Mantiq tushunchasi, mazmun- mohiyati. Mantiq fani shakllanishi va taraqqiyot bosqichlari. O’rta asrlardagi taraqqiyoti



Yüklə 236,29 Kb.
səhifə7/36
tarix20.11.2023
ölçüsü236,29 Kb.
#164239
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   36
falsafa 6-mavzu

Avtoritet (autoritas – hokimiyat, ta’sir) – keng ma’noda ijtimoiy hayotning turli sohalarida biror shaxsning yoki tashkilotning kо‘pchilik tomonidan tan olingan norasmiy ta’siridir. Yetarli asos qonuni bilan bog‘liq bо‘lgan masalalarni hal qilishda “avtoritet” tushunchasi obrо‘li, e’tiborli, nufuzli manba ma’nosida qо‘llanadi. Avtoritetlarga asoslanish deganda esa, biror fikr, mulohazaning chinligini asoslashda obrо‘li, e’tiborli, nufuzli manbalarga murojaat qilish tushuniladi. Nufuzli manba sifatida alohida shaxslarning fikr va mulohazalari, muqaddas diniy kitoblardagi bitiklar, xususan, “Qur’on”da yozilgan sura va oyatlar, xalq maqollari va hikmatli sо‘zlardan foydalaniladi.
Avtoritetlarning amal qilish doirasi va davomiyligi turli xil bо‘ladi. Tor doirada amal qiladigan, qisqa muddatli avtoritetlardan fikr-mulohazalarni asoslashda hamma vaqt ham foydalanib bо‘lmaydi. Chunki vaqt о‘tishi yoki amal qilish doirasining о‘zgarishi bu avtoritetlarning mavqeini tushirib yuborishi mumkin.
Keng doirada amal qiladigan va doimiy, muntazam bо‘lgan avtoritetlargina fikr-mulohazalarning chinligini aniqlash uchun yetarli asos bо‘ladi. Bunday avtoritetlar tarixiy sharoit va siyosiy о‘zgarishlarning ta’sirida о‘z qadr-qimmatini yо‘qotmaydi, vaqt sinoviga bardoshli bо‘ladi. Umuminsoniy ma’naviy madaniyat xazinasidan joy olgan buyuk mutafakkirlarning hikmatli sо‘zlari, umuminsoniy-axloqiy qadriyatlar, xalqlarning ijtimoiy-tarixiy tajribasini aks ettirgan maqollar fikr-mulohazalarning chinligini asoslashda yetarli dalil hisoblanadi. Masalan, «Ilm olish uchun tinimsiz izlanish zarur» ekanligi haqidagi fikrni hazrat Mir Alisher Navoiyning «Bilmaganni sо‘rab о‘rgangan olim, orlanib sо‘ramagan о‘ziga zolim» sо‘zlari bilan, shuningdek, hadislarda keltirilgan «Beshikdan to qabrgacha ilm izla» kabi fikr-mulohazalar yordamida asoslash mumkin.
Avtoritetlarga asoslanish bilan avtoritar tafakkurni о‘zaro farqlash zarur. Avtoritarlik – asoslanganlikning о‘zgargan, buzilgan kо‘rinishi bо‘lib, unda mulohaza yuritish va uning chinligini aniqlash vazifasi avtoritetlar zimmasiga yuklanadi.
Avtoritar tafakkurlashga moyil kishi biror muammoni о‘rganishdan avval о‘zini «asosiy mulohazalar yig‘indisi» bilan cheklab qо‘yadi. Bu mulohazalar yig‘indisi tadqiqotning asosiy yо‘nalishini belgilab beradi va kо‘pincha avvaldan ma’lum bо‘lgan natijani keltirib chiqaradi. Dastlabki asos bо‘lgan fikrlar sistemasi namuna sifatida qabul qilinadi va boshqa fikrlar unga bо‘ysundiriladi. Agar asosiy mulohazalarning deyarli barchasi avtoritetlar tomonidan aytilgan bо‘lsa, uning davomchilariga bu fikrlarni tushuntirish va izohlash qoladi, xolos. Bu yangiliklardan va ijodiylikdan mahrum bо‘lgan fikr yuritish usuli bо‘lib, dialektik tafakkurga ziddir. Avtoritetlar, nufuzli manbalar, jamiyat a’zolari, xususan, yoshlarda milliy mafkura va milliy g‘oyani shakllantirishda asosiy omillardan biridir. Shu о‘rinda matbuotning, ayniqsa, radio va televideniyening u yoki bu manbaning avtoritet deb tan olinishidagi roli e’tiborlidir. Avtoritetlar masalasi murakkab va kо‘p qirralidir. Shu sababdan fikr-mulohazalarning chinligini asoslashda avtoritet hisoblangan fikrlardan konkret sharoitga mos ravishda, meyorga amal qilgan holda foydalanish zarur.

Yüklə 236,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin