Mamlakatning transport tizimida xavfsizlikni ta‘minlash masalalari reja: Kirish



Yüklə 145,18 Kb.
səhifə4/8
tarix25.12.2023
ölçüsü145,18 Kb.
#196552
1   2   3   4   5   6   7   8
MAMLAKATNING TRANSPORT TIZIMIDA XAVFSIZLIKNI TA‘MINLASH MASALALARI11111111111

Avtomobil yo’llari. O’zbekiston hududida avtomobil yo’llari tarmog’i ancha keng. Har 1000 km² maydonga avtomobil yo’llarining zichligi 210 km ga yetadi. Qator avtomobil yo’llari xalqaro va davlat ahamiyatiga ega. Bugungi kunda avtomobil yo’llarining umumiy uzunligi 90 ming km dan ortiq. Mamlakatimiz hayotida katta ahamiyatga ega bo’lgan avtomobil yo’llari jumlasiga, eng avvalo, Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo va boshqa viloyatlar orqali o’tgan Katta O’zbek avtomobil trakti kiradi. 1940-yili qurib bitkazilgan va 700 km dan ortiq uzunlikka ega bo’lgan ushbu ravon yo’l qanchadan-qancha yuk va yo’lovchilar tashishga hamda hududlar orasida transport xizmati ko’rsatishni yaxshilashga olib keldi.
Ikkinchi jahon urushi boshlanishidan oldin Farg’ona vodiysidagi uch viloyat va qator shaharlarni, jumladan, Qo’qon, Marg’ilon, Asaka, Andijon, Namangan, Chust shaharlarini bog’lab turuvchi aylanma yo’l qayta qurildi. Shuningdek, Toshkent-O’sh, Samarqand-Ashxobod-Turkmanboshi, Toshkent halqa yo’li, Nukus-G’uzor, Qo’ng’irot-Beynov kabi yana qator avtomobil yo’llari ham O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida katta ahamiyat kasb etadi.
Keyingi yillarda qo’shni Tojikistonda vujudga kelgan vaziyat sababli mamlakatimizning markaziy va g’arbiy qismlaridagi hududlarini Farg’ona vodiysi viloyatlari bilan aloqasini bog’lashda ancha muammolar yuzaga keldi. Shuni e‘tiborga olib Respublika hukumati Toshkent-O’sh yo’lining Angren suv omboridan Farg’ona vodiysiga kirib borguncha qismini qayta qurish bo’yicha maxsus qaror qabul qildi. Bu maqsadni ko’zlab Qamchiq va Rezak dovonlarida avtomobil transport harakati uchun mo’ljallangan tonnellar qurish borasida katta ishlar boshlab yuborildi va bu ishlar muvaffaqiyat bilan amalga oshirildi.
Qamchiq tonnelining uzunligi 890, Rezak tonnelining uzunligi esa 368 metrga teng bo’ldi. Bu tonnellarning ishga tushirilishi tufayli Qamchiq dovoni orqali amalga oshiriladigan avtomobil transporti aloqalarida avvallari tez-tez uchrab turadigan xavf-xatarga chek qo’yildi. Qamchiq va Rezak tonnellaridan bir kecha-kunduzda 12 mingga yaqin avtomobillar o’tish imkoniga ega. Shunday qilib mazkur yo’l Farg’ona vodiysini Respublikaning boshqa hududlari bilan bog’lab turadigan eng yaqin va qulay yo’l bo’lib qoldi.
Shaxsiy foydalanishdagi yengil avtomobillar sonining doimiy o’sishi jamoat transporti tomonidan bajarilayotgan ish hajmining sezilarli darajada qisqarishiga olib kelmoqda. Bugungi kunga kelib, mamlakatda avtobus orqali yo’lovchi tashish 42 %ga qisqarganligini, shahar atrofi temir yo’l qatnovlari sezilarli darajada kamayganligini ko’rishimiz mumkin. Avtomobillar sonining muttasil o’sib borishi asnosida shahar transport tizimlarining barqarorligi va xavfsizligi borasida jiddiy muammolar paydo bo’lmoqda.
Transport turlarining rivojlanishi moddiy ishlab chiqarishning barqaror rivojlanishini ta‘minlaydi, resurslardan foydalanish samaradorligini oshiradi, mahsulot qiymatida xarajatlar ulushini qisqartiradi, ijtimoiy masalalarni ijobiy hal etishga ko’maklashadi. Ayni chog’da transport aloqalarining yetarlicha rivojlanmaganligi milliy iqtisodiyotda katta yo’qotishlarga olib keladi.
Mamlakatda qo’llaniluvchi tarmoq standartlari, norma va normativlarga rioya qilgan va mazkur sohada dunyoning ilg’or mamlakatlarida to’plangan boy ijobiy natijalarni inobatga olgan holda, yo’lovchi va yuk tashish borasida aholi, xo’jalik yurituvchi subyektlar va davlat organlarining talablarini to’laqonli qondirish imkoniga ega bo’lgan transport tizimini yaratish va uning barqaror faoliyat ko’rsatishiga erishish milliy iqtisodiyotda yo’l-transport xavfsizligini ta‘minlashning mohiyatini tashkil etadi. Yo’l-transport xavfsizligi ko’rsatkichlari tizimida yo’l-transport hodisalari soni va ulardan ko’rilgan zarar va yo’qotishlar (o’lim va nogironlik); avtomobil, suv, havo va temir yo’llarining uzunligi va sifati; transport xarajatlari (sotish hajmiga nisbatan %da) kabilar muhim o’rin tutadi.
O’zbekiston aholisining mobillik darajasi ham taraqqiy etgan mamlakatlarga nisbatan birmuncha past hisoblanadi, zero, mazkur ko’rsatkich mehnat va turizm bozorining taraqqiy etganligi, aholi daromadlari va xarajatlarining o’sishi va o’z navbatida, mamlakat umum iqtisodiy taraqqiyotini belgilab beruvchi muhim omil hisoblanadi. Mustaqillikka erishish tufayli respublikamizni xalqaro miqyosda bog’laydigan avtomabil yo’llari qurish ishlariga ham e‘tibor kuchaydi. Jumladan, Xitoy Xalq Respublikasiga chiqish uchun imkon tug’diradigan Andijon-O’sh-Ergashtom-Qashqar avtomobil yo’lining qurilishiga O’zbekiston o’z hissasini qo’shmoqda.
Ko’pgina mamlakatlarda bo’lgani kabi, O’zbekistonda ham xalqaro yo’nalishlarda yuklarni atvomobillarda tashish bo’yicha Uyushma tashkil etilgan. Jeneva shahrida avtomobil transporti Xalqaro uyushmasi kongressida O’zbekiston ham bu nufuzli tashkilotga a‘zo bo’lib kirdi. Ushbu uyushma Respublikamiz hududida boshqa mamlakatlar yuk tashuvchilarining manfaatlarini muhofaza qiladi va avtomobil yo’llari holati, yoqilg’i narxi, yo’l uchun to’lov bahosi va boshqa masalalar bo’yicha zarur ma‘lumotlar bilan xabardor etib turadi.
Mamlakatda turli hajmda yuk ko’taradigan yangi yuk tashuvchi avtomobillar, qulay va shinam avtobuslar hamda yengil avtomobillar soni yil sayin oshib bormoqda. Respublika poytaxti Toshkent shahrida 1977-yili metro qurilib ishga tushirildi. Aholisi ikki milliondan ziyod shahar uchun ushbu transportning bu vositasi mohiyatini to’la ifodalash qiyin.
Biroq shu bilan birga, tarmoqda xavfsizlikka ta‘sir etuvchi qator muammolar saqlanib qolmoqda. Xalqaro ahamiyatga ega bo’lgan avtomobil yo’llari tarmog’i yetarlicha rivojlantirilmagan. Umumiy foydalaniladigan yo’llar tarmog’i umumiy uzunligining 9 foizidan ortig’ini tashkil etuvchi xalqaro ahamiyatga ega avtomobil yo’llari barcha avtomobil tashuvlarining qariyb 40 foizini ta‘minlaydi. Yuqori sifatli yo’llarning real uzunligi yetarli emas. Temir yo’l va asosiy avtomobil yo’llari bilan kesishgan chorrahalarda turli darajadagi yo’llar ostin-ustun o’tadigan chorrahalar mavjud emas. Xalqaro ahamiyatga ega ko’pchilik yo’llarning o’tkazish qobiliyati ularga berilgan toifalar bo’yicha normativ qobiliyatdan 20-30 foizga past.
Xalqaro ahamiyatga ega bo’lgan avtomobil yo’llarida, ayniqsa, hududlar markazlari va boshqa yirik shaharlarga kirishda avtomobil transporti harakati juda katta. Misol uchun Toshkent shahridan chiquvchi yo’llardagi harakat intensivligi sutkasiga 30 mingdan 70 minggacha avtomobilni, aholisi 500 mingdan ko’p bo’lgan boshqa yirik shaharlarda sutkasiga 20 mingdan 40 minggacha avtomobilni tashkil etadi va hudud markazlaridan uzoqlashgani sayin avtomobil harakati intensivligi pasayadi.
Umumiy foydalaniladigan yo’llar umumiy uzunligining qariyb 25 foizi yo’llarga tushadigan yuklamaning maqbul darajasidan oshadigan rejimda, 30 foizi maqbul darajadagi rejimda va 25 foizi erkin harakatlanish rejimida ishlaydi. Xalqaro ahamiyatga ega yo’llar umumiy uzunligining uchdan bir qismidan ortig’ida zamonaviy katta yukli transport vositalari o’tishi uchun yo’l qoplamasini zudlik bilan kuchaytirish talab etiladi.

Yüklə 145,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin