«Axborot»ning 13 jildi (1898-1917), Turkiston havaskor arxeologlari to’garagining majlislar qarorlari va «Axborot»laridan 21 to’plam (1896-1917) va boshqa sohalardagi «Axborot»lar singari ma’lumotlari bosib chiqarilgan bo’lib, bu ahvol ilmiy izlanishlarning bir qator jonlanganligidan dalolat berar edi. O’sha vaqtlarda havoskor rus kolleksiyachilaridan Barichevskiy, Vyatkin Kastal’skiy, Komarov, Petrov-Borzna, Poslavskiy, Stolyarov, Terentyev, Trafimov, Likoshin va boshqalarning to’plagan ko’pdan-ko’p ma’lumotlari hammaga mashxur edi. Bu arxeologik yig’malarning aksariyati 1871,1874,1889-yillarda Toshkent, Samarqand va Farg’onada ochilgan muzeylarda, shuningdek Sankt-Peterburg, Moskva muzeylari ko’rgazma va zaxiralarda saqlanadi. Shu bilan bir qatorda o’lkaning etnografiyasini o’rganishda aytarli tadqiqotlar olib borildi, serob manbalar to’planildi. Bu borada V.V.Bartold, N.I.Veselovskiy, V.V.Radlov, A.N.Samoylovich mashxur sharqshunoslarning yaratgan asarlari ham ahamiyatlidir. 1907-yilda bibliograf I. V. Dmitrovskiy rahbarligi ostida «Turkiston to’plami»ni tuzish ishlari yangidan boshlandi. 1917-yilga qadar to’plam jildlarining soni 394 ga etkazilgan edi. Hozir bu to’plam Alisher Navoiy nomli O’zbekiston milliy kutubxonasida saqlanadi. 1952-yilda Moskvadagi Davlat xalq kutubxonasida «Turkiston to’plami»ning yana 29 jildi topildi. Bu to’plamlarda O’rta Osiyo va unga qo’shni bo’lgan Sharq mamlakatlarining tarixi, arxeologiyasi, etnografiyasi, adabiyoti, iqtisodiyoti, madaniyat tarixi va boshqa masalalariga doir keng ma’lumotlar taqdim qilingan. yil Samarqand okrugining boshlig’i general Abramov mayyor Borzenkovga Afrosiyobda sinov tariqasida qazishma ishlari o’tkazishni topshirdi. Borzenkov tajribasizligi natijasida ana shu havaskorlik qazishma ishlarini shaharchaning shimoliy qismida va uning chekka joylarida uzunasiga va ko’ndalangiga o’tkaza boshladi. Ayni vaqtda qadimiy davrga oid bo’lgan ayrim narsalar, «qandaydir» qurilmalarning qoldiqlari topildi; shu bilan ish ham tamom bo’ldi. Oradan ko’p o’tmay Borzenkovning o’zi vafot etdi. M.H.Rostislavov gazetaga yozma maqolasiga Borzenkov tomonidan olib borilgan qazishma ishlari haqida ba’ zi bir ma’lumotlarni keltirdi.
Mahalliy arxeologlardan V. L. Vyatkinning (1869-1932) ishlari ham diqqatga sazovordir. Bu olim 1908-yilda Samarqanddagi mashxur Ulug’bek rasadxonasining qoldiqlarini topdi va ko’p-yillar qazib, uni to’la ochishga erishdi. Vyatkin, katta arxeologik kolleksiyalar to’pladi, Samarqand yodgorliklarini o’rganish va saqlash bilan dong taratdi, qadimgi Afrosiyob (Samarqand) shahrini va uning atroflarini tadqiq qilib, katta tarixiy va arxeologik manbalar to’pladi.34 O’rta Osiyoni arxeologik jihatdan o’rganish ishlari, bu hududlarning Rossiya tomonidan bosib olingandan keyin qisman jonlangan desak xato emas. Yuqori satrlarda zikr etilganidek, o’z zamonida ilg’or dunyoqarashga ega rus ziyolilarining mahalliy tarixchilar hamda arxeologiya havaskorlari bilan o’rnatgan ilmiy hamkorligi o’lka tarixini, arxeologiyasini o’rganishda bir qator ijobiy rol o’ynadi.