Maqsudov asliddin murodovich turkistonda rus sharqshunosligi va arxeologiyasi tarixi



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə35/64
tarix03.03.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#86424
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   64
Turkistonda arxeologiya xavaskorlari

38




etnografiya, tabiatshunoslik masalalariga oid o’tkazilgan yig’ilishda N.P.Ostroumov chiqish qilib, kelgusidagi arxeologik tadqiqotlarni ko’paytirishni talab qilgan. «Bizning o’lkada,- degan edi Ostroumov-arxeologik yodgorliklar ko’p. Ularni o’rganib chiqish zarurdir.» deb ta’kidlab o’tgan. V.V.Bartold yig’ilish ishtirokchilarini arxeologik qiduruvdagi dastlabki natijalar bilan tanishtirdi. Bu

  1. yilgi tadqiqot xususida edi. Ostroumov va Bartoldning chiqishlari yig’ilish ishtirokchilari tomonidan yaxshi kutib olindi. Toshkentda arxeologik to’garak ochilganligi rasman tasdiqlandi. To’garakning nizomi 1895-yil 31 oktyabr kuni tasdiqlandi. To’ garak faoliyati quyidagilardan iborat bo’lishi lozim edi:

  1. Turkiston o’lkasidagi yodgorliklar bilan tanishib chiqish; b)O’lkaning arxeologik xaritasini tuzib chiqish; v)Arxeologik yodgorliklarni saqlab qolish; g)Arxeologik qazuv ishlarini yo’lga qo’yish; d)Mahalliy arxeologik materiallarni qayta ishlash.

Turkiston havoskor arxeologlar to’garagining ochilishi 1895-yil 14-dekabr kuni amalga oshirildi. «Turkestankiye vedomosti» gazetasida to’garak ochilishi bilan bog’liq holatlar yoritib borilgan. 1896-yil 22-dekabr kuni Turkiston havoskor arxeologlar to’garagining yig’ilishi bo’lib, 47 ta a’zo kishilarning ro’yxati tuzib chiqildi. M.S.Andreyev, A.A.Devala, N.G.Maliskiylar to’garakda tashabbuskor
37
bo’lib hisoblangan.
Keyinchalik to’garakning 108 a’zosi bo’lib, bular orasida V.V.Bartold, D.M.Levshin, N.S.Likoshin, K.V.Ariston, V.F.Oshanin va boshqa mashxur kishilar ham bor edi. To’ garakda ilg’or kayfiyatdagi rus ziyolilarining ta’ siri kuchli edi. Ular O’rta Osiyo tarixi va qadimgi yodgorliklariga hurmat bilan qarab, ilmiy- tekshirish ishlarini jonlantirib yuborgan edilar.
To’garakning yig’ilishlarida arxeologik masalalar muhokama qilinib borgan. Yirik vakillardan I.T.Smirnov to’garakning 1895-yil 11-dekabr kungi yig’ilishida asosiy masalalarni o’rtaga tashlagan. Toshkent shahri atrofi va Chirchiq vohasidagi yodgorliklarni o’rganish masalalari ilgari surildi. Oddiy aholi tomonidan topilgan kolleksiyalar olinib, ro’yhatga kiritildi. Ushbu topilmalar ham katta ko’rsatkichni tashkil etgan. O’rta Osiyo arxeologiyasini o’rganishdagi asosiy yo’nalishlarni ko’rsatishga harakat qilgan. Xo’jand tarixi topografiyasini o’rganishda M.S.Andreyev etakchilik qilgan. Xo’jakentga qarama-qarshi joylashgan Mo’g’ul to g’dan ko’plab arxeologik ashyolar topilgan. 1896-yil 15-dekabr kuni Toshkentdan Turkiston havoskor arxeologlar to’garagining telegrammasi Rus Arxeologlar jamiyatiga yuborildi. Kelgusidagi rejalar taklif qilingan. 1896-yil Toshkentda Rus Geografik Jamiyatining Turkiston bo’limi tashkil etilishiga ruxsat berildi. Bo’lim o’z faoliyatini 1897-yil 29-noyabr kuni boshlangan. Turkiston havoskor arxeologlar to’ garagi bu vaqtda o’z funksional vazifalarini belgilab olgan edi. 1901-yilga kelib Sharqshunoslar Jamiyatining bo’limi ochildi. Ularning barchasi ilmiy-tadqiqot yo’nalishida faoliyat olib borishdi. Turkiston Arxeologlar Jamiyatining filiallari ham ochildi. Bulardan biri Samarqandda edi.
To’g’ri, to’garak a’zolarining o’rtaga qo’ygan masalalari va mulohazalari, dastlab topgan materiallari, undan keyingi tadqiqotchilar uchun yordamchi

37 Лунин Б.В. Из истории русского востоковедения и археологии в Туркестане. Туркестанский кружок

любителей археологии (1895-1917гг.). Т.,1958. Стр. 43-45.



Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin