Mantiq tushunchasi, mazmun- mohiyati. Mantiq fani shakllanishi va taraqqiyot bosqichlari. O’rta asrlardagi taraqqiyoti



Yüklə 236,29 Kb.
səhifə9/36
tarix20.11.2023
ölçüsü236,29 Kb.
#164239
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   36
falsafa 6-mavzu

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Tahlil
Taqqoslash yordamida predmetlar о‘zaro solishtirilib, ularning о‘xshash, umumiy va bir-biridan farq qiluvchi individual belgilari aniqlanadi. Taqqoslash tahlilni taqozo qiladi. Chunki predmetlarni yaxlit holda solishtirib bо‘lmaydi. Ular u yoki bu xossasiga kо‘ra taqqoslanishi kerak. Buning uchun u xossalar ajratilishi lozim. Tahlil yordamida predmet fikran uni tashkil qiluvchi qismlar, tomonlarga ajratilib, har qaysisi alohida о‘rganiladi.
Sintez tahlilga teskari usul bо‘lib, u tahlil davomida ajratilgan qismlar, tomonlarni fikran birlashtirib, predmetni bir butun holga keltirishdan iborat. Sintez bо‘lmasa predmet haqida yaxlit fikr hosil qilib bо‘lmaydi. Tahlil va sintez uzviy bog‘liqdir.
Tushuncha hosil qilish uchun predmetning yuqoridagi usullar bilan aniqlangan umumiy va individual belgilarining muhimlari ajratilishi, nomuhimlari chetlashtirilishi lozim. Bu esa abstraksiyalash yordamida amalga oshiriladi.
Umumlashtirishda predmetlar ayrim umumiy, muhim xususiyatlariga kо‘ra sinflarga birlashtiriladi va shu tariqa bitta tushunchada bir jinsli predmetlarning barchasini fikr qilish imkoniyati yaratiladi.
Tushunchaning shakllanishi sо‘z bilan uzviy bog‘liq. Ular о‘rtasidagi aloqadorlik tafakkur va til о‘rtasidagi bog‘lanishning konkret tarzda namoyon bо‘lishidir.
Tushunchalar sо‘z va sо‘z birikmalari yordamida ifodalanadi. Masalan, «talaba», «Falsafa fakulteti», «О‘zbekiston milliy universiteti» birikma sо‘zlardan iborat. Lekin bundan tushuncha va sо‘z aynan bir xildir, degan xulosa kelib chiqmasligi kerak. Bitta tushuncha har xil tillarda, ba’zan bir tilda ham turli xil sо‘zlar bilan ifodalanadi. Tilimizdagi omonim va sinonimlik hodisalari sо‘z va tushunchaning nisbiy mustaqil holda mavjudligidan dalolat beradi. Shuni ham aytish lozimki, sо‘zning kо‘p ma’noliligi ega bо‘lishi ba’zan tushunchalarni aralashtirib yuborishga olib keladi. Shuning uchun ham fan va texnikada kо‘proq terminlardan foydalaniladi. Termin qat’iy bitta tushunchani ifoda qiluvchi sо‘z bо‘lib, muayyan ilmiy bilish sohasida bir xil ma’noda ishlatiladi.

Yüklə 236,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin