Mantiq tushunchasi, mazmun- mohiyati. Mantiq fani shakllanishi va taraqqiyot bosqichlari. O’rta asrlardagi taraqqiyoti



Yüklə 236,29 Kb.
səhifə1/36
tarix20.11.2023
ölçüsü236,29 Kb.
#164239
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
falsafa 6-mavzu


7-MAVZU: MANTIQ
REJA:

  1. Mantiq tushunchasi, mazmun- mohiyati.

  2. Mantiq fani shakllanishi va taraqqiyot bosqichlari.

  3. O’rta asrlardagi taraqqiyoti.

  4. Yangi davr mantiq ilmi.



Mantiq ilmi jamiyat tarixida ikki ming yildan ko‘proq davr mobaynida o‘rganib kelinadi. Uni o‘rganish insonga olamni bilish, bilimlarini ko‘paytirish, atrofidagi odamlar bilan muloqotini to‘g‘ri tashkil qilish uchun xizmat qiladi. Fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan inson to‘g‘ri tafakkur shakllari va ular bilan bogliq qonun-qoidalarni bilib olar ekan, o‘z fikrini mantiqan to‘g‘ri qurishga, asoslangan bo‘lishiga, nafaqat o‘zining balki boshqalarning ham fikrlaridagi noaniqliklarni aniqlashga va tuzatishga o‘rganadi. Bu ish uzoq tarixga ega bo‘lgan mantiq ilmini chuqur bilishni taqozo etadi.
Mantiq keng ma’noda olamdagi qonuniy, zaruriy bog‘lanish va aloqalar, tartib va izchillik, tafakkurimizning ichki aloqadorligi, tadrijiy rivojlanishi, turli fikrlar о‘rtasidagi mantiqiy bog‘lanishlarni ifodalaydi. Tafakkur voqelikni umumlashtirib va mavhumlashtirib, muayyan mantiqiy shakllarda, ya’ni tushuncha, hukm va xulosa chiqarish hamda ular о‘rtasidagi aloqalar shaklida aks ettirib, ma’lum mantiqiy qonunqoidalarni vujudga keltiradiki, tо‘g‘ri, aniq, izchil, ziddiyatlardan xoli fikrlash ana shu qonun-qoidalarga amal qilishni taqozo etadi. Bu qonun-qoidalar amaliyotda vujudga kelgan bilimlarni isbotlash yoki rad etish, ularning tо‘g‘riligi yoki xatoligini tasdiqlash yoxud inkor etishga xizmat qiladi.
Kelib chiqishiga kо‘ra arabcha bо‘lgan “mantiq” (grekcha–logos) atamasi «fikr», «sо‘z», «aql», «qonuniyat» kabi ma’nolarga ega. Uning kо‘p ma’noligi turli xil narsalarni ifoda qilishda о‘z aksini topadi. Xususan, “mantiq” sо‘zi, birinchidan, obyektiv olam qonuniyatlarini (masalan, «obyektiv mantiq», «narsalar mantig‘i» kabi iboralarda), ikkinchidan, tafakkurning mavjud bо‘lish shakllari va taraqqiyotini, shu jumladan, fikrlar о‘rtasidagi aloqadorlikni xarakterlaydigan qonun-qoidalar yig‘indisini anglatish (masalan, «subyektiv mantiq» iborasida) va uchinchidan, tafakkur shakllari va qonunlarini о‘rganuvchi fan sifatida ishlatiladi.
Mantiq ilmining о‘rganish obyektini tafakkur tashkil etadi. «Tafakkur» sо‘zi ham arabcha bо‘lib, о‘zbek tilidagi «fikrlash», «aqliy bilish» sо‘zlarining sinonimi sifatida qо‘llaniladi. Tafakkur bilishning yuqori bosqichidir. Uning mohiyatini yaxshiroq tushunish uchun bilish jarayonida tutgan о‘rni, bilishning boshqa shakllari bilan bо‘lgan munosabatini aniqlab olish zarur.
Bilish voqelikning, shu jumladan, ong hodisalarining inson miyasida subyektiv, ideal obrazlar shaklida aks etishidan iborat. Bilish jarayonining asosini va oxirgi maqsadini amaliyot tashkil etadi. Barcha hollarda bilish insonning hayotiy faoliyati bilan u yoki bu darajada bog‘liq bо‘lgan, uning ma’lum bir ehtiyojini qondirishi mumkin bо‘lgan narsalarni tushunib yetishga bо‘ysundirilgan bо‘ladi. Bilish jarayonini amalga oshirar ekan, kishilar о‘z oldilariga ma’lum bir maqsadni qо‘yadilar. Ular о‘rganilishi lozim bо‘lgan predmetlar doirasi, tadqiqot yо‘nalishi, shakllari va metodlarini belgilab beradi.
Bilish murakkab, ziddiyatli, turli xil darajalarda va shakllarda amalga oshadigan jarayondir. Uning dastlabki bosqichini hissiy bilish– insonning sezgi organlari yordamida bilishi tashkil etadi. Bu bosqichda predmet va hodisalarning tashqi xususiyatlari va munosabatlari, ya’ni ularning tashqi tomonida bevosita namoyon bо‘ladigan va shuning uchun ham inson bevosita seza oladigan belgilari haqida ma’lumotlar olinadi.
Hissiy bilishning barcha shakllariga xos bо‘lgan xususiyatlari qatoriga quyidagilar kiradi:
Birinchidan, hissiy bilish obyektning (predmetning yoki uning birorta xususiyatining) subyektga (individga, tо‘g‘rirog‘i, uning sezgi organlariga) bevosita ta’sir etishini taqozo etadi. Tasavvur ham bundan istisno emas. Unda obrazi qayta hosil etilayotgan (yoki yaratilayotgan) predmet emas, u bilan bog‘liq bо‘lgan boshqa predmet–signal ta’sir etadi.
Ikkinchidan, hissiy bilish shakllari: sezgi, idrok va tasavvur predmetning tashqi xususiyatlari va munosabatlarini aks ettiradi.
Uchinchidan, hissiy bilish shakli predmetning yaqqol obrazidan iborat.
Tо‘rtinchidan, hissiy bilish konkret individlar tomonidan amalga oshirilganligi uchun ham har biri alohida holda konkret insonning sezish qobiliyati bilan bog‘liq tarzda о‘ziga xos xususiyatga ega bо‘ladi.
Beshinchidan, hissiy bilish bilishning dastlabki va zaruriy bosqichi hisoblanadi. Usiz bilish mavjud bо‘la olmaydi. Chunki inson tashqi olam bilan о‘zining sezgi organlari orqali bog‘langan. Bilishning keyingi bosqichi, boshqa barcha shakllari sezgilarimiz bergan ma’lumotlarga tayanadi.
Bundan kelib chiqadigan xulosa shuki, hissiy bilish tafakkur bilan uzviy bog‘liq. Xususan, nazariy bilimlarning chinligi oxir-oqibatda empirik talqin qilish yо‘li bilan, ya’ni tajribada bunday bilimlarning obyektini qayd etish orqali aniqlanadi. О‘z navbatida, hissiy bilish, umuman olganda, aql tomonidan boshqarib turiladi, bilish oldida turgan vazifalarni bajarishga yо‘naltiriladi, ijodiy fantaziya elementlari bilan boyitiladi. Masalan, guvohlarning bergan kо‘rsatmalari asosida jinoyatchining portreti (kompyuter yordamida fotoroboti) yaratiladi, yaqqol his qilinadi va qidiriladi.
Lekin shunga qaramay, hissiy bilish imkoniyatlari о‘z chegarasiga ega. U bizga alohida olingan predmetlar (yoki predmetlar tо‘plami), ularning tashqi belgilari haqida ma’lumot beradi. Unda mavjud predmetlar о‘rtasidagi aloqadorlik (masalan, muz bilan havoning harorati о‘rtasidagi bog‘lanish) о‘rganilmaydi, predmetlarning umumiy va individual, muhim va nomuhim, zaruriy va tasodifiy xususiyatlari farq qilinmaydi.
Predmet va hodisalarning mohiyatini tushunishga tafakkur yordamida erishiladi. Tafakkur bilishning yuqori bosqichi ratsional (lotincha ratio – aql) bilish bо‘lib, unda predmet va hodisalarning umumiy, muhim xususiyatlari aniqlanadi, ular о‘rtasidagi ichki, zaruriy aloqalar, ya’ni qonuniy bog‘lanishlar aks ettiriladi. Tafakkur quyidagi asosiy xususiyatlarga ega:
1. Tafakkurda voqelik mavhumlashgan va umumlashgan holda in’ikos qilinadi. Hissiy bilishdan farqli о‘laroq, tafakkur bizga predmetning nomuhim, ikkinchi darajali (bu, odatda, bilish oldida turgan vazifa bilan belgilanadi) belgilaridan fikran chetlashgan, mavhumlashgan holda, e’tiborimizni uning umumiy, muhim, takrorlanib turuvchi xususiyat va munosabatlariga qaratishimizga imkon beradi. Xususan, turli kishilarga xos individual belgilarni (xulq-atvor, temperament, qiziqish va shu kabilar) e’tibordan chetda qoldirgan holda, ular uchun umumiy, muhim belgilarni, masalan, ongga ega bо‘lish, maqsadga muvofiq holda mehnat qilish, ijtimoiy munosabatlarga kirishish kabi xislatlarni ajratib olib, «inson» tushunchasini hosil qilish mumkin. Umumiy belgilarni aniqlash predmetlar о‘rtasidagi munosabatlar va bog‘lanish usullarini о‘rnatishni taqozo etadi. Turli xil predmetlar fikrlash jarayonida о‘xshash va muhim belgilariga kо‘ra sinflarga birlashtiriladi va shu tariqa ularning mohiyatini tushunish, ularni xarakterlaydigan qonuniyatlarni bilish imkoniyati tug‘iladi. Masalan, yuqorida keltirilgan «inson» tushunchasida barcha kishilar bitta mantiqiy sinfga birlashtirilib, ular о‘rtasidagi muhim bog‘lanishlar (masalan, ijtimoiy munosabatlar) bilib olinadi.
2. Tafakkur borliqni nafaqat bevosita, balki bilvosita tarzda ham aks ettira oladi. Unda yangi bilimlar tajribaga har safar bevosita murojaat etmasdan, mavjud bilimlarga tayangan holda hosil qilinishi mumkin. Fikrlash bunda predmet va hodisalar о‘rtasidagi aloqadorlikka asoslanadi. Masalan, bolaning xulq-atvoriga qarab uning qanday muhitda tarbiya olganligi haqida fikr yuritish mumkin. Tafakkurning mazkur xususiyati, ayniqsa, xulosa chiqarishda aniq namoyon bо‘ladi.
3. Tafakkur insonning ijodiy faoliyatidan iborat. Unda bilish jarayoni borliqda real analogiga ega bо‘lmagan narsalar – yuqori darajada ideallashgan obyektlar (masalan, “absolyut qattiq jism”, “ideal gaz” kabi tushunchalar)ni yaratish, turli xil formal sistemalarni qurish bilan kechadi. Ular yordamida predmet va hodisalarning eng murakkab xususiyatlarini о‘rganish, hodisalarni oldindan kо‘rish, bashoratlar qilish imkoniyati vujudga keladi.
4. Tafakkur til bilan uzviy aloqada mavjud bо‘ladi. Fikr ideal hodisadir. U faqat tilda – moddiy hodisada (tovush tо‘lqinlari, grafik chiziqlarda) reallashadi, boshqa kishilar bevosita qabul qila oladigan, his etadigan shaklga kiradi va odamlarning о‘zaro fikr almashish vositasiga aylanadi. Boshqacha aytganda, til fikrning bevosita voqe bо‘lish shaklidir.
Tafakkur uch xil shaklda: tushuncha, hukm (mulohaza) va xulosa chiqarish shaklida mavjud.

Yüklə 236,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin