35
Bunday olimlar orasida P.I.Lerx, V.V.Grigoryev, N.I.Veselovskiy, V.A.Jukovskiy,
V.Bartold singari arxeologlar bor edi. Rus olimlari O’rta Osiyoga kelgach yodgorliklarga e’tibor bera boshladilar. Shuningdek ular mahalliy o’lkashunos va havaskorlarni o’z atroflariga birlashtirdilar. Ularga uslubiy yo’ l-yo’riqlar ko’rsatdilar. Shulardan biri o’zbek sharqshunosi, havaskor arxeologi Akram Polvon Asqarov bo’lib,u yodgorliklarni tarixshunoslik nuqtai nazardan o’rganishda tashabbus ko’rsatdi. Rus olimlari havaskor mahalliy kishilar bilan hamkorlikda turli davrlarga doir arxeologik yodgorliklarni ro’yxatga oldilar va tekshirdilar.
Birinchi marta O’rta Osiyoda tosh davri qurollari bo’yicha dastlabki ma’lumotlar XIX asrning 50-yillarida to’plangan.
O’rta Osiyoda ibtidoiy kishilar yashaganligi haqida rus olimlari birinchilardan bo’lib fikr bildirishgan edilar. Jumladan, A.S.Uvarovning uqtirishicha, agar Yevropa qit’asida mamont davrida ibtidoiy odamlar yashaganligi aniqlangan ekan, demak, bu jarayon O’rta Osiyoda ham bo’lgan. Xullas, XIX asrning o’rtalariga, ya’ni Rossiyaning bu o’lkalarni bosib olinishiga qadar ham O’rta Osiyo ibtidoiy davri tarixidan darak beruvchi qiziqarli manbalar to’plana borgan. Bu manbalar turli kasbdagi kishilar tomonidan to’nlangan va hozir ham Sankt-Peterburg, Moskva, Toshkent, Samarqand singari shaharlarning muzey zaxiralarida saqlanib kelinadi. Ularning aksariyati o’rganilib chiqilgan ham. Xullas, muzeylar manbalarining guvohlik berishicha, XIX asrning o’rtalarga kelib, O’rta Osiyoning tosh asri haqida dastlabki ma’lumotlar to’plana borgan. Masalan, A.A.Spisinning ma’lumotiga ko’ra, Qirg’izistonda 1850-yilning yozida qadimgi mozorlar tekshirilib ko’rilganda, toshdan yasalgan 4 ta kamon o’qi topilgan. Shu- yili S.I.Gulyayev qadimgi tog’ konlarida kuzatishlar olib borib, ibtidoiy kishilarning mehnat qurollarini topadi. U shunday tosh bolg’alarning Qoraqalin o’lkasida ham topilganligi haqida xabar beradi. Doktor A.Shrenko 1855-yili toshdan yasalgan bolg’alar topib, antropologiya va etnografiya muzeyiga topshirganligi haqida ma’lumot beradi. A.Gebel topilmalari ham qiziqarlidir. U, 1864-yili (Hozirgi Fedchenko bug’ozi) Mang’ishloq yarim oroli hududidan bir necha tosh paraqalari hamda o’zaklarini topgan va ularni Peterburgdagi antropologiya, etnografiya muzeyiga sovg’a qilgan. Bu dalillar O’rta Osiyo hududida ibtidoiy davrning boshdan kechirganligi haqidagi dastlabki ma’lumotlar edi. Ammo mutaxassis arxeologlarning yo’qligi hamda tekshirish ishlarining xali yo’lga qo’yilmaganligi tufayli bu topilmalarga nisbatan ilmiy tafsilotlar yaratilmagan, shuningdek, ayrim topilmalar esa kishilarning shaxsiy kolleksiyalarida qolib ketgan, fan olamiga olib chiqilmagan.
1853-yilda S.I.Gulyayevning ko’rsatib o’tishicha tosh qurollar Kara-Komin okrugida Blagodat-Stefanov zavodidan 7 verst uzoqlikda tosh bolg’alar kuzatilgan.
Gulyayevning ko’rsatib o’tishicha bu aniqki bunday tosh qurollar tosh davrining oxirgi davrlariga tegishli G.F.Parfenovning hisobotlarida ko’rsatilishicha mana shunday qurollar ham Mang’ishloqda, Toshkentda, Samarqandda topilgan. Veselovskiyning ko’rsatib o’tishicha Sibir trakti yaqinidagi Qorasuv (1881-yil) A.V.Kaulbarsning eski Marv yaqinidagi ovolsimon tosh qurollarning topilishi (1890-yil), Jukovskiy Gavrqal’a arkidan tosh bolg’asini topishi, Toshkent atrofida
Dostları ilə paylaş: |