Manufaktura bu mehnat taqsimotiga asoslangan, lekin mashina hali mavjud boʻlmagan sharoitdagi kooperatsiyadir. Manufaktura davrida ishlab chiqarishning umumlashuv jarayoni davom etadi


Jadidchilik harakatining mazmuni va uning umumxalq ma‘naviyatini ko`tarishdagi o’rni



Yüklə 230,86 Kb.
səhifə16/17
tarix07.02.2023
ölçüsü230,86 Kb.
#83305
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
1. Jadidchilik harakatining mazmuni va uning umumxalq ma‘naviyatini ko`tarishdagi o’rni.
Insoniyat jamiyati taraqqiyotida bir bosqichdan ikkinchi bosqichga o’tish ma‘rifatparvarlikdan boshlanib, zamonaning yetuk, ongli, bilimli kishilari ma‘naviyat va ma‘rifat tarqatadilar. Natijada ma‘rifatli kishilar ma‘naviy qaramlik, qo’rquv va xadiksirashni bartaraf etib, beqiyos kuch-qudrat, saloxiyat egasi bo’ladilar.
Ma‘rifatli kishilar millat va Vatan ozodligi, Xalqning ma‘rifiy o’yg’oqligi va ma‘rifati uchun ko’rashadilar. Aynan shu nuqtai nazardan bizning Xalqimiz hamisha ma‘rifatga intilib kelgan. Shu boisdan dunyoviy va diniy ilmlarni uyg’unlashtirib, jaxon sivilizatsiyasiga buyuk xissa qo’shib kelganlar. Ular Forobiy, Ibn Sino, Xorazmiy, Axmad Farg’oniy, Buxoriy, Moturudiy, Mirzo Ulug’bek va boshqa ko’plab allomalardir.
Shu nuqtai nazardan Turkiston ma‘rifatchilik maktabi boy o’tmish va ulkan merosga egadir. Masalan: Maxmudxuja Bexbudiy, Munavvar kori Abdurashidxon o’g’li, Abdukodir Shakuriy, Ashurali Zoxiriy, Saidrasul Said Aziziy, Axmad Donish, Chulpon, Avloniy, Tavallo, Ayniy kabilar XIX asrning ikkinchi yarmida, mamlakatni milliy zulm va qoloklikdan yagona qo’tqarishning yo’li Xalqni ma‘rifatga erishishtirish deb tushunib, shu yul orqali ozodlik uchun ko’rash olib bordilar. Ular dunyo mamkatlarini ko’rib kelib, mustamlaka zulmidan ilm-ma‘rifat chirogini yoqish bilangina ozod bo’lish mumkinligini tushunib yetdilar. Shuning uchun ham yangi maktablarda nazariy va amaliy ishlarni qildilar. Bularni jadidlar deb atadilar. Demak, jadidchilik millatni ma‘rifat va ma‘naviyatga erishtirishga qaratilgan o’z zamonasidagi harakatdir.
Jadidlar jamiyatni to’ntarish yo’li bilan emas, islohatlar yo’li bilan rivojlantarishni o’zlarining asosiy maqsadi dеb bеlgiladilar. Ular insoniyatni sinflarga bo’lib tashlash tarafdori emas. Jadidchilar hatto qadimchilar bilan ham ittifoq tuzib, ular bilan xalq va kеlajak manfaati yo’lida baqamti ishlash, bugungi til bilan aytganda, turli siyosiy qarashlarga ega bo’lgan xalq qatlamlari bilan tinch – totuv yashashi va ishlash g’oyasini o’zlarining dasturiamali sifatida qo’lladilar. Buni biz M. Bеhbudiy ilgari surgan “muttahid” fronti g’oyasida ilgari surganidеk: “ ulomo yoki ziyoli va taraqqiyparvarlarimiz boy va avomimiz birlashib, din va millat va vatanning rivoji uchun xizmat etsak”, dеgan edi
Milliy armiya masalasi jadidlar qarashlaridan ilg’or g’oya sifatida o’rin olgan bo’lsa ham, ammo uni amalga oshirish uchun еtarli shart - sharoit bo’lmadi. Milliy armiya tuzish, uni qurollantirish masalasining o’zi hali hamma milliy – ozodlik kurashchilari o’rtasida to’liq hal etilmagan masala edi. Bu masalani ijobiy hal etish uchun esa faqat tashkilotchilikdan tashqari moddiy mablag’, qurol bilan taminlayoladigan manba zarur edi. Milliy – ozodlik kurashining boshidanoq marifatparvarlik, evolyutsion yo’lni tanlab olgan jadidlar uchun garchi siyosiy ong darajasi o’sgan bo’lsa-da, qurolli kurashga amaliy o’tish oson emasdi. Hatto Turkiston Muxtoriyati halokatga uchrash arafasida ham milliy – ozodlik kurashchilarning yagona dasturga ega, markazlashgan, zamonaviy qurollarga ega bo’lgan muntazzam milliy armiyasi tashkil etilmagandi. Sovеtlar tamonidan “bosmachilar” dеya nom olgan qo’rboshilar boshliq harbiy qismlar esa zamon talablari asosida tashkil etilmagan va zamonaviy qurollarga еtarlicha ega bo’lmagan. Buning ustiga milliy – ozodlik kurashchi gruhlar o’rtasidagi o’zaro ixtiloflar, ularning jadidlar bilan yagona kuch sifatida birlashmaganliklari sabab, o’lkada boshlangan milliy – ozodlik harakatining qurolli kuchlari ham g’alabaga erishaolmadilar. Bunga Farg’ona vodiysidagi qo’rboshichilik harakati qatnashchilari o’rtasidagi o’zaro munosabat bilan bog’liq holatlar va harakatning yirik nomayondasi Madaminbеk taqdirini misol kеltirishimiz mumkin. Falsafa fanlari doktori, profеssor, taniqli olim I. Karimov o’zining “Madaminbеk ” asarida yuksak mahorat bilan o’sha davr ruhini aks ettirib bеrgan.
Jadidlar qarashlarida harbiy qurol - yarog’ ishlab chiqarish, buning uchun harbiy bilimlardan xabardor bo’lishi zarur, dеgan g’oya muhim o’ringa ega. Masalan, Abdurauf Fitrat farangi obrazi orqali harbiy islohatchilik g’oyasini ilgari surib: “Nasroniy davlatlar ishlatayotgan qurol – yarog’lari odamning bir nеcha ming yillik ilm va ijtihodining natijasidir. Asrlar o’tmoqdaki, hanus biror nafar musulmon ulardan biron namunasini yasaganni eshitmadik. Magar vaqti еtdiki, hozirgi kunda tahsil bilan umumni komillikka еtkizsa”. ”


  1. 64.Fan va texnika faning boshqa fanlar bilan bog’liqligi

FAN — dunyo haqidagi bilimlar sistemasi, ijtimoiy ong shakllaridan biri. U yangi bilimlarni egallash bilan bo-liq, faoliyatni ham, bu faoliyatning mahsuli — olamning ilmiy manzarasi asosini tashkil etuvchi bilimlarni ham o`z ichiga oladi; inson bilimlarining ayrim sohalarini ifodalaydi. Fanning bevosita maqsadi o`zining o`rganish predmeti hisoblangan voqelikning qonunlarini kashf etish asosida shu voqelikning jarayon va hodisalarini ta‘riflash, tushuntirish, oldindan aytib berishdir. Fanning ilk kurtaklari kishilik jamiyatining paydo bo`lishi bilan bo-liq holda maydonga kelgan. Dastlabki bilimlar amaliy xarakterga ega bo`lgan. Tafakkur - sistemasining kurtaklari mifologiya sifatida qad. Sharq va Yunonistonda paydo bo`la boshlagan. Izoh-(tafakkur-bu inson aqliy faoliyatining yuksak shakli,ob‘ektiv vokelikning ongida aks etish jarayoni). .Rivojlanish davom etishi bilan mifologiya o`rninini naturfalsafa egalladi. Avestoda mifologiya va fan unsurlari ham o`z aksini topgan. Izox-(naturfalsafa-ya‘ni tabiatfalsafasi, tabiatni bir butun tizim sifatida, asosan, jonli mushohada negizida yoki tabiatshunoslikdan o`zlashtirilgan bilimlar orqali talqin etish va tushuntirish, uning umumiy manzarasini tasvirlash borasidagi falsafiy urinishlar majmuasi. Mas.Yunon faylasuflaridan Fales, Anaksimandr, Anaksimen, appoloniyalik Diogen, Geraklik naturfalsafaning asoschilari bo`lganlar).Zenon, Demokrit, Aristotel va boshqa qadimgi zamon mutafakkirlari tabiat, jamiyat va tafakkurni goho birgalikda, goho ayrim ayrim ravishda bayon etishga o`rina boshladilar. Dunyoni bir butun, deb ifodalovchi tushunchalar, isbotlash usuli paydo bo`ldi.Dunyoni bir butun, deb ifodalovchi tushunchalar, isbotlash usuli paydo bo`ldi. Ellinizm davrida Yevklid, Arximed, Ptolemey tomonidan geometriya, mexanika, astronomiya sohasida dastlabki nazariy sistemalar yaratildi. Izoh-(Ellinizm-bu Makedoniya, Yunoniston, O`rta dengizning sharqiy sohillari -arbiy Osiyo, Qora dengiz atrofidagi mamlakatlar tarixining Aleksandr istilosi mil.av.334-323y dan mil .av. 30 y.dan Misr Rim qo`shinlari tomonidan ish-ol etilgan paytgacha o`tgan davr. Ellinizm atamasi ilmda daslab nemis olimi I.G.Droyzenning 1836-43 y.da chop etilgan 2 jildli «Ellinizm tarixi» asarida qo`llangan va ushbu atama orqali ellinlarning Sharq mamlakatlaridagi hukmronligiga va ular madaniyatining Sharq xalqlari madaniyati bilan uyunlashib hosil qilgan Yangi madaniyat tushunilgan. Izox- (-arbiy Osiyo-Old Osiyo-Osiyo qit‘asining -arbiy va Jan--arb qismida joylashgan hududlarning shartli nomi. -arbiy Osiyoga tabiiy jihatdan Kichik Osiyo, Arabiston,Sinay yarim orollari va ularga yondosh orol va hududlarKipr,Kavkaz bo`yni,SHarqiy Tavr toqlari va Eron to-ligining kattaqismi, Mesopatamiya pasttekisligi hamda O`rta dengizning sharqiy sohilidagi hududlari) Dastlab fan rivoji bilan texnika taraqqiyoti o`rta sidagi yaqinlashuv XIV—XVIII asrlarda manufaktura ishlab chiqarish bilan bo-liq holda sodir bo`ldi. Bungacha moddiy ishlab chiqarish empirik tajribalar, hunarmandlik asosida shakllangan. Teologiya va sxolastika ta‘siridagi tabiat haqidagi ilmiy nazariy bilimlar ham ishlab chiqarishga hech qanday salbiy ta‘sir qilmasdan sekinlik bilan rivojlangan. Ilmiy va texnikaviy taraqqiyot inson faoliyatining 2 ta nisbatan mustaqil yo`nalishi sifatida yuksala borgan. XVI asrda savdo-sotiq va yirik manufakturadagi tub o`zgarishlar bir qancha aniq vazifalarni nazariy va eksperimental hal qilishni talab qildi. Bu davrda Kompas, porox va kitob nashr qilish ilmiy-texnikaviy faoliyatga asos solgan 3 ta yirik kashfiyot bo`ldi. Suv tegirmonlarining rivojlanayotgan manufaktura ishlab chiqarishida qo`llanilishi ba‘zi mexanik jarayonlarni nazariy tadqiq etishni talab qildi. Natijada charx-palak -ildiragi, charxpalak harakati nazariyasi, qarshilik va ishqalanish ta‘limotlari yaratildi. Fan bilan texnika yaqinlashuvining 2- bosqichi mashina ishlab chiqarishning XVIII asr oxiridan boshlab taraqqiy etishi bilan bo-liq bo`lib, bunda fan bilan texnika bir-birining jadal rivojlanishiga ta‘sir ko`rsatdi. Bu davrda ishlab chiqarish faoliyatida nazariy masalalarni hayotga tatbiq qilishga da‘vat etuvchi fanning maxsus bo`-inlari paydo bo`ldi: amaliy tadqiqotlar, ishlab chiqarish tadqiqotlari, amaliy konstruktiv ishlanmalar va h.k. Fan texnika taraqqiyotining 3-bosqichi fan-texnika inqilobi bilan bo-liq. Uning ta‘sirida texnika taraqqiyotiga qaratilgan ilmiy sohalar kengayadi. Texnik masalalarni hal qilishda biologlar, fiziologlar, psixologlar, mantiqshunoslar ishtirok etadi. Fan texnika taraqqiyoti shuningdek, ijtimoiy fanlar yo`nalishlari, iqtisod va ishlab chiqarishni tashkil qilish, iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarni ilmiy boshqarish, aniq ijtimoiy tadqiqotlar kabilarga bilvosita ta‘sir qiladi. Fanning texnikaga nisbatan yetakchilik mavqei yanada yorqin namoyon bo`ladi, fan texnikani uzluksiz inqiloblashtiruvchi kuchga aylanadi. O`z navbatida, texnika ham fan taraqqiyotiga ijobiy ta‘sir ko`rsatib, uning oldiga yangi talab va vazifalar qo`yadi. Hozirgi zamon fan-texnika inqilobining xarakterli xususiyati uning sanoat bilan birga ijtimoiy hayotning turli sohalari: qishloq xo`jaligi, transport, aloqa, tibbiyot, ta‘lim, maishiy xizmat kabilarni qamrab olganligida



  1. Amir Temur hayoti va faoliyatini gavdalantirish uning zamoni mohiyati, ruhi, muhitini tasvirlash uchun gapni tarix fani tayanib kelgan va bundan buyon ham tayanadigan asos zaminli eng muhim yozma manbalardan boshlash maqbul.Amir Temur hayot davrida zamondoshlari tomonidan va uning homiyligida yoki Sohibqiron vafotidan keyin hali voqealarning ohori to’kilmay va salaflarning merosini e’tiborga olgan holda yaratilgan asarlar ilk manbalar sifatida g’oyat qimmatlidir. O’sha davr taqqazosiga ko’ra bu asarlar forsiy tilda yozilgan. 1Nizomiddin Shomiyning “Zafarnoma”si bizgacha ikki tahrirda yetib kelgan. Birinchi tahriri 1404-yil iyun oyida Amir Temurning Erondan Movaraunnahrga qaytish paytida unga taqdim qilingan nusxa bo’lib, hali unga nom berilmagan edi. Ikkinchi tahriri o’sha paytda Ozarbayjon va Iroqni idora qilib 1 Amir Temur jahon tarixida.T.,2000,196-bet. 21 turgan Mironshohning o’g’li Mirzo Umarga taqdim qilingan nusxadir.Muallif uni bir qadar tahrir qilgan. Muqaddimaga ba’zi qo’shimchalar kiritgan.

Yana bir “Zafarnoma” Sharfuddin Ali Yazdiy (1454 y. vafot etgan)ning qalamiga mansub bo’lib, ko’tarinki uslubda bahodirlik qissasi tarzida yozilgan. Asar “Zafarnomai Temuriy”, “Tarixi jahonkushoyi Temuriy”, “Fathnomai Sohibqironiy” nomlari bilan ham atalgan bo’lib, Nizomiddin Shomiy asari asosida yozilgan. Sharafuddin Ali Yazdiy asarining bir qancha afzal taraflari bor. Masalan, ko’plab dalil va hodisalar aniqlab yozilgan. Xalil Sulton hukmronligi yillari voqealarini ham o’z ichiga olgan. Asarning yana bir muhiim afzalligi shundaki, uning katta muqaddima qismi ham bo’lib, unda Jo’ji, Chig’atoy uluslari hamda Elxoniylar davlatining Amir Temurgacha bo’lgan tarixi qisqacha bayon etilgan. Muqaddima “Tarixi Jahongiriy” va “Muqaddimai Zafarnoma” nomlari bilan ma’lum. Sharfuddin Ali Yazdiy bu asrni Fors hokimi, Temuriyzoda Ibrohim Sultonning topshirig’I bilan yozgan (1425).
Sharafuddin Ali Yazdiy”Zafarnoma” sining matni ikki jildda Kal’kultta (1885-1888) va Tehron (1957)da Mavloniy Muhammad Ilohdod va Muhammad Abbosiylar tarafidan chop etilgan. Fransuz(Pati de La Krua,1722) va ingliz (J.Darbi, 1723) tillardagi qisqacha tarjimalari ham bor. Asarning 1 Nizomiddin Shomiy.”Zafarnoma”.T.1996,4-bet. 22 Shayboniyxonlardan Ko’chkunchixon(1510-1529)vzamonida Muhammad Ali ibn Darvesh Ali al-Buxoriy o’zbek tiliga qilgan durustgina tarjimasi ham bizgacha yetib kelgan.

66Qadimgi Yunonistonda tabiiy fanlar rivoji.


 Qadimgi Yunonistonda tabiiy fanlarning vujudga kelishi.
Eramizdan oldingi Y asr yunon jamiyatining ijtimoiy-siyosiy va madaniy jihatidan yuksak taraqqiyot bosqichiga ko'tarilgan davridir. Bu taraqqiyot Eron-Yunon urushlaridan keyin Afina davlatining kuchayishi va demokratiya tomon rivojlanib borish bilan bog'lik bo'lib, chindan ham yunon elining oltin asri deb atalishiga arziydigan buyuk davrdir. Eng ilg'or madaniyat markazi Kichik Osiyodagi Ionif viloyatidir. Afina o'zining iqtisodiy va madaniy kamolatiga, asosan Y asrning 50-30 yillarida, ya'ni Perekl davrida erishadi. Perekl o'z zamonasining nixoyatda ishbilarmon davlat arbobi, otashin notiq odamlarda tashabbuskorlik ishtiyokini uyg'otishga moxir, ilmu-fan, san'at va adabiyotga qiziqqan bir shaxs edi. U butun yunon olamidan faylasuflar, olimlar, shoirlar va san'at ahllarini Afinaga to'playdi. Unga yaqin faylasuflar, Anaksagar, Suqrat, “Tarix fanining otasi” Gerodot, Sofokl, ajoyib haykaltarosh Fidiy va shularga o'xshash umumyunon madaniyatini yuksak pog'onalarga ko'targan yana birmuncha shaxslarni ko'ramiz.
Perakl zamonasida ilmiy-falsafiy ta'limotlar, ayniqsa, juda keng rivoj topdi. Olimlar va mutafakkirlar o'z asarlarida tabiat hodisalarini, ijtimoiy qonunlarni ochishga, ularni izohlashga va shu yo'sinda demokratik to'zumni to'g'ri va ba'mani eqanligini isbotlashga urinadilar. Eski diniy e'tiqodlarning asta-sekin susayib borishi, ilohiy kuchlarni koinot hodisalarida axtarishi, insonni ma'budalarning quli holatidan butun borlikning hukmroni darajasiga ko'tarish, uning idrok va iste'dodiga taxsin o'qish, istiqbolga chuqur umid bilan qarash – bu davr falsafiy oqimlarining asosiy xususiyatidir. Yangi tushunchalar o'z ifodasiga dastavval Anaksagar (500-428 yillar) falsafasida topadi. Perekl bilan do'stona munosabatda bo'lgan, uning siyosatini qo'llab-quvvatlagan va hukmronning istagiga ko'ra o'z zamonasining ilmiy-madaniy harakati tepasida turgan bu mutafakkir olim, eski diniy e'tiqodlarni inkor etib, butun koinotni behisob zarralardan tarkib topgan abadiyat ma'nosida tushunadi. Chunonchi, Quyosh bilan Oy, qadimgilar aytganidek, ilohiy kuchlar emas, bir umr lovullab yonib turadigan jismlardir.
Anaksagar inson ongi, qudrati va iste'dodini juda yuksak baholaydi. Uning ta'limoti qadimgi davrda keng yoyilgan va zamondoshlariga kuchli ta'sir o'tkazgan.
Y-asrning 2 yarmida butun Ellada tuprog'ida ijtimoiy hodisalarni o'rganish ishini o'z oldiga asosiy maqsad qilib qo'ygan yangi ilmiy-falsafiy oqim paydo bo'ldi. Bu oqimning vakillari o'zlarini “sofistlar” deb ataganlar.
Dastlab “sofist” so'zi ostida “donishmand”, “bilimdon”, “olim” degan ma'nolar ifoda etilgan bo'lsa, keyinchalik bu ibora falsafa mualliflariga taqalgan laqablarga aylanib ketdi.
Qadimgi Yunonistonda maktabxonlik ishlari sust bo'lgani uchun “sofistlar” shaharma-shahar kezib, shaxsiy suhbatlarda yoki jamoat oldida ilmu-fan asoslarini tashviq qilardilar.
Sofistlar bu davrning har tomonlama bilimdon kishilari bo'lib, o'z zamondoshlari zehnini boyitish, ularni ilmu-ma'rifat yutuqlaridan bahramand etish bobidan juda katta ishlar qildilar. Ular olamdan yuz o'gurib, o'zlarini xilvatxonalarida kitob titishdan o'zga narsani bilmaganlar va jamoa oldida ilmu-fan jarchilari bo'lishgan.
Sofistlar falsafiy bilimlardan tashqari yana bir muncha ijod sohalarida ham juda ulug' ishlarni qilganlar. Jahon madaniyatining bebaho yodgorliklaridan biri bo'lgan va Gippokrat nomi ostida bizga qadar yetib kelgan muolaja san'ati haqidagi kattakon asar ham sofistlar davrida yaratilgan. Shu xildagi ilmiy tadqiqotlar natijasi o'laroq, inson faoliyatining turli- tuman sohalariga doir asarlar yaratdilar.
Gerodotning “Tarix” asarini keyingi davr olimlari qayta ishlagan. Shulardan Aleksandriya olimlari buni 9 bobga bo'lib, yunon mifologiyasidagi 9 mo'zaning nomi bilan ataganlar. Aleksandriya chinakam tarixshunoslik ilmi bilan ijod qiluvchi yozuvchidir.
Shu sababli uning asari dastlabki yunon tarixchilari – “logoraflar” ijodida uchraydigan qator kamchiliklardan batamom qutulib ulgurgan emas. Gerodot ham o'zining ulug' zamondoshi Sofokl singari ma'budlarning qudratiga, taqdirining kuch-quvvatiga, inson baxtining bepandligiga chippa-chin ishonadi: kosinlarning karomatiga, mo''jizalarning rostligiga, hatto tushlarning muqarrarligiga aslo shubha qilmaydi. Gerodotdan minnatdor bo'lishimizning yana ham muhimroq sabablari bor: adabiyotimizning eng qadimgi yodgorliklaridan biri bo'lgan “To'maris” qissasi faqat shu odam tufayli bizgacha yetib kelgan.
Gerordot asarlarining fazilatlaridan biri-ajoyib san'atkorlik mahorati bilan yozilganligidadir. Yozuvchi biron hodisani bayon etar ekan, uni og'zaki rivoyatlar bilan boyitgan. Qadimgi Yunonistonda fanning turli sohalari bo'yicha mashhur olimlar yetishib chiqqanlar. Yunon olimlari Qadimgi Misr, Bobil va Kichik Osiyo halqlarining bilimlaridan ko'p bahramand bo'lganlar. Qadimgi Sharq fani yunon dunyosida ilm-fanning yanada rivojlanishiga barakali ta'sir etgan. Miloddan avvalgi YI asrda Kichik Osiyoning g'arbiy sohilidagi Ioniya viloyati va undagi Milet shahri ilm-fan taraqqiyotining markaziga aylangan. Ioniya olimlari Misr va Bobil olimlarining ilmiy bilimlaridan yaxshi xabardor bo'lib, o'sha bilimlarni yanada rivojlantirganlar.
Yunonistonning ulug' olimlaridan biri Aristotel edi. U Makedoniya podsholari saroyida yashagan tabibning o'g'li bo'lib, miloddan avvalgi 384 yilda tug'ilib, 322 yilda vafot etgan. Sharq dunyosida uni “birinchi muallim” deb baholaganlar, chunki u g'oyat keng bilimga ega bo'lgan. U juda ko'p asarlar yozgan. Uning mashhur asarlaridan biri “Siyosatdir”. Aristotel o'sha davrda ma'lum bo'lgan ilmiy bilimlarni alohida sohalarga bo'lib chiqqan va mustaqil fanlarga birlashtirgan. U fanlarni turkumlarga bo'lib, ularning har birini botanika, fizika, siyosat va tarix kabi nomlar bilan atagan.
Aristotel o'z zamonasidagi olimlar bilan birga Yer- shar shaklida bo'lib, u butun koinotning markazidir, Quyosh va yulduzlar Yer atrofida aylanadi deb hisoblagan. U Makedoniya podshosi Iskandarning ustozi ham edi. Aristotel o'z davri va keyingi davrlarning ham eng mashhur olimlaridan biri bo'lib qolgan.
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, qadimgi Yunonistonda asos solingan ilmiy yo'nalishlar keyingi davrlarda olimlarimiz tomonidan rivojlantirildi. Ilk bora aytilgan adabiy, siyosiy va tabiiy bilimlar falsafiy jihatdan tushuntirilgan bo'lsa, asta-sekinlik bilan isbot talab qiladigan fikrlar olimlarimiz tomonidan isbotlandi. Tabiatda bo'ladigan barcha hodisa va voqealarni ilmiy negizlarini izlashga tushdilar. Aristotel, Demokrit, Perekl, Anaksimen, Yevklid, Pifagor, Ptolemey va boshqa olimlarning ilmiy izlanishlari o'tmish ajdodlarimiz tomonidan har tomonlama ilmiy jihatdan tahlil qilindi. Ayniqsa, bu narsani “Bayt al-hikma”da faoliyat ko'rsatgan olimlarning tarjimonlik maktabida, Xorazm Ma'mun Akademiyasi va Mirzo Ulug'bek davridagi olimlarning ilmiy izlanishlarida ko'rish mumkin.

67Rim madaniyatining vujudga kelishi va taraqqiy etishiga etrusklardan tashqari boshqa qadimgi italiy xalqlari, ayniqsa, janubiy Italiyada, qisman, Kampaniyada yashagan osklar ham birmuncha taʼsir ko‘rsatganlar. Osklar nafaqat o‘z tili, balki yozuviga ham ega bo‘lganlar. Ular boshqa italiy xalqlaridan oldin Apennin yarim orolining janubidagi yunonlar bilan aloqa bog‘lab, boshqa italiy aholi, jumladan, rimliklarga yunonlarning madaniy taʼsirini o‘tkazganlar. Miloddan avvalgi IV asrning birinchi yarmi va III asr boshlarida rimliklar janubiy italiy aholisi va bu viloyatlarning yunon shaharlari bilan siyosiy-iqtisodiy va madaniy aloqada bo‘lganlar. Greklar qisqa vaqt ichida Rim aholisining shaxsiy va ijtimoiy hayotiga nihoyatda kuchli madaniy taʼsir ko‘rsatgan. Rimliklar janubiy Italiyaning yunon shaharlarini o‘zlariga bo‘ysundirgach, Rimda ko‘plab yunonlar paydo bo‘ldilar. Ular qisman harbiy asir va qullar, qisman ko‘chib kelgan kishilar — savdogarlar, hunarmandlar, erkin kasb egalari edilar. Yunonlar Rim hukmron tabaqalariga yunon tili ellinizm davrida O‘rta dengiz xalqlarining xalqaro tilini o‘rganishlariga yordam berganlar, ularni yunon adabiyoti, fani va falsafasi bilan tanishtirganlar. Rimda yunonlarning olimpiya xudolarini hurmatlay boshlaganlar, natijada yunon ibodatxonalari paydo bo‘lgan, yunon meʼmorchiligi va haykaltaroshligi asarlari yaratilgan.[2]Qadimgi Rimning jahon madaniyatiga qo'shgan hissasi
Qadimgi Rimning zamonaviy rivojlanishiga qo'shgan hissasi Evropa tsivilizatsiyasi inkor etib bo'lmaydigan Qadimgi davrda rimliklar lotin alifbosini yaratdilar, unda hamma O'rta asr Evropasi... Rimda yaratilgan tizim fuqarolik huquqi , fuqarolik qadriyatlari aniqlanadi: vatanparvarlik, o'ziga xoslik va buyuklikka ishonish. Xristianlik bu erda tarixan rivojlanib, insoniyatning keyingi rivojlanish bosqichlariga kuchli ta'sir ko'rsatdi. Beton rimliklar tomonidan kiritilgan. Ular dunyoga ko'prik va suv quvurlari qurishni o'rgatishdi.
Haykaltaroshlik va san'at Qadimgi Rim madaniyatining bir qismi sifatida
Qisqacha Qadimgi Rim madaniyati va tarixi
Chiqish
Tarixdagi eng buyuk odamlar o'z so'zlarida qadimgi Rim va uning madaniyatini maqtashgan. Shunday qilib, Napoleon: "Rim tarixi - butun dunyo tarixidir", dedi. Shubhasiz, agar Rim imperiyasi 476 yilda "vahshiy" qabilalar hujumiga qarshi tura olganida edi, Uyg'onish davri dunyoga ancha oldinroq paydo bo'lardi. Qadimgi Rimning qo'shgan hissasi jahon madaniyati shunchalik ajoyibki, u uzoq vaqt o'rganiladi.
Yunon san'ati o'sha notinch davr odamlarini hayajonga solgan g'oyalarni yorqin aks ettirdi va badiiy madaniyat O'rta er dengizining turli sohalarida san'atning ko'plab turlarini rivojlantirish uchun asos bo'ldi. Miloddan avvalgi 1 -asr oxiridan ellinistik davlatlarning yo'q bo'lib ketishi bilan. NS. etakchi qiymat qadimgi dunyoda sotib oladi rim san'ati... Yunoniston madaniyati va san'atining ko'plab yutuqlarini o'zlashtirgan holda, bu ularni ulkan Rim davlatining badiiy amaliyotida mujassam etgan.
Rimliklar ancha aqlli dunyoqarash xususiyatlarini yunonlarning qadimiy antropotsentrizmiga kiritdilar. Fikrlashning aniqligi va tarixiyligi, qattiq nasr yunonlarning afsonaviy mo''jizaviy she'riyatidan yiroq, ularning badiiy madaniyati ostida yotadi.
Rim madaniyati bizning ongimizga maktab yillaridan Romulus, Remus va ularning boqiy onasi-bo'ri haqidagi sirli afsonasi bilan kirib kelgan. Rim - gladiator qilichlarining jiringlashi va pastga tushirilgan bosh barmoqlar Gladiator janglarida bo'lgan va mag'lub bo'lganlarning o'limiga chanqoq bo'lgan Rim go'zallari. Rim - Yuliy Tsezar, Rubikon qirg'og'ida "O'lim quyiladi" deb aytadi va boshlanadi Fuqarolar urushi va keyin fitnachilarning xanjarlari ostiga tushib: "Va sen, Brut!" Rim madaniyati ko'plab Rim imperatorlarining faoliyati bilan bog'liq. Ular orasida Avgust ham bor, u g'urur bilan Rimni g'isht sifatida qabul qilganini e'lon qiladi va o'z avlodlariga marmar qoldiradi. Kaligula, otini senator qilib tayinlamoqchi, Klavdiy o'z imperatori Messalin bilan, uning ismi zo'ravonlik bilan sinonimga aylandi, Neron, Troya olovi haqidagi she'rdan ilhom olish uchun Rimga o't qo'ydi. "


Yüklə 230,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin