Mantiq tushunchasi, mazmun- mohiyati. Mantiq fani shakllanishi va taraqqiyot bosqichlari. O’rta asrlardagi taraqqiyoti



Yüklə 236,29 Kb.
səhifə8/36
tarix20.11.2023
ölçüsü236,29 Kb.
#164239
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   36
falsafa 6-mavzu

Urf-odat avloddan avlodga meros bо‘lib о‘tadigan va muayyan jamiyat yoki ijtimoiy guruh tomonidan qabul qilingan bir xil shakldagi xatti-harakat, xulq-atvor usuli bо‘lib, kishilarning turmush tarzi va fikr yuritishiga ma’lum darajada ta’sir kо‘rsatadi. Urf-odatlarga asoslangan holda fikr yuritish va harakat qilish kо‘pincha kishilarning turmushi, axloqiy meyorlar va xalq marosimlari doirasida namoyon bо‘ladi. Milliy g‘oya va milliy mafkura urf-odatlar orqali ham jamiyat a’zolarining ongiga singib boradi. Jamiyat yoki ijtimoiy guruh tomonidan biror shaxs yoki voqea-hodisaga nisbatan bо‘lgan munosabat muayyan urf-odatlar bilan asoslanadi. Bunda biror xatti-harakatni asoslash uchun «urf-odatlarimizga kо‘ra...», deb fikr yuritiladi.
Fikr-mulohazalarni asoslash murakkab mantiqiy jarayon bо‘lib, unda bir yoki undan ortiq о‘zaro bog‘langan muhokamalar sistemasidan foydalaniladi. Mulohazalarning chinligini asoslash tafakkurning eng muhim xususiyatlaridan biri bо‘lib, fikrlarimizning mantiqli, tartibli, ishonarli bо‘lishini ta’minlaydi.
Shunday qilib, tо‘g‘ri tafakkurning yuqorida kо‘rib о‘tilgan qonunlarining har biri chin bilimga erishish uchun xizmat qiladi. Bu qonunlar tafakkur jarayonida alohida-alohida yoki birin-ketin emas, balki bir vaqtda, birgalikda fikrlar bog‘lanishining xarakteriga qarab amal qiladi. Ayniyat qonuniga kо‘ra, fikrlash jarayonida har bir mulohaza qat’iy mazmunga ega bо‘lishi, aynan shu fikr doirasida о‘zgarmasligi talab qilinadi. Bu talabning buzilishi fikrda mantiqiy ziddiyatlarni keltirib chiqaradi. Zid mulohazalarning chin yoki xatoligini aniqlash ularni mantiqiy asoslashni taqozo etadi.
Tushuncha – tafakkurning mantiqiy shakli
Tushuncha – predmet va hodisalarni umumiy, muhim belgilari orqali aks ettiruvchi tafakkur shaklidir.
Belgilar deb, predmetlarni bir-biridan farq qiluvchi hamda ularning bir-biriga о‘xshashligini ifoda qiluvchi tomon va xususiyatlarga aytiladi.
Belgilar muhim yoki nomuhim bо‘ladi. Predmet belgisining muhim yoki nomuhim bо‘lishi, bizning predmetga amalda qanday munosabatda bо‘lishimizga qarab ham belgilanadi. Xususan, ma’lum bir munosabatda muhim bо‘lmagan belgilar boshqa munosabatda muhim bо‘lishi mumkin. Masalan, kishining layoqati uning qanday kasbni tanlashi uchun muhim bо‘lsa, inson sifatida mavjud bо‘lishi uchun muhim emas. Bunday muhim belgilar predmetning ma’lum bir munosabatdagi muhim belgilari deyilib, obyektiv muhim belgilardan (predmetning mavjud bо‘lishi bilan zaruriy aloqada bо‘lgan belgilar) farq qiladi.
Predmet tо‘xtovsiz harakatda, taraqqiyotda bо‘lganligi uchun vaqt о‘tishi bilan uning muhim bо‘lgan belgisi nomuhim bо‘lgan belgiga yoki aksincha, nomuhim belgisi muhim belgiga aylanishi mumkin. Masalan, bevosita kuzatiladigan faktlar empirik bilish bosqichida muhim ahamiyatga ega bо‘lsa, nazariy bilish bosqichida unga kamroq murojaat qilinadi.
Demak, tushunchada predmetning muhim belgilari mujassamlashadi, bu belgilar predmetning umumiy va individual belgilari bо‘lishi mumkin. Masalan, «G‘afur G‘ulom» tushunchasida predmetning umumiy belgilari (inson, shoir) bilan bir qatorda, individual muhim belgilari (xususan, «Sen yetim emassan» she’rining muallifi) ham ifodalangan.
Tushunchaning hissiy bilish shakllaridan tubdan farq qilishiga alohida e’tibor berish zarur. Sezgi, idrok va tasavvur predmetning yaqqol obrazlaridir. Biz faqat birorta konkret predmetni, masalan, о‘zimiz yozib о‘tirgan qalamni idrok qilishimiz yoki u tо‘g‘risida tasavvurga ega bо‘lishimiz mumkin. «Umuman qalam»ni idrok qilib bо‘lmaydi. Chunki tushuncha predmetning yaqqol obrazi emas, balki abstrakt obrazidir. “Qalam” tushunchasi о‘zida konkret qalamlarning barchasini qamrab olgani holda, ularning har biriga xos bо‘lgan individual belgilarni tashlab yuborib, umumiy, muhim belgilarini ifoda qiladi. Ayni paytda bu belgilar qalamni boshqa predmetlardan, masalan, kitobdan farq qildirib turadigan maxsus belgilar bо‘lib ham xizmat qiladi.
Tushuncha predmetning nomuhim belgilaridan chetlashar ekan, demak, uni tо‘laligicha aks ettira olmaydi. Bu ma’noda u hissiy bilish shakllariga nisbatan borliqdan uzoqroqda turadi. Lekin, tushuncha predmetning muhim belgilarini in’ikos qilishi, mohiyatini aks ettirishi bilan hissiy bilish shakllariga nisbatan borliqni chuqurroq, tо‘laroq ifoda etadi.
Tushuncha, hissiy bilish shakllaridan farqli о‘laroq, inson miyasida tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri aks etmaydi. U ma’lum bir mantiqiy usullardan foydalangan holda hosil qilinadi. Bu usullar: taqqoslash, tahlil, sintez, abstraksiyalash, umumlashtirishdir.

Yüklə 236,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin