65
Jannatmakon yurtimizda pishib etilgan meva-sabzavotlar inson organizmi uchun zarur bơlgan
mikroelement va vitaminlarga boy sanaladi.
Birgina shaftoli mevasini olsak, uning tarkibidagi foydali elementlar inson salomatligini
mustahkamlashda muhim ơrin tutadi.
Ushbu meva daraxti issiqlikni xush kơradi, bơyi esa unchalik baland bơlmaydi. Shox-shabbalarining
kengligi,
qolaversa, pushti rangda gullashi bilan boshqa mevalardan farqlanadi.
Shaftolining vatani shimoliy Xitoy deb taxmin qilinadi. Ma'lumotlarga qaraganda, u Evropaga Italiya
orqali tarqalgan.
Etilib pishgan shaftoli tarkibida 15 foizgacha shakar, olma, uzum, limon, askorbin (S vitamini)
kislotalari, efir moyi, kaliy, kal siy,
temir kabi mineral moddalar, V guruhiga mansub vitaminlar, A
provitamini, pektin moddalari mavjud. Ayniqsa, uning sariq tuslisi ơzida juda kơp miqdorda karotin
moddasini saqlaydi.
Bu meva safro haydovchi va ich suruvchi xususiyatga ega. Uning tarkibidagi organik kislotalar va efir
moylari me'da sekresiya faoliyati va hazmni yaxshilaydi. U ishtahani ochadi.
Shaftolida mineral moddalar
bisyorligi sabab undan kamqonlik va gastrit (me'da shilliq qavati yallig’lanishi)da davo maqsadida qơllaniladi.
Tarkibida kaliy tuzi mavjudligi bois, u yurak bilan bog’liq kasalliklarda ham tavsiya etiladi.
YUrak urishi muammolarida, kamqonlik, me'da-ichak xastaliklarida, organizmda
kislota miqdori tushib
ketganda, qorin dam bơlganda ovqatlanishdan 15-20 daqiqa oldin ¼ stakan miqdorida shaftoli sharbati ichish
tavsiya etiladi. Shuningdek, shaftoli mevasi vitaminlarga boyligi sababli gripp va ƠRVI kasalliklarini oldini
olishda,
infeksion xastaliklarda, avitaminozda ham qơllaniladi.
Xalq tabobatida revmatizm, me'da-ichak kasalliklarida shaftoli guli va bargidan tayyorlangan damlama
bemorlarga tavsiya etiladi. Shaftolining endigina uzib olingan gullari safro haydovchi va surgi vositasi
sanaladi.
Mazkur mevada yuqori miqdorda uglevod va shakar
moddasi mavjudligi sabab, semizlik va qandli
diabet bilan og’rigan bemorlarga uni iste'mol qilish tavsiya etilmaydi. Bundan tashqari shaftoli allergiya
chaqirish xususiyatiga ega. Ayniqsa, usti gul changi bilan qoplangan shaftoli (tukli) turi allergen mahsulot
66
sanaladi.
Shu bois, bunday xastalik bilan og’riyotgan bemorlarga ham ushbu mevani iste'mol qilish mumkin
emas. Shuningdek, kơp miqdorda shaftoli yeyish disbakterioz (ich ketishi) va ichaklar faoliyatining
buzilishiga sabab bơlishi mumkin.
Qolaversa, ushbu meva hayajonga beriluvchi insonlarga ham tavsiya
etilmaydi. Chunki, u asab tizimini qơzg’ash xususiyatiga ega.
Dostları ilə paylaş: