Manasova Izumgul Syerdanovna Qosimov Xayriddin Olimovich ovqatlanishning gigienik asoslari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/82
tarix21.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#188634
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   82
OVQATLANISHNING GIGIENIK ASOSLARI oquv qollanma

Anjir – ming dardga davo 
Anjir tutdoshlar oilasiga mansub subtropik meva bơlib, uning tarkibida 20-24 foiz qand, 0,5-4,2 foiz 
pektin moddalari, 3-7,4 foiz kletchatka, 0,1foizgacha organik kislotalar, karotin, kal siy, temir, fosfor kabi 
mikro va makroelementlar va boshqa moddalar mavjud. 
Tarkibidagi kaliy, natriy va oqsil bơyicha u yong’oq va ơrik bilan raqobatlasha oladi. Tơyintirish 
darajasi esa gơshtnikidan aslo kam emas. 
Mazkur meva daraxti 150-200 yilgacha yashaydi. Uning bir tupidan 50kg gacha hosil olish mumkin. 
Anjir bargidan uzum va mevalarni quritishda ishqor sifatida, “suti” esa teri kasalliklari (sơgal, temiratki), 
chayon va ari chaqqanda davo maqsadida ishlatiladi. 
Qadim-qadimdan anjir tabobatda keng qơllanilgan. Uning mevasi qaynoq suv yoki sutda damlab 
iste'mol qilinsa, yơtal, tomoq og’rig’ini davolashda yaxshi samara beradi. Mag’zi esa tana haroratini 
tushiruvchi va terni haydash xususiyatiga ega. Qora anjir bod kasalida yordam beradi. U echki suti bilan 
birgalikda qaynatib iste'mol qilinsa, organizmni zararli moddalardan tozalaydi hamda immun tizimini 
mustahkamlaydi. Bu tansiq meva ơpka sili, mushaklarning holsizlanishi kabi xastaliklarda ham eng yaxshi 
davo hisoblanadi. 
Ushbu mevada olmaga nisbatan temir moddasi bisyor. Shu sabab kamqonlik bilan og’rigan bemorlarga 
anjir iste'mol qilish tavsiya etiladi. Shuningdek, yurakning tez urishi, bronxial astma(ziqqinafas), kơkrak 
og’rig’i, ơpka pardasi yallig’lanishi(plevrit)da nihoyatda foydali. Quritilgan anjir ich surish xususiyatiga ega. 
Uning sharbati esa bolalar uchun quvvat bag’ishlovchi darmondori sanaladi. Mazkur sharbat ishtahani ochib, 


64 
ovqat hazm qilishni yaxshilaydi. Bundan tashqari, revmatizm (bod), teri kasalliklari, buyrak va qovuqda 
toshlar paydo bơlganida, jigar hajmi kattalashib, og’riq berganida anjir sharbatini ichish yaxshi samara beradi. 
Anjir moddasining fermenti fisin fibrinin (qon ivishida hosil bơladigan oqsil modda)ni eritish xossasiga 
ega. Shu sabab qon tomirlarda tromb hosil bơlishiga moyil hamda tromfoblebit kasalligi bilan og’rigan 
bemorlarga doimiy ravishda iste'mol qilish tavsiya etiladi. Anjir yurak kasalligiga ham davo. Unda yurak 
faoliyatini yaxshilaydigan kaliy tuzi mavjud. 
Uning bargidan psoberan nomli dorivor vosita tayyorlanadi. Bu malham teridagi oq dog’lar (vitiligo) 
hamda boshqa teri kasalliklarini davolashda qơllaniladi. Bargidan olinadigan furalen dori vositasi terining 
zamburug’li xastaliklari, soch tơkilishi va oq dog’larda foyda beradi. 
Anjir ơzida bir qancha ijobiy xususiyatlarni jamlagan bơlsa-da, mazkur mevani hammaga ham tavsiya 
qilib bơlmaydi. Xususan, semizlikka moyil insonlar, qandli diabet bilan og’rigan bemorlar anjirni kơp iste'mol 
qilmaganlari ma'qul. Chunki, uning tarkibida kơp miqdorda qand moddasi mavjud. Shuningdek, anjirda kơp 
miqdorda oksalat kislotasi borligi sabab podagra, buyrak-tosh kasalliklarida ham mazkur mevani iste'mol 
qilish tavsiya etilmaydi. Tarkibida shovul kislotasi sabab me'da-ichak xastaliklari bilan og’rigan bemorlar ham 
bu mevani me'yorda tanovul qilganlari ma'qul.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin