70
o‘zgarishlar zaharning organizmga umumiy ta’sir ko‘rsatishi bilan birga buyrak osti bezi ishining susayganini
bildiradi. Stafilokokklardan kelib chiqadigan ovqat intoksikatsiyalari stafilokokk enterotoksini bo‘lgan
ovqatni iste’mol qilish natijasida vujudga keladigan og‘ir kasallik hisoblanadi. Intoksikatsiya qo‘zg‘atish
xususiyatiga ega bo‘lgan mikrob shtammlari eterotoksin shtammlari deyiladi. Patogen stafilokokklar plazmani
koagulyatsiya qilib, gemolitik xossalarga ega bo‘ladi, biroq ovqatdan zaharlanishni enterotoksin ajratadigan
stafilokokklar keltirib chiqaradi. KKlliinniikkaassii.. KKlliinniikkaassii.. Klinikasi. Kasallanish alomatlari
yashirin davrdan keyin tarkibida stafilokokklarning enterotoksin shtammlari bo‘lgan
ovqat mahsulotlarini
iste’mol qilgandan so‘ng 2—4 soat o‘tgach paydo bo‘ladi. Stafilokokk intoksikatsiyasining yetakchi belgilari
gastroenterit hisoblanadi. Kasallik shiddat bilan boshlanadi, bemor to‘satdan tez-tez qusa boshlaydi, qorinni
qattiq achishtiradigan og‘riq (to‘sh osti sohasida) bezovta qiladi, ich ketishi kuzatiladi, ayrim hollarda ich
ketmasligi mumkin.
Bemorlar darmonsizlikdan, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishdan noliydilar. Tomir tez uradi,
to‘liqligi sust bo‘ladi. Tana harorati odatda o‘zgarmaydi, sovuq ter chiqadi. Kamdan-kam hollarda yurak
faoliyati susayadi. Talvasa tutadi. Kasallik qisqa vaqt kechadi, odatda ikkinchi kuni sog‘ayish boshlanadi.
O‘lim bilan tugash hollari qayd qilinmagan. Epidemiologiyasi. Epidemiologiyasi. Epidemiologiyasi.
Epidemiologiyasi. Epidemiologiyasi. Stafilokokk intoksikatsiyalari turli xildagi oziq-ovqat mahsulotlariga
bog‘liq bo‘lishi mumkin, biroq aksari sut va sut mahsulotlari iste’mol qilingandan keyin paydo bo‘ladi.
Mahsulotlarda enterotoksin 18—20°C da rivojlanadi. Bunda mahsulotning organoleptik
xossalari rangi, hidi,
ta’mi o‘zgarmaydi. Stafilokokk enterotoksini issiqlikka g‘oyat chidamli. U 30 minut davomida qaynatishga
bardosh beradi. Shu sababli, stafilokokk tushgan bo‘lsa, qaynatilgan va pasterizatsiya qilingan sut ichilgandan
keyin ham intoksikatsiya ro‘y berishi mumkin. Qulog‘ida, ko‘zida yiringli kasalliklari bor sut sog‘uvchilar,
sut zavodlari hamda qandolat sexlarining ishchilari,
shuningdek, oshpazlar stafilokokk tashuvchilar
hisoblanadi. Angina va yuqori nafas yo‘llari katariga uchragan bemorlar ham katta havf tug‘diradi, chunki
bunda oziq-ovqat mahsulotlari aerogen yo‘l bilan o‘tishi, zararlanish sigir va echkilar mastitidan ham sodir
bo‘lishi mumkin. Oziq-ovqat korxonalari sanitariya holatining qoniqarsizligi ham stafilokokkning tarqalishiga
sabab bo‘ladi.
Profilaktikasi. Profilaktikasi. Profilaktikasi. Profilaktikasi. Profilaktikasi. 1. Oziq-ovqat mahsulotlari
bilan ishlashga aloqador shaxslarning sog‘lig‘i ustidan nazorat olib borish. Teri qatlamlarida, qulog‘ida,
ko‘zida, tomog‘ida yiringli kasalliklar va yuqori nafas yo‘llarida yallig‘lanishi bor
shaxslar oziq-ovqat
mahsulotlari bilan aloqador ishga qo‘yilmaydi. 2. Mastit bo‘lgan hayvonlar sutini ichish mumkin emas. 3.
Oziq-ovqat korxonalari xodimlari shaxsiy gigiyena tartibiga rioya qilishlari, burun-halqum kasalliklari va
chirigan tishlarini o‘z vaqtida davolatishlari kerak. 4. Sut, sut mahsulotlari, kremli qandolatlar, shuningdek,
tez buziladigan boshqa mahsulotlarni sovitiladigan xonalarda saqlash shart. 5.
Stafilokokk enterotoksini
issiqqa juda chidamli bo‘lgani tufayli, mahsulotni 2—2,5 soat qaynatib zararsizlantirish kerak.
Dostları ilə paylaş: