O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeks;
O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi;
O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasining “Soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarining buzilishiga doir mamuriy ishlarni ko’rib chiqishni tashkil etish to’g’risidagi yo’riqnomani tasdiqlash haqida”gi Buyrug’i (2010 yil 11 mart №59-son);
O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasining “Davlat soliq xizmati organlari tomonidan bozorlar, savdo komplekslari, ularga tutash avtomobillarni vaqtincha saqlash joylari, shuningdek ular hududida faoliyat ko’rsatayotgan tadbirkorlik subektlari faoliyati ustidan soliq nazoratini amalga oshirish hamda ma’muriy va jinoyat ishlarini yuritish bo’yicha uslubiy qo’llanmani tasdiqlash haqida”gi buyrug’i (2010 yil 3 mart №49-son).
27- MAVZU: BIR NECHA HUQUQBUZARLIK SODIR ETGANLIK UCHUN MA’MURIY JAZO VA UNING SUD TOMONIDAN KO’RIB CHIQILISHI.
REJA:
Bir necha huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun ma’muriy jazo qo’llanish.
Bir necha huquqbuzarlik sodir etganlik uchun ma’muriy jazo qo’llashning huquqiy ahamiyati.
Amaliy mashg’ulot.
Tayanch so’z va iboralar:Shaxs, bir necha huquqbuzarlik, ikki yoki undan ortiq ma’muriy huquqbuzarlik, qo’shimcha jazo choralari, og’irroq ma’muriy jazo, har xil organ, mansabdor shaxslar.
Amaliy mashg’ulot. DSI xodimlari tomonidan kameral tekshirish o’tkazilgan. O’tkazilgan kameral tekshirishda Toshkent shahar DSIda soliq to’lovchi sifatida ro’yxatda turuvchi “Yulduz” xususiy firmasi bosh hisobchisi To’lqinov Mamarasul O’zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 59-moddasiga muvofiq “Yulduz” xususiy firmasining 2014 yil uchun taqdim etilgan 5754,6 ming so’m soliq va boshqa majburiy to’lovlarni Soliq kodeksida belgilangan to’lash muddatida xizmat ko’rsatayotgan bankka to’lash uchun to’lov topshiriqnomalari taqdim etmasdan to’lov intizomini buzgan. Bundan tashqari “Yulduz” xususiy firmasi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.06.2005 yildagi 110-sonli qarori talablari buzilibToshkent shaxar Xalq banki “Fuqarolarning jamg’arib boriladigan pensiya ta’minoti” bo’limiga 18975,4 so’m o’tkazilgan mablag’ uchun reestr taqdim etilmaganligi aniqlangan.
Soliqqa oid bir necha huquqbuzarlik sodir etgan shaxsga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi bayonnomani tuzing.