1751-modda. Buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish tartibini buzish Buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish tartibini buzish —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining besh baravaridan o’n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo’llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo’lsa, —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining o’n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.
1752-modda. Budjet intizomini buzish Budjet intizomini buzish, ya’ni budjet mablag’larini budjetda yoki budjetdan moliyalanadigan muassasalar va tashkilotlarning smetalarida nazarda tutilmagan xarajatlarga yo’llash, shunday muassasalar va tashkilotlarda xarajatlar qismi bo’yicha budjetdan ajratilgan mablag’larning limitlardan ortib ketishi, shtat-smeta intizomini buzish —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining besh baravaridan o’n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.
Budjetdan moliyalanadigan muassasalar va tashkilotlarga ish haqi, nafaqalar, stipendiyalar va ularga tenglashtirilgan boshqa xarajatlar to’lovi uchun pul mablag’lari berish banklarning rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslari tomonidan asossiz ravishda kechiktirilganligi —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining o’n baravaridan o’n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.
[ОКОЗ:
1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.17.00.00 Солиқ тўғрисидаги қонун ҳужжатларига риоя этилишини назорат қилиш. Солиқ соҳасидаги ҳуқуқбузарликлар учун жавобгарлик]
1753-modda. Soliq to’lovchilarning identifikatsiya raqamlarini qo’llanish tartibini buzish Soliq to’lovchilarning identifikatsiya raqamlarini qo’llanish tartibini buzish —
fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.
[ОКОЗ:
1.05.00.00.00 Меҳнат ва аҳолининг бандлиги тўғрисидаги қонунчилик / 05.12.00.00 Меҳнатга оид қонун ҳужжатларига риоя этилиши юзасидан назорат. Меҳнатга оид қонун ҳужжатларини бузилганлиги учун жавобгарлик / 05.12.02.00 Меҳнат қонун ҳужжатларини бузилганлиги учун жавобгарлик]