Mantiq tushunchasi, mazmun- mohiyati. Mantiq fani shakllanishi va taraqqiyot bosqichlari. O’rta asrlardagi taraqqiyoti



Yüklə 236,29 Kb.
səhifə30/36
tarix20.11.2023
ölçüsü236,29 Kb.
#164239
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   36
falsafa 6-mavzu

Induktiv xulosa chiqarish empirik umumlashtirish shaklida amalga oshib, unda birorta belgining ma’lum bir sinfga mansub predmetlarda takrorlanishini kuzatish asosida, shu belgining mazkur sinfga tegishli barcha predmetlarga xosligi haqida xulosa chiqariladi.
Induksiya asosida chiqarilgan xulosalar ilmiy bilishda о‘rnatilgan turli empirik qonunlar, yaratilgan umumlashmalar tarzida о‘z aksini topadi, predmet va hodisalar haqidagi bilimlarimizni oshiradi.
Induktiv xulosa chiqarish bilvosita xulosa chiqarish hisoblanadi, ya’ni uning asoslari ikkita va undan ortiq mulohazalardan tashkil topgan bо‘ladi. Ular, odatda, yakka predmet yoki predmetlar sinfining bir qismini ifoda qiladilar. Xulosada esa, bir mantiqiy sinfga mansub predmetlarning barchasiga nisbatan umumiy hukm tarzidagi fikr hosil qilinadi.
Demak, induktiv xulosa chiqarishda yakkalik, juz’iylik va umumiylikning dialektik aloqasini kuzatamiz. Ayrim faktlarni ifodalaydigan, juz’iy xarakterga ega bо‘lgan bilimlar umumiy bilimlarni hosil qilish uchun mantiqiy asos bо‘lib xizmat qiladi. Takrorlanib turuvchi turg‘un aloqalar, odatda, predmetlarning muhim zaruriy aloqalaridan iborat bо‘lgani uchun, bu umumiy bilimlar qonuniyatlarni ifodalaydilar. Asoslardagi yakka va juz’iy faktlar haqidagi bilimlar esa ana shu qonuniyatlarning namoyon bо‘lishini qayd etadilar.
Induktiv xulosa chiqarishning ikkita turi: tо‘liq va tо‘liqsiz induksiya farq qilinadi.
ARGUMENTLASH VA BILIMLAR TARAQQIYOTINING MANTIQIY SHAKLLARI.
Yurtimizning gullab-yashnashi, barqaror, mustahkam bо‘lishi asosan yoshlarning ongli, bilimli, komil inson bо‘lishlariga bog‘liq. Bu haqda О‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I. A. Karimov shunday deb ta’kidlagan: «Komil inson deganda biz, avvalo, ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan о‘zgalarga ibrat bо‘la oladigan, bilimli, ma’rifatli kishilarni tushunamiz. Ongli, bilimli odamlarni oldi-qochdi gaplar bilan aldab bо‘lmaydi. U har bir narsani aql, mantiq tarozisiga solib kо‘radi. О‘z fikr-о‘yi, xulosasini mantiq asosida qurgan kishi yetuk odam bо‘ladi»
Chuqur tahlilga, mantiqqa asoslanmagan bir yoqlama fikr odamlarni chalg‘itadi. Faqat bahs-munozara, tahlilga asoslangan tо‘g‘ri xulosalargina haqiqatni bilishga yо‘l ochadi.
Bahs, munozara yuritishning, chin fikrlarni isbotlay bilishning, xato fikrlarni rad etishning о‘ziga xos qonun-qoidalari mavjud. Bu qoidalarni bilish har bir insonga, shu jumladan, talabalarga chin fikrni xato fikrdan ajrata bilish, tо‘g‘ri tafakkurlash madaniyatini shakllantirish imkonini beradi.
Kishilarning amaliy faoliyatdagi muvaffaqiyatlari ular qо‘llayotgan bilimlarning qay darajada chin bо‘lishiga, ya’ni bu bilimlarning voqelikni qanchalik tо‘g‘ri aks ettirishiga bog‘liq. Xato fikrlar predmetlarning real aloqalari va munosabatlarini buzib kо‘rsatadi, bilishda kо‘p chalkashliklarga olib keladi. Shuning uchun ham bilish jarayonida har bir fikrni tо‘g‘ri qurishga erishish, uning chinligini dalillar bilan kо‘rsata olish, xato fikrlarni esa rad qila bilish muhim ahamiyatga ega.
Fikrning chin yoki xatoligini kо‘rsatish uchun uni hodisaning (faktning) о‘zi bilan solishtirish mumkin. Lekin kо‘p hollarda bilish jarayonida natijalarning chin yoki xatoligi ularni ilgari vujudga kelgan bilimlar bilan bog‘lash orqali aniqlanadi. Buni amalga oshirishning mantiqiy usuli asoslashdir.
Faktlar va boshqa dalillarga tayanib yuritiladigan, chinligi asoslangan fikr yuksak ishontirish kuchiga ega bо‘ladi, kishilarda ishonch-e’tiqodni shakllantiradi. Bilishning maqsadi ilmiy asosga ega bо‘lgan e’tiqodni yaratishdan iborat. Asoslash ishonch-e’tiqodni shakllantirish vositasidir.
Ishonch-e’tiqod bu kishilarning xulq-atvori va xatti-harakatlarini belgilab beradigan qarashlari va tasavvurlaridir.

Yüklə 236,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin