71
chidamli: ular hatto — 253°C da ham halok bo‘lmaydi. Botulizm qo‘zg‘atuvchisi aniq anaerob. U havo
kirmaydigan joyda baliq, yog‘li cho‘chqa go‘shtida, yo‘g‘on kolbasa bo‘laklari ichida yoki germetik berk
konserva bankalarida hosil bo‘ladi.
Klinikasi.
Botulizm belgilari organizmga tushgan zahar miqdoriga ko‘ra
2 soatdan 36 soatgacha davom etadigan yashirin davrdan keyin yuzaga chiqadi. Kasallikning dastlabki
alomatlari: „ko‘z simptomlari“ buyumlarning qo‘shaloq bo‘lib ko‘rinishi, ko‘rishning xiralashuvida (tuman
yoki to‘r tutilganga o‘xshab) namoyon bo‘ladi. Bemorlar ko‘pincha bosh og‘rishidan nolishadi, yurish
muvozanati buziladi, bularga tovushning butunlay chiqmay qolishi (afoniya) qo‘shiladi. Kasallik zo‘rayganda
alomatlar yanada kuchayadi, ko‘z simptomlarida ko‘z mushaklari
faoliyati buzilishi, qovoqlar va ko‘z soqqasi
harakati falajlanishi kuzatiladi. Qorachiqlar yorug‘likdan uncha ta’sirlanmaydi, akkomodatsiya pasaygan, ko‘z
soqqalarining o‘ynab turishi (nistagm), qorachiqlarning notengligi (anizokariya) kuzatiladi. Yuz mushaklari
sezgirligi chegaralanib, hatto yo‘qoladi (amimiya). Ba’zi chaynov mushaklarining taranglashib qolishi sababli
og‘izni ochish qiyinlashadi.
Yumshoq tanglay falajlanadi, yutish buziladi, hiqildoqqa ovqat tushib, qattiq
yo‘tal tutadi. Nutq buziladi. Tana harorati o‘zgarmaydi, lekin tomirlar urishi tezlashadi.
Nafas olishning
buzilishi kasallik og‘irlashganini bildiradi. O‘z vaqtida maxsus zardob yuborilmasa, 70% hollarda fojea yuz
beradi. Nafas markazining zararlanishi oqibatida diafragma falajlanishi sodir bo‘ladi. Epidemiologiyasi.
Epidemiologiyasi. Epidemiologiyasi. Epidemiologiyasi. Epidemiologiyasi. Mamlakatimizda so‘nggi yillarda
botulizm turlari aksari xonadonlarda konservalangan mahsulotlarni iste’mol qilish bilan bog‘liq. Sanoat yo‘li
bilan tayyorlangan mahsulotlar iste’mol qilingandan so‘ng bu kasallik kamdankam uchraydigan bo‘lib qoldi,
chunki konservalarni sterilizatsiyalash rejimi vegetativ jarayonlarnigina emas, balki Cl. botulinum
sporalarining ham halok bo‘lishini ta’minlaydi. Uy sharoitida termik ishlov berish yyetarlicha bo‘lmagan
holda konservalarni germitizatsiya qilishning keng qo‘llanishi aksari kasalliklar paydo bo‘lishiga olib
kelmoqda. Bu germetik bankalarga solib tayyorlangan qo‘ziqorinlarni iste’mol qilganda, ayniqsa, ko‘p
uchraydi. Zamburug‘larni Cl.botulinum sporalaridan
tozalash deyarli mumkin emas, shuning uchun germetik
yopilgan bankada sporalar ko‘pincha o‘sa boshlaydi va zaharni ko‘p ajratadi. Botulizm zaharining hosil
bo‘lishi uchun
20—25 °C, ya’ni uy harorati qulay harorat hisoblanadi. Ayniqsa, yirik, sirti seryog‘ baliqni iste’mol
qilishda botulizm bilan kasallanish hollari uchrab turadi. Baliq to‘r, qarmoq, ilmoqlarda uzoq vaqt qolib
ketgan hollarda zaharlanadi. Profilaktikasi. Profilaktikasi. Profilaktikasi. Profilaktikasi. Profilaktikasi.
Dudlangan mahsulotlarni (baliqlar) tayyorlash uchun baliqni sovutish asosiy shart hisoblanadi.
Baliq
zavodlarida osyotr baliqlarini tiriklayin, ichini shikastlantirmay tozalab, tuz qo‘yib dudlash tavsiya etiladi.
Konserva sanoatida xomashyo sifatini va konservalarni sterilizatsiyalash rejimini qattiq nazorat qilish
botulizmdan profilaktika qilishning muhim chorasi hisoblanadi. Xomashyo Cl.botulinum sporalari bilan
zararlangan, yyetarlicha sterilizatsiya qilinmagan konservalar intoksikatsiyaning yuz berishi
ehtimoli jihatidan
katta xavf tug‘diradi, chunki sporalar qulay haroratda o‘sadi. Anaerob sharoitlar va tegishli haroratning
birgalikda yuzaga kelishi zahar hosil bo‘lishiga zamin yaratadi. Qopqog‘i ko‘tarilgan konservalarni savdo
tarmog‘iga chiqarish ma’n qilinadi. Konservalangan mahsulotlarni uyda sovitgichda saqlash imkoniyati
bo‘lmasa, uy sharoitida (ayniqsa, qo‘ziqorinlarni) germetik yopiq bankalarda tayyorlamaslik lozim. Uyda
konservalashda sirka kislotani yyetarlicha solishning ahamiyati katta. Cl.botulinum pH=4,0 (3,5)
dan pastda
ko‘paymaydi. Buning uchun marinadlarda sirka kislotaning hamda sut kislotali reaksiyada miqdori 2% dan
yuqori bo‘lishi kerak. Sut kislotali reaksiyada (pH=4,5—5,5) Cl.botulinum ko‘payadi va zahar hosil qiladi.
Bunday mahsulotlar iste’mol qilishga yaramaydi.
Dostları ilə paylaş: