29- MAVZU: KAM AHAMIYATLI MA’MURIY HUQUQBUZARLIK SODIR ETILGANDA MA’MURIY JAZO TAYINLASH TARTIBI.
REJA:
Yengilroq ma’muriy jazo chorasining qo’llanilishi.
Amaliy mashg’ulot.
Tayanch so’z va iboralar: Kam ahamiyatli ma’muriy huquqbuzarlik, ma’muriy javobgarlikdan ozod etish, ogohlantirish, eng kam jazodan ham kamroq jazo chorasi, huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi sababli huquqbuzarni ma’muriy javobgarlikdan ozod qilish to’g’risidagi yoki yengilroq ma’muriy jazo chorasini qo’llash haqidagi taqdimnoma.
1.Yengilroq ma’muriy jazo chorasining qo’llanilishi.
Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 33-moddasiga asosan sud ma’muriy jazo chorasini qo’llayotganda javobgarlikni yengillashtiruvchi holatlarni va huquqbuzarning moddiy ahvolini inobatga olgan holda sabablar va asoslarni albatta ko’rsatib, ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning maxsus qismidagi moddalarning sanksiyasida nazarda tutilgan eng kam jazodan ham kamroq jazo chorasini qo’llashi mumkin. Ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishni ko’rib chiquvchi Davlat soliq xizmati organlari boshlig’i yoki boshliq o’rinbosari javobgarlikni yengillashtiruvchi holatlarni va huquqbuzarning moddiy ahvolini inobatga olgan holda, yengilroq ma’muriy jazo chorasini qo’llash to’g’risidagi masalani hal etish uchun ishni ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 3081-moddasida belgilangan tartibda sudga yuboradi.
2.Amaliy mashg’ulot.
DSI boshlig’ining buyrug’iga asosan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining sohaga oid qarorlarini bajarilishi yuzasidan DSI xodimlari tomonidan o’tkazilgan tekshirish natijasida O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablarini buzib, hech qanday hujjatlarsiz davlat ro’yxatidan o’tmasdan alyuminiy profilli eshik romlar ishlab chiqarish faoliyati bilan noqonuniy ravishda shug’ullanayotganligi aniqlangan. Unga MFY raisi tomonidan kam ta’minlanganligi to’g’risida ma’lumotnoma taqdim etilgan. Berilganlarga asoslanib, bayonnoma tuzing, sudga taqdim etiladigan taqdimnomani to’ldiring va sudga taqdim etiladigan hujjatlarni to’ldiring.
Dostları ilə paylaş: |