Ma’muriy amaliyotni tashkil etish fanining taqsimlanishi dasturning mazmuni


- MAVZU: HUQUQBUZAR JARIMANI BELGILANGAN MUDDAT ICHIDA TO’LAMAGAN TAQDIRDA, MAJBURIY UNDIRIB OLISH TARTIBI VA UNING AHAMIYATI



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə122/171
tarix07.01.2024
ölçüsü0,76 Mb.
#208622
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   171
Dasturning mazmuni-fayllar.org

36- MAVZU: HUQUQBUZAR JARIMANI BELGILANGAN MUDDAT ICHIDA TO’LAMAGAN TAQDIRDA, MAJBURIY UNDIRIB OLISH TARTIBI VA UNING AHAMIYATI.

REJA:
  1. Jarima solish to’g’risidagi qarorni ijro etish muddatlari va tartibi.


  2. Jarima solish to’g’risidagi qarorni majburiy ijro etish.


  3. Jarima solish to’g’risidagi qarorni ijro etish ishlarini tugallash.





Tayanch so’z va iboralar: soliq to’g’risidagi qonun hujjatlari, jarima solish, shikoyat, protest, jarima to’lash, ota-onalar, huquqbuzar, joy, maosh, nafaqa, stipendiya, mol-mulk, sud ijrochilari.
1.Jarima solish to’g’risidagi qarorni ijro etish muddatlari va tartibi.
Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 332-moddasiga asosan jarima huquqbuzar tomonidan unga jarima solish to’g’risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab o’n besh kundan kechiktirmay, bunday qaror xususida shikoyat berilgan yoki protest bildirilgan taqdirda — shikoyat yoki protest qanoatlantirilmaganligi to’g’risida xabar berilgan kundan boshlab o’n besh kundan kechiktirmay to’lanishi lozim.
O’n olti yoshdan o’n sakkiz yoshgacha bo’lgan shaxslarning mustaqil ish haqi bo’lmagan taqdirda, jarima ularning ota-onalari yoki ular o’rnini bosuvchi shaxslardan undirib olinadi.
Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun solingan jarima huquqbuzar tomonidan tegishli bank muassasasiga to’lanadi, huquqbuzarlik sodir etilgan joyning o’zida undirib olinadigan jarima bundan mustasno.
2.Jarima solish to’g’risidagi qarorni majburiy ijro etish.
Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 333-moddasiga asosan huquqbuzar jarimani MJTKning 332-moddasida belgilangan muddat ichida to’lamagan taqdirda, jarima solish to’g’risidagi qaror sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to’g’risidagi qonun hujjatlarida belgilab qo’yilgan qoidalarga muvofiq jarimani uning ish haqi yoki boshqa maoshidan, nafaqasidan yoki stipendiyasidan majburiy tartibda undirib olish uchun yuboriladi.
Basharti jarima solingan shaxs ishlamayotgan bo’lsa yoxud jarimani huquqbuzarning ish haqi yoki boshqa daromadidan, pensiyasi yoki stipendiyasidan boshqa sabablarga ko’ra undirib olishning iloji bo’lmasa, uni undirib olish sud ijrochisi tomonidan jarima solish to’g’risida tegishli organ (mansabdor shaxs) chiqargan qaror asosida huquqbuzarning mulkidan, shuningdek umumiy mulkdagi uning hissasidan undirib olish yo’li bilan amalga oshiriladi.
Jarima O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq ijro hujjatlari bo’yicha undirib olinishi mumkin bo’lmagan mol-mulkdan undirib olinishi mumkin emas.

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin