Mantiq tushunchasi, mazmun- mohiyati. Mantiq fani shakllanishi va taraqqiyot bosqichlari. O’rta asrlardagi taraqqiyoti



Yüklə 236,29 Kb.
səhifə2/36
tarix20.11.2023
ölçüsü236,29 Kb.
#164239
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
falsafa 6-mavzu

Tafakkur shakli fikrning mazmunini tashkil etuvchi elementlarning bog‘lanish usuli, uning strukturasi (tuzilishi)dir. Fikrlash elementlari deganda, predmetning fikrda ifodalangan belgilari haqidagi axborotlar tushuniladi. Tafakkur shaklining tabiatini misollar yordamida kо‘rib chiqamiz.
Ma’lumki, ayrim predmetlar, ularning sinfi (tо‘plami) kishilar tafakkurida turli xil mazmunga ega bо‘lgan tushunchalarda aks ettiriladi. Masalan, «davlat» tushunchasida о‘zining maydoni, aholisi, boshqaruv vositalariga ega bо‘lgan siyosiy tashkilot aks etadi. “Milliy g‘oya” tushunchasida esa millatning, xalqning kelajak bilan bog‘liq orzu-havaslari, maqsadlari, tub manfaatlari о‘z ifodasini topgan. Mazmun jihatidan turli xil bо‘lgan bu tushunchalar mantiqiy shakliga kо‘ra bir xildir: har ikkalasida predmet uning muhim belgilari orqali tafsirlanadi. Xususan, «о‘z maydoniga egaligi», «aholisining mavjudligi», «boshqaruv vositalarining mavjudligi», «siyosiy tashkilotdan ekanligi» davlatning muhim xususiyatlari hisoblanadi. Xuddi shuningdek, «millatning orzu-havaslari, maqsadlarini aks ettirishi», «uning tub manfaatlarini ifoda etishi» milliy g‘oyaning muhim belgilaridir. Agar tushuncha aks ettirayotgan predmetni A bilan, unda fikr qilinayotgan muhim belgilarni, ya’ni fikrlash elementlarini a, v, s,..., n bilan belgilasak, tushunchaning mantiqiy strukturasini A (a, v, s,..., n) shaklida simvolik tarzda ifodalash mumkin.
Hukmlarda predmet bilan uning xossasi, predmetlar о‘rtasidagi munosabatlar, predmetning mavjud bо‘lish yoki bо‘lmaslik fakti haqidagi fikrlar tasdiq yoki inkor shaklda ifoda etiladi. Masalan, «Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch» degan hukmda predmet (yuksak ma’naviyat) bilan uning xossasi (yengilmas kuch) о‘rtasidagi munosabat qayd etilgan. «Axloq huquq bilan uzviy aloqada» degan hukmda ikkita predmet (axloq va huquq) о‘rtasidagi munosabat qayd etilgan. Mazmun jihatdan turli xil bо‘lgan bu hukmlar tuzilishiga kо‘ra bir xildir: ularda predmet haqidagi tushuncha (S) bilan predmet belgisi haqidagi tushuncha (P) о‘rtasidagi munosabat qayd etilgan, ya’ni R ning S ga xosligi tasdiqlangan. Umumiy holda hukmning mantiqiy strukturasini (shaklini) S—R formulasi yordamida ifoda etish mumkin.
Xulosa chiqarishda ham yuqoridagi kabi holatni kuzatish mumkin.
Masalan,
“Daraxt – о‘simlik”.
“Terak – daraxt”.
Demak, “Terak – о‘simlik”.
yoki
“Har bir kimyoviy element о‘z atom og‘irligiga ega”.
Mis – kimyoviy element”.
Demak, “Mis о‘z atom og‘irligiga ega” kabilar.
Bunday xulosa chiqarish yо‘llari mazmunan bо‘yicha turlicha bо‘lishiga qaramasdan, bir xil mantiqiy strukturaga ega. Har ikkalasida xulosani tashkil etuvchi tushunchalar xulosa chiqarish uchun asos bо‘lib xizmat qilayotgan hukmlarda uchinchi bir tushuncha (birinchi misolda – «daraxt», ikkinchi misolda – «kimyoviy element» tushunchasi) orqali bog‘langan.
Yuqorida keltirilgan misollardan tafakkur shakli fikrning konkret mazmunidan nisbatan mustaqil holda mavjud bо‘lishi va, demak, о‘ziga xos qonuniyatlarga egaligi ma’lum bо‘ldi. Shuning uchun ham mantiq ilmida u alohida о‘rganish predmeti sifatida olib qaralishi mumkin.
Tushuncha, hukm (mulohaza) va xulosa chiqarish tafakkurning universal mantiqiy shakllari hamda asosiy strukturaviy elementlari hisoblanadi. Muhokama yuritish ana shu elementlar va ularning о‘zaro aloqaga kirishishi natijasida vujudga keladigan boshqa mantiqiy strukturalar (masalan, muammo, gipoteza, nazariya, g‘oya va shu kabilar)da amalga oshadi.
Muhokama yuritishda fikrning chin bо‘lishi va shakliy jihatdan tо‘g‘ri qurilishi ishonchli natijalarga erishishning zaruriy shartlari qatoriga kiradi. Chin fikr о‘zi ifoda qilayotgan predmetga muvofiq keluvchi fikr hisoblanadi (masalan, «temir – metall»). Xato fikr predmetga mos kelmaydigan fikrdir (masalan, «temir – metall emas»). Fikrning tо‘g‘ri yoki xato bо‘lishi uning mazmuniga tegishli xususiyatlardir.
Fikrning chin bо‘lishi mantiqiy fikr yuritishning zaruriy sharti bо‘lsa-da, о‘z holicha yetarli emas. Fikr muhokama yuritish jarayonida formal jihatdan ham tо‘g‘ri qurilgan bо‘lishi kerak. Bu xususiyat fikrning shakliga taalluqli bо‘lib, tafakkurda hosil bо‘ladigan turli xildagi mantiqiy amallarda о‘z aksini topadi.
Fikrni tо‘g‘ri qurishga tafakkur qonunlari talablariga rioya qilgandagina erishish mumkin. Tafakkur qonuni muhokama yuritish jarayonida qatnashayotgan fikrlar (fikrlash elementlari) о‘rtasidagi mavjud zaruriy aloqalardan iborat. Tafakkur qonunlari mazmunidan kelib chiqadigan, muhokamani tо‘g‘ri qurish uchun zarur bо‘lgan talablar – fikrning aniq, izchil, yetarli darajada asoslangan bо‘lishidan iborat.
Muhokamani tо‘g‘ri qurish bilan bog‘liq talablar haqida gapirganda, birinchi navbatda, ularning muayyan prinsiplar, qoidalar tarzida, ya’ni tо‘g‘ri tafakkur prinsiplari sifatida amal qilishiga e’tibor berish zarur. Mazkur qoidalarning buzilishi muhokamaning notо‘g‘ri qurilishiga sabab bо‘ladi. Bunda, xususan, chin fikrlardan xato xulosa chiqishi (masalan, «Qonun – rioya qilish zarur bо‘lgan huquqiy hujjat», «Buyruq – qonun emas», demak, «Buyruq – rioya qilish zarur bо‘lgan huquqiy hujjat emas») yoki xato qurilgan muhokamadan chin xulosa chiqishi (masalan, «Barcha moddiy jismlar – kimyoviy elementlar», «Temir – moddiy jism», demak, «Temir – kimyoviy element») mumkin.
Tafakkur kо‘p qirrali jarayon bо‘lib, uni turli xil tomonidan, xususan, mazmuni va shakli (strukturasi) bо‘yicha, tayyor holida yoki kelib chiqishi va taraqqiyotida olib о‘rganish mumkin. Bularning barchasi mantiq ilmining vazifasini tashkil etadi, uning turlicha metodlardan foydalanishiga, har xil yо‘nalishlarga ajralishiga sabab bо‘ladi.

Yüklə 236,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin