Ma’muriy amaliyotni tashkil etish fanining taqsimlanishi dasturning mazmuni


Ma’muriy ishni sud yoki boshqa vakolatli organga yuborish tartiblari



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə32/171
tarix07.01.2024
ölçüsü0,76 Mb.
#208622
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   171
Dasturning mazmuni-fayllar.org

2.Ma’muriy ishni sud yoki boshqa vakolatli organga yuborish tartiblari.
MJTKning 245-moddasiga ko’ra shaxs huquqbuzarlik faktini inkor etsa yoki bir necha ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etgan bo’lib, shulardan birortasining sudga taalluqliligi aniqlangan taqdirda hujjatlar sud ixtiyoriga yuboriladi.
Ma’muriy ishni sud yoki boshqa vakolatli organga yuborish haqidagi aloqa xati davlat soliq xizmati organining rahbari yoki rahbar o’rinbosari tomonidan imzolanadi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 15 iyuldagi 200-son qarori bilan tasdiqlangan «Davlat daromadiga o’tkaziladigan mol-mulkni olib qo’yish, sotish yoki yo’q qilib tashlash tartibi to’g’risida»gi Nizomning 12-bandiga ko’ra mol-mulkni olib qo’yish to’g’risidagi materiallar (mol-mulkni olib qo’yish to’g’risidagi bayonnoma, mol-mulkni saqlash uchun qabul qilib olish-topshirish dalolatnomasi, mol-mulkning iste’mol, foydalanish yoki qayta ishlash uchun yaroqliligi yoki yaroqsizligi yuzasidan ekspertning xulosasi, mol-mulkni baholash to’g’risidagi xulosa yoki mol-mulkni baholash to’g’risidagi dalolatnoma, eng kam oylik ish haqining ikki yuz baravari va undan ortiq miqdoriga teng bo’lgan summadagi mol-mulk bo’yicha qo’shimcha ravishda suratga olish materiallari, mavjud bo’lganda esa videosuratga olish materiallari) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda mol-mulkni davlat daromadiga o’tkazish yoki uni yo’q qilib tashlash to’g’risida qaror qabul qilgan tegishli sudga yoki organga (mansabdor shaxsga) yuboriladi.


3.Amaliy mashg’ulot.
Fuqaro Yunusov Xusanboy Jumanazarovich o’zining “Damas” rusumli avtomobilida tegishli litsenziya olmasdan aholiga pullik transport xizmati ko’rsatayotganda DSI xodimlari tomonidan qo’lga olingan. DSI xodimlari tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirgandan so’ng tekshirish ertasiga barcha hujjatlarni taqdim etdi. Berilganlardan foydalanib quyidagi savollarga javob bering va hujjatlarni rasmiylashtirish tartibini aytib bering?
DSI xodimlari tomonidan qanday hujjatlar rasmiylashtirilgan;
Huquqbuzar tomonidan tegishli hujjatlar taqdim etilgandan so’ng DSI xodimlari qanday harakatni amalga oshiradilar.



Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin