavfsizlikning funksional-tarmoq tashkil etuvchilari, xususan, oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlashda muhim o’rin tutadi.
Bugungi kunda amalga oshirilgan islohotlarga qaramasdan temir yo’l tarmog’ini rivoji talab darajadasida emas. O’zbekiston temir yo’l zichligi bo’yicha nafaqat «Uzoq» xorij mamlakatlaridan, balki Ukraina, Belorussiya, Boltiqbo’yi davlatlaridan ham orqada turadi. Samarqand, Sirdaryo, Farg’ona, Qashqadaryo viloyatlari temir yo’l tarmoqlari bilan biroz yaxshi ta‘minlangan. Qoraqalpog’iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy va Surxondaryo viloyatlari esa bu borada ancha orqada.
O’zbekiston Respublikasi hukumati 1995-yil avgust oyida G’uzor- Boysun - Qumqo’rg’on temir yo’lini qurish to’g’risida qaror qabul qildi. Ushbu yo’l mamlakatimizning janubiy hududlari – Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari tabiiy boyliklari hamda mavjud boshqa imkoniyatlardan unumli va samarali foydalanish imkonini beradi, mazkur hududda istiqomat qiluvchi aholining ish bilan bandlik darajasini ko’tarish imkonini ham yaratadi. G’uzor - Boysun - Qumqo’rg’on temir yo’li Surxondaryo viloyatidagi Sariosiyo stansiyasidan Qashqadaryodagi Qarshi stansiyasigacha bo’lgan masofani qariyb ikki martaga qisqartiradi.
Amalga oshirilgan ishlarning eng muhim ahamiyati va mohiyati shundaki, dengiz sathidan 1800 metr balandlikda, qattiq qoya toshlardan iborat tog’li hududlar bo’ylab, yozning jazirama issig’i, garmsellari, qishning izg’irin shamollari ostida temir yo’l izlari yotqizilgani, Toshguzar va Dehqonobod, Oqrabot va Darband, Boysun va Qumqo’rg’on kabi 6 ta yangi stansiya va yo’lovchi platformalariga ega bo’lgan 9 ta bekat barpo etilgani misolida ham ko’rish mumkin.
Ayniqsa, barcha stansiyalarda yo’l xavfsizligini ta‘minlaydigan ishlab chiqarish obyektlari, maktab, tibbiyot maskanlari, suv va gaz tarmoqlari kabi ijtimoiy infratuzilma inshootlari barpo qilingani bu loyihaning eng zamonaviy talablar darajasida amalga oshirilganini ko’rsatadi. «Toshguzar–Boysun–Qumqo’rg’on» temir yo’lining qurilishi jarayonida 43 ta ko’prik, jumladan, temir yo’l ko’priklari va yo’l o’tkazgichlari singari murakkab muhandislik inshootlari yaratildi. Bu ko’priklarning 9 tasi dengiz sathidan 1500 metr balandlikda bunyod etilgani, bu borada ilgari O’zbekiston tajribasida ko’rilmagan mislsiz ishlar bajarilganini ko’rsatadi.
Mazkur temir yo’lining qurib, ishga topshirilishi mamlakat rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo’ldi. Bu yo’l respublikaning janubiy mintaqasi – Qashqadaryo va Surxondaryo vohalarini boshqa hududlar bilan bog’laydi va butun mamlakat bo’ylab yagona hamda yaxlit temir yo’l transport kommunikatsiya tizimini barpo etishga imkon berdi.
Mamlakatimizda yaxlit temir yo’l tarmog’ini shakllantirish bo’yicha strategik yo’nalishlar belgilab olindi. Bu borada 1994-2001-yillarda uzunligi 700 kilometrga yaqin «Navoiy–Uchquduq–Nukus» temir yo’li qurib bitkazildi. Natijada, ushbu temir yo’l liniyasi ishga tushirilgan dastlabki yillardanoq, Qoraqalpog’iston Respublikasi va Xorazm viloyatiga katta miqdorda har xil xalq iste‘mol yuklari yetkazib berila boshlandi.
Bu yo’l O’zbekistonning chet davlatlarga, avvalo, Transafg’on temir yo’l koridori orqali yaqin kelajakda to’g’ridan-to’g’ri Hind okeani, Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari portlariga chiqish va eksport imkoniyatini, shu bilan birga, respublikaning tranzit rolini kengaytirish borasidagi salohiyatini keskin oshirdi.
Temir yo’l tarmog’ining ishga tushirilishi natijasida yuk tashish va yo’lovchilar qatnovini tashkil qilish, temir yo’llarga xizmat ko’rsatish va yo’l xavfsizligini ta‘minlash uchun 2,5 mingga yaqin qo’shimcha yangi ish o’rni yaratildi. Yangi tashkil etilgan korxonalar va xizmat shoxobchalarida, ayniqsa, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohalarida esa qo’shimcha tarzda 4 mingdan ortiq kishi ish o’rinlariga ega bo’ldi.
Mintaqaning tabiiy yer osti boyliklarini o’zlashtirish uchun yangi imkoniyatlar paydo bo’ldi. Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti tub burilishlarga yuz tutib, aholining turmush farovonligi oshdi. Yuk va yo’lovchi tashish masofasi 170 kilometrga, harakat vaqti esa 7 soatga qisqardi. Natijada temir yo’l bo’ylab tashilayotgan tranzit va mahalliy yuklar salmog’i sezilarli miqdorda ko’paydi. O’tgan yili mazkur temir yo’ldan bir yilda o’rtacha 5 million tonna yuk o’tkazilayotgani, shundan qariyb 80 foizi tranzit yuklar ekanligi ana shundan dalolat beradi.
Respublikaning xorijga, jumladan, mamlakatimiz janubidagi davlatlarga chiqishida Mashhad–Seraxs –Tajan temir yo’lining qurilishi muhim voqea bo’ldi. 1996-yil 13-mayda Eron Islom Respublikasining Mashxad shahrida uzunligi salkam 300 km bo’lgan bu temir yo’l tarmog’ining tantanali ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Bu yo’l eng qisqa masofa orqali Markaziy Osiyo mamlakatlarini Fors qo’ltig’i bilan bog’laydi va tashqi savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga keng imkoniyatlar ochib beradi.
Markiziy Osiyo hududida Toshkentdan Samarqandgacha ilk tezyurar yo’lovchi harakatni tashkil qilish maqsadida 2008-yil «O’zbekiston temir yo’llari» AJ va «Talgo» (Ispaniya) kompaniyasi o’rtasida 2 ta tezyurar yo’lovchi elektropoyezdlarni sotib olish to’g’risida bitim imzolandi. 2011-yil 8-oktabrdan «Afrosiyob» (Ispaniyaning «Talgo» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan) yuqori tezlikda harakatlanadigan poyezdi Toshkent-Samarqand-Toshkent 161/162 sonli yo’nalishga ishga tushirildi. Yangi tezyurar poyezd bu marshrut orqali xizmat ko’rsatadigan boshqa elektr poyezdlar bilan birga, Toshkent va Samarqand shaharlari o’rtasida harakat qiladi. Yuqori tezlikdagi «Afrosiyob» poyezdi ikki soat va o’n besh daqiqa ichida 344 km temir yo’l masofasini bosib o’tadi. Maksimal tezligi soatiga 250 kilometrni tashkil etadi.
O’zbekiston temir yo’llarini doimiy tok asosida elektrlashtirish 1971-yilda boshlangan. So’nggi loyihalardan biri To’qimachi-Angren temir yo’l uchastkasini elektrlashtirish edi, bu 2010-yilda amalga oshirildi. Ko’rsatilgan temir yo’l uchastkasini ishga tushirish hisobiga elektrlashtirilgan uchastkalar uzunligi 1601 km ga yetdi.
Loyihaning maqsadi bu uchastkada mavjud bo’lgan dizel tortishni o’zgaruvchan tokli elektr tortishga o’zgartirish edi, bu Toshkent hududida barcha temir yo’l liniyalarini zamonaviy texnologiyalarga o’tishni yakunlashga olib keladi. Loyihaning maqsadi bu uchastkada mavjud bo’lgan dizel tortishni o’zgaruvchan tokli elektr tortishga o’zgartirish edi, bu Toshkent hududida barcha temir yo’l liniyalarini zamonaviy texnologiyalarga o’tishni yakunlashga olib keladi.
Butun uchastka bo’ylab yangi texnologiyalar - SCADA masofadan boshqarish tizimi, aloqa tizimi, tortish podstansiyalari, mikroprotsessor markazlashtirish tizimi, o’q va telekommunikatsiya elektron hisoblash tizimlari joriy qilingan. Elektr ta‘minot tizimi poyezdlarning soatiga 160 km gacha tezlik bilan harakatlanishini hisobga olgan holda qurilgan. Qurilish paytida umumiy uzunligi 265 m bo’lgan 3 ta ko’prik, 2258 ta elektr minoralar, elektr podstansiyalar, poyezdlar harakat xavfsizligini ta‘minlovchi zamonaviy uskunalar va nazorat asboblar bilan jihozlangan navbatchi punktlari va markazlashtirilgan elektr ta‘minot postlari uchun 6 ta bino va inshootlar barpo etildi.
Maroqand-Qarshi, Qarshi-Termiz temir yo’l uchastkalarini elektrlashtirish, yangi elektrlashtirilgan Angren-Pop liniyasini qurish investitsion loyihalari amalga oshirildi. 2016-yilning 22-iyunda O’zbekiston va Xitoy hamkorligining yirik va istiqbolli loyihasi ijrosi – Angren-Pop elektrlashtirilgan temir yo’li hamda Qamchiq tunneli foydalanishga topshirildi. Angren-Pop elektrlashtirilgan temir yo’l liniyasini barpo etishdan maqsad ham nafaqat Farg’ona vodiysi viloyatlari va mamlakatimizning boshqa hududlari o’rtasida temir yo’l orqali yuk va yo’lovchi tashish imkoniyatini yaratish, shu bilan birga, Xitoy – Markaziy Osiyo – Yevropa yangi xalqaro tranzit temir yo’l koridorining eng muhim bo’g’ini bo’lishi nazarda tutilgan edi. Uzunligi 123,1 kilometr bo’lgan Angren-Pop temir yo’lining Qamchiq dovonidan o’tgan qismida 19,2 kilometrlik tunnel barpo etildi.
Bugungi kunda ushbu temir yo’l orqali Toshkent – Andijon – Toshkent yo’nalishida har kuni zamonaviy tezyurar yo’lovchi poyezdlari aholiga xizmat ko’rsatmoqda. Andijon – Buxoro – Andijon yo’nalishida haftasiga ikkita yo’lovchi poyezdi, haftada bir marotaba Andijon – Urganch – Andijon, Andijon – Moskva – Andijon yo’nalishlarida yo’lovchi poezdlari qatnovi tashkil etildi. Bundan tashqari, bir sutkada o’nlab yuk poezdi Angren – Pop elektrlashtirilgan temir yo’li orqali o’tib, yuklarni o’z manziliga yetkazmoqda. Xususan, mazkur temir yo’l orqali, bir yil davomida 413 ming 162 nafardan ortiq yo’lovchiga xizmat ko’rsatildi, 7395,6 ming tonna yuk tashildi. Shuningdek, 1718 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.
Mustaqillik yillarida Xovos–Bekobod, Xovos–Jizzax liniyalari va Maroqand–Qarshi, Maroqand-Buxoro yo’nalishlarini elektrlashtirish ishlari yakunlandi. Natijada poyezdlardan foydalanish xarajatlarini 20 foizga kamaytirish, yo’lovchi va yuk tashish tezligini 1,3 barobar oshirish imkoni yaratildi. Bundan tashqari, temir yo’l infratuzilmasi va harakatlanuvchi tarkib uchun ehtiyot qism, uzel va detallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va import o’rnini bosishni rivojlantirishga katta ahamiyat berilmoqda.
O’zbekistonda temir yo’l transportining hozirgi holatini va uni rivojlantirish tendensiyalarini tahlil qilish uning barqaror ishlashi quyidagi qator muammolar mavjud bo’lishini istisno etmasligini ko’rsatdi:
1. Asosiy jamg’armalar (infratuzilma va harakatlanadigan tarkib) eskirishining yuqori darajasi joriy saqlab turish va ta‘mirlash uchun katta xarajatlarni talab qiladi, temir yo’l transporti texnologik mustahkamligi yo’qotilishi xavfini yaratadi.
2. Temir yo’l transporti samaradorligi darajasi, xizmatlar sifati va turi hozirgi zamon talablariga to’liq javob bermaydi.
3. Tariflarni boshqarish borasida temir yo’l transporti faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish tizimi yetarlicha samarali emas (yuklar va yo’lovchilarni tashishning ayrim turlari sanasini yozish masalalari bo’yicha normativ baza mukammal emas).
4. Yuk ortilgan harakatlanadigan tarkib xavfsizligi uchun tashish jarayoni ishtirokchilarining aniq javobgarligi yo’q.
5. Mustaqil tashuvchi kompaniyalarga infratuzilmadan teng huquqli foydalanish imkoniyatini berish va ular faoliyati uchun qulay muhit yaratish mexanizmi mavjud emas.

Temir yo’l transporti samarali ishlashini ta‘minlash harakatlanadigan tarkib saroylarini yangilash, yo’l xo’jaligi infratuzilmasini, aloqa vositalari va axborot ta‘minotini modernizatsiyalash va kuchaytirish, xalqaro yo’laklar doirasida elektr ta‘minoti, signalizatsiya hamda aloqa texnik vositalarini modernizatsiyalash, tashish jarayonini tartibga solish va boshqarish tizimini takomillashtirish, ma‘lumotlar o’tkazish tarmog’ini yaratish, transport vositalarini ta‘mirlashning texnik bazasini rivojlantirish uchun katta investitsiya mablag’larini talab qiladi.


Bugungi kunda yuk va yo’lovchi harakatlanishida elektrovozlar keskin yetishmasligi, shuningdek, manyovr qiladigan lokomotivlar yetishmasligi kuzatilmoqda.
Magistral teplovozlar saroyining o’rtacha amortizatsiya eskirishi 28,2 foizni, manyovr teplovozlar saroyi eskirishi 49,0 foizni, elektrovozlar saroyining eskirishi 48,8 foizni, yuk vagonlari inventar saroyining eskirishi 75 foizni, yo’lovchi temir yo’l bekatlarining eskirishi 65,4 foizni va refrijerator seksiyalarining, vagon-termoslarning o’rtacha amortizatsiya eskirishi 90 foizdan ortiqni tashkil etadi. O’tkazish optik-tolali tizimi yaxlit magistral tarmog’ining mavjudligi ―O’zbekiston temir yo’llari‖ AJ telekommunikatsiya tarmog’ining muhim tarkibiy qismi – o’tkazish optik-tolali tizimining (O’OTT) yagona magistral tarmog’ini barpo etishdir.
Temir yo’l transporti sohasida muammoni hal qilish va 2030-yilgacha yuqori natijalarga etishish bo’yicha qo’yilgan vazifalarga erishish maqsadida quyidagi vazifalarni hal qilish taklif etilmoqda: 1. Temir yo’l transporti infratuzilmasini rivojlantirish va harakatlanadigan tarkibini yangilash, moddiy va nomoddiy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish.
2. Transport yaxlitligini, mustaqillikni, ijtimoiy-iqtisodiy o’sishni ta‘minlash va fuqarolarning tashishlarga bo’lgan ehtiyojlarini qondirish uchun shart-sharoit yaratish uchun infratuzilma negizi sifatida qulay va barqaror transport tizimini shakllantirish.
3. Temir yo’l transportini xalqaro transport tizimlariga integratsiyalash asosida ―O’zbekiston temir yo’llari‖ AJ tranzit salohiyatini ro’yobga chiqarish.
4. Zamonaviy yuqori samarador elektrovozlar xarid qilish hisobiga lokomotivlar saroyini yangilash.
5. Iqtisodiy integratsiyani chuqurlashtirish va mehnat resurslari mobilligini oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish.
6. Umumiy transport xarajatlarini kamaytirish, shu jumladan, temir yo’l transporti faoliyati samaradorligini oshirish hisobiga kamaytirish.
7. Tashishlar sifati va xavfsizligini temir yo’l transportini texnologik va texnik rivojlantirish asosida aholi talablariga va jahonning eng yaxshi standartlariga muvofiqlashtirish.
8. Temir yo’l transportining investitsiyalar jalb etuvchanligini oshirish.
9. Respublika fuqarolarining qulay atrof-muhitga bo’lgan huquqlarini ta‘minlash.

Temir yo’l transporti sohasida yuqorida sanab o’tilgan vazifalar hal etilishi 2030-yilga kelib quyidagi ko’rsatkichlarga erishilishiga olib keladi:


Yo’lovchilar xo’jaligini rivojlantirish bo’yicha
1. Yangi yo’lovchilar vagonlarini xarid qilish va qurish hamda amaldagi yo’lovchilar vagonlari saroyini modernizatsiyalash, vagonlar xizmat muddatini kamida ikki-uch baravar oshirish.
2. Toshkent yo’lovchi vagonlarini qurish va ta‘mirlash zavodini rivojlantirish.
3. Toshkent – Qarshi – Kitob, Toshkent – Buxoro – Urganch – Xiva, Toshkent – Xiva yo’nalishlarida tezyurar harakatlanishning qo’shimcha marshrutlarini tashkil etish.
4. Davlatlararo va ichki davlat ahamiyatidagi yangi marshrutlarni ochish.
5. Yo’lovchi vagonlariga texnik xizmat ko’rsatish va ularni joriy ta‘mirlash bazasini rivojlantirish hamda modernizatsiyalash.



Yüklə 145,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin