Ma’muriy amaliyotni tashkil etish fanining taqsimlanishi dasturning mazmuni



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə91/171
tarix07.01.2024
ölçüsü0,76 Mb.
#208622
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   171
Dasturning mazmuni-fayllar.org

Farg’ona shahar Davlat soliq

inspeksiyasi boshlig’i: A.Eraliev
Qaror nusxasini oldim, shikoyat berish tartibi va muddatlari tushuntirildi ______ S.Latipova
Izoh: O’z.R.MJtKning 332-moddasiga asosan huquqbuzar jarimani 15 kundan kechiktirmay to’lashi lozim, shu muddatda to’lamagan taqdirda ma’muriy tartibda undirish yoki sud tomonidan huquqbuzarning shaxsiy mulkidan undirib olish yo’li bilan amalga oshiriladi.
Mazkur qaror ijrosini ta’minlash shahar DSI xodimi I.Qo’ziboev zimmasiga yuklatilsin.


25- MAVZU: MA’MURIY HUQUQBUZARLIK TO’G’RISIDAGI ISH YUZASIDAN TEGISHLI QAROR QABUL QILINISHIGA QO’YILGAN TALABLAR.

REJA:
  1. Ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishlarni ko’rishga qo’yilgan talablar.


  2. Ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishlarni yuritishni istisno etish.





Tayanch so’z va iboralar: Mansabdor shaxslar, Davlat soliq xizmati organining rahbari yoki o’rinbosari, bayonnomani ko’rib chiqish muddati, ma’muriy jazo qo’llash, ish yuritishni tugatish, xabarnoma.
1.Ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishlarni ko’rishga qo’yilgan talablar.
MJTKning 305-moddasiga muvofiq, davlat soliq xizmati organi rahbari yoki rahbar o’rinbosari tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi bayonnoma va ishga oid boshqa materiallar olingan kundan boshlab o’n besh kunlik muddat ichida ko’rib chiqiladi.
MJTKning 244-moddasi ikkinchi qismiga ko’ra ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishlarni ko’rib chiqishga vakolati bo’lgan davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxslari o’zlariga berilgan vakolatlar doirasida va faqat xizmat burchlarini bajarib turgan paytlardagina qonunlarda nazarda tutilgan ma’muriy jazolarni qo’llashlari mumkin.
Ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ish MJTKning 294-moddasi ikkinchi qismiga ko’ra ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxs ishtirokida ko’rib chiqiladi.
Huquqbuzarga ma’muriy ish qachon va qaerda ko’rilishi haqida xabarnoma yuboriladi.
Huquqbuzarni ish qachon va qaerda ko’rib chiqilishidan o’z vaqtida xabardor etilganligi haqida ma’lumotlar bo’lganda, undan ishni ko’rib chiqishni kechiktirish haqida iltimosnoma tushmagan taqdirda ish uning ishtirokisiz ko’rib chiqilishi mumkin.
MJTKning 306-moddasiga ko’ra ishni ko’rib chiqish shu ishni ko’rib chiquvchi mansabdor shaxsning o’zini tanishtirishdan boshlanadi.
Ishni ko’rib chiquvchi mansabdor shaxs qanday ish ko’rib chiqilishi lozimligini, ma’muriy javobgarlikka kim tortilayotganligini e’lon qiladi, ishni ko’rib chiqishda qatnashuvchi shaxslarga ularning huquqlari va vazifalarini tushuntiradi, ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi bayonnomani o’qib eshittiradi. Ishni ko’rib chiqishda qatnashuvchi shaxslarning so’zlari eshitiladi, keltirilgan dalillar o’rganiladi va tushgan iltimoslar hal etiladi.
MJTKning 307-moddasiga ko’ra davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxsi ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishni ko’rib chiqish vaqtida ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan-etilmaganligini, huquqbuzarlik sodir etilgan vaqt va joyni, mazkur shaxs uni sodir etishda aybdor-aybdor emasligini, uning ma’muriy javobgarlikka tortilish-tortilmasligini, javobgarlikni yengillashtiruvchi yoki og’irlashtiruvchi holatlar bor-yo’qligini, mulkiy zarar yetkazilgan-etkazilmaganligini, shuningdek ishni to’g’ri hal etishda ahamiyatga molik boshqa holatlarni aniqlashi shart.


Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin