Sillogizmning umumiy qoidalari Xulosa asoslarining chin bо‘lishi xulosaning chin bо‘lishi uchun yetarli emas. Xulosa chin bо‘lishi muayyan qoidalarga amal qilish ham zarur. Ular sillogizmning umumiy qoidalari bо‘lib, sillogizm terminlari va asoslariga taalluqli bо‘lgan quyidagi qoidalardir:
1. Sillogizmda uchta termin: katta, kichik va о‘rta terminlar bо‘lishi kerak. Ma’lumki, sillogizmning xulosasi katta va kichik terminlarning о‘rta terminga bо‘lgan munosabatiga asoslanadi; shu sababdan ham terminlar soni uchtadan kam yoki ortiq bо‘lmasligi talab qilinadi. Agar terminlar soni uchtadan kam bо‘lsa, xulosa yangi bilim bermaydi.
Masalan: Hamma notiqlar sо‘z san’atini chuqur egallagandir.
Sо‘z san’atini chuqur egallaganlar orasida notiqlar ham bor. Bu ikki mulohazadan xulosa chiqarib bо‘lmaydi, chunki terminlar soni ikkita. Terminlar sonining uchtadan ortib ketishi ayniyat qonuni talablarining buzilishi bilan bog‘liq bо‘lib, terminlar tо‘rtlanishi (quarternio termunorum) deb ataluvchi xatoga olib keladi:
Davlat – iqtisodiy munosabatlarning siyosiy ifodasidir.
Har bir inson uchun sihat-salomatlik eng katta davlatdir. Bu mulohazalarda «davlat» sо‘zining ikki xil ma’noda qо‘llanishi chetki terminlarning о‘zaro mantiqiy bog‘lanishiga imkon bermaydi. Terminlarning uchtadan ortiq bо‘lishi asoslar о‘rtasidagi mantiqiy aloqadorlikning uzilishiga ham sabab bо‘ladi:
a) Hamma notiqlar – shuhratparast.
Sitseron davlat arbobi bо‘lgan.
Bu ikki mulohazadan xulosa chiqarib bо‘lmaydi, chunki bu mulohazalar о‘zaro mantiqiy bog‘lanmagan.
2. О‘rta termin hech bо‘lmaganda asoslardan birida tо‘la hajmda olinishi kerak.
Agar о‘rta termin hech bir asosda tо‘liq hajmda olinmasa, chetki terminlarning bog‘lanishi noaniq bо‘ladi va xulosaning chin yoki xatoligini aniqlab bо‘lmaydi.
Ba’zi faylasuflar notiqdir.
Kafedramizning hamma a’zolari faylasufdir.
Bu sillogizmda о‘rta termin katta asosda juz’iy hukmning subyekti, kichik asosda umumiy tasdiq hukmning predikati bо‘lganligi uchun har ikkala asosda tо‘liq hajmda olinmagan. Shuning uchun chetki terminlar о‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlanmagan. Bu asoslardan sun’iy ravishda chiqarilgan “Kafedramizning hamma a’zolari notiqdir” degan xulosa noaniq bо‘ladi.
3. Katta va kichik terminlar asoslarda qanday hajmda olingan bо‘lsa, xulosada ham shunday hajmda bо‘lishi kerak.
Bu qoidaning buzilishi kichik yoki katta termin hajmining noо‘rin kengayib ketishiga olib keladi. Masalan:
Hamma talabalar imtihon topshiradilar.
Hech bir abituriyent talaba emas. Hech bir abituriyent imtihon topshirmaydi.
Bu misolda kichik termin hajmining noо‘rin kengayib ketishi xulosaning xato chiqishiga sabab bо‘ldi.