Maqsudov asliddin murodovich turkistonda rus sharqshunosligi va arxeologiyasi tarixi



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə28/64
tarix03.03.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#86424
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   64
Turkistonda arxeologiya xavaskorlari

31


  1. BOB.

RUS ShARQShUNOSLARINING TURKISTON O’LKASINING QADIMIY TARIXINI O’RGANIShDAGI HARAKATLARI.


Ш.1. Turkistonning ilmiy jihatdan o’rganilishining boshlanishi.
O’rta Osiyoning chor qo’shinlari bosib olishdan ancha ilgari, hatto Imperator Pyotr I zamonida ham bu o’lkaga nisbatan bo’lgan qiziqish kuchli bo’lgan. Rus chor hukumati hayolidan O’rta Osiyo hyech qachon ko’tarilmagan. Shu maqsadlarni amalga oshirish ishtiyoqida bu yerga bir necha razvedka ishlari amalga oshirilgan. Bu ishlarning ayrimlari arxeologik tekshiruv o’tkazish niqobida ham bo’lgan. Shundan arxeologik razvedkali ekspedisiyalardan biri 1819-yildagi kapitan N. N. Muravyevning tekshirish ishlari edi. Ekspedisiya Turkmaniston va Xiva tumanlariga jo’natilgan edi. U aslida harbiy maqsaddagi ekspedisiya bo’lsada, bir muncha qiymatli kuzatuvlar olib bordi, ko’pgina qadimgi yodgorliklarni ro’yxatga oldi, turli turmush buyumlarini to’pladi. Keyinchalik N. N. Muravyevning kundalik daftari fransuz va nemis tillariga tarjima qilindi. Unda Xiva xonligi haqida qiziqarli ma’lumotlar to’plangan edi.29
Ilmiy ishlar hukumat bilan bog’langan holda olib borilishi talab qilingan 1846-yilgi Bichurinning ishini eslab o’tish joiz. Bichurin Akademiyadan to’plam- mavzu uchun topshiriq olgan. 1847-yil rus qo’shinlari O’rta Osiyoga yurishni boshlagach, Fanlar Akademiyasi uchun bu yerda ish olib borish dolzarb ahamiyat kasb etgan. Rus ziyolilari ham O’rta Osiyoni o’rganishga qiziqa boshladi. Boy tabiiy xususiyatlari, o’tmishdagi madaniyati ular uchun obekt bo’lib hisoblangan.
O’rta Osiyo tarixini o’rtanishda rus sharqshunoslarining roli aytarli darajada ma’lum. XIX asrning ikkinchi yarmida O’rta Osiyo chor qo’shinlari tomonidan bosib olingach, bu yerga rus olimlari kelib, ko’plab tadqiqot ishlarini olib bordilar. Avvalambor bu ish chor hukumati foydasiga bo’lsada, ammo, bajarilgan ilmiy ishlarning ahamiyati ham aytarli edi. Shunday murakkab va og’ir sharoitda ham tarixchilar, sharqshunoslar, arxeologlar o’z fikr va mulohazalarini erkin bayon etishga harakat qilganlar, asarlar yaratganlar. Ammo, mustamlaka siyosatmandlari xalq ommasining milliy ongini o’stirishga yordamlashishni aslo ma’qul ko’rmasada, fan uchun xizmat qiluvchilar ham bor edi. Ularning faoliyatlari ham mavjud sharoitga nisbatan qiyin kechgan, albatta. Sababi, chor hukumati amaldorlari omma o’rtasida tarixiy bilimlarni targ’ibot qilish, ular diqqatini qadimgi zamon yodgorliklarini o’rganishga tortish kabi ishlardan cho’chir edilar. Binobarin, O’rta Osiyoning yangi-yangi hududlarida Rossiya hukmronligining o’rnatilishi, ularning umumrossiya iqtisodiy taraqqiyot yo’liga qo’shib yuborilishi tufayli turmushning o’zi ilmiy tadqiqotlar o’tkazish zarurligini taqoza qilardi. O’rta Osiyoning yaxshiroq o’rganilmaganligi mustamlaka ma’muriyatining maqsadlarini ro’yobga chiqarishda halaqit berar edi. Ilmiy tadqiqot ishlarining ma’lum bir qismi, o’zlarining ko’p asrlik tarixiga, o’z urf-odatlari, xususiyatlar, turmush tarziga ega bo’lgan ko’p sonli O’rta Osiyo xalqlari ommasini ekspluatasiya qilish tizimini

29Журакулов М. Археология фанига мукаддима. Самарканд., 2001. 40-бет.


Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin