harakati Podsho Rossiyasining Turkistonda joriy etgan ma’muriy- boshqaruvi tizimi xalqning boshiga solingan siyosiy sirtmoq bo’ldi. Bosqinchilar avvalo, Turkiston boyliklarini talon-taroj qildi, so’ngra o’lkani xom-ashyo bazasiga aylantirib iqtisodiyotni o’z manfaatlari yo’lida jilovlab oldi. Og’ir soliqlar, g’ayriqonuniy majburiyatlar aholini tobora qashshoqlashtirib bordi. Mustamlakachilar mahalliy aholining milliy qadriyatlari, urf-odatlarini oyoq osti qilardi, ma’naviy zug’um kuchayib borardi. Rossiya Turkistonni o’z mustamlakasiga aylantirgach, uning siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-madaniy zulmi kuchayib bordi. Chorizmning mustamlakachilik zulmiga qarshi xalqning noroziligi, nafrati oshib bordi, qo’zg’olon ko’tarishiga sabab bo’ldi. Qo’zg’olonlarning harakatlantiruvchi kuchi dehqonlar, shahar hunarmand-kosiblari, kambag’allar bo’ldi. Bu harakatlarda vatanparvar ruhoniylar, milliy g’ururini yo’qotmagan boy zamindorlar ham ishtirok etdilar. 1879-yilda 600 ga yaqin g’alayonchi Farg’ ona viloyat boshqarmasi binosini qurshab olib, harbiy gubernatordan Marg’ilon tumanidan olinayotgan soliqlarni kamaytirishni talab qiladi. G’alayonchilar avzoidan cho’chigan, vaziyatning jiddiyligini anglagan viloyat harbiy gubernatori bo’lajak katta janjalning oldini olish maqsadida xalqqa yon bosib, ularning talablarini o’rganib chiqishga va’da beradi va g’ayriqonuniy soliq yig’uvchilarni aniqlab, ularni ishdan chetlashtirishga majbur bo’ladi. 1880-1883-yillarda mustamlakachilik zulmiga qarshi qator chiqishlar bo’lib o’tdi. Xo’jand, O’ratepa, Namangan, O’sh va Chustda ko’tarilgan qo’zg’olonlar bunga misol bo’la oladi. Manbalarda 1885- 1892-yillarda Farg’ona viloyatida xalqning 205 marta siyosiy chiqishlari, harakatlari ko’tarilgani qayd etilgan. Farg’onadagi vaziyatdan cho’chigan viloyat harbiy-gubernatori Vrevskiy aholidan ko’z-quloq bo’lib turish uchun Markaziy hukumatga maxfiy siyosiy polisiya xizmatini tashkil etish taklifini ilgari suradi. U Farg’ona viloyatining har bir tumanida maxfiy ayg’oqchilar tarmog’ini vujudga keltirish uchun o’z ixtiyoridagi mablag’dan foydalandi. O’lkaning oliy harbiy- siyosiy doiralari tobora kuchayib borayotgan norozilik to’ lqinini pasaytirish uchun ta’ sirchan vosita izlay boshladi. Qurolli kuchlar va polisiya xizmatini kuchaytirish tadbirlari uchun bir-yilda 5,5 mln. so’m sarflanardi. Holbuki, undan ham muhim hisoblangan temir yo’l uchun bor yo’g’i 190 000 so’m ajratilganini hisobga olsak, podsho hukumatining xalq harakatidan naqadar xavotirga tushgani aniq bo’ladi.26