Maqsudov asliddin murodovich turkistonda rus sharqshunosligi va arxeologiyasi tarixi



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə23/64
tarix03.03.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#86424
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   64
Turkistonda arxeologiya xavaskorlari

25




Kaufman Xudoyorxonning 40 aravadagi qimmatbaho boyliklarini musodara qilib, o’zini Orenburgga surgun qiladi. Xudoyorxon, podsho ma’murlari hiylasini anglab etkach, bir amallab bandilikdan qochib hajga ketadi va hayoti ayanchli yakun topadi. Xudoyorxon qochgach, qo’zg’olonchi kuchlar kimni xon qilib ko’tarish masalasida ikkiga bo’linib ketadi. Ayrim kuchlar Nasriddinbekni, boshqalari Po’latxonni taxtga chiqarmoqchi bo’ladi, ziddiyat yanada kuchayib boradi.
Kaufman xonlikdagi ichki kelishmovchilikdan foydalanib, uni batamom bosib olish uchun 1875-yil avgustda katta qo’shinlarni urushga safarbar etdi. Xonlikni bosib olishda generallar M.D.Skobelev, Golovachev va boshqa zobitlar «jonbozlik» ko’rsatdilar. Nasriddenbek, lashkarboshi Abdurahmon oftobachi bosqinchilarga taslim bo’lib ular tomoniga o’tdilar. 1876-yil fevralda xalq qo’zg’olonlari qon bilan bostiriladi. Po’latxon 1876-yil 1-martda dorga osildi, uning safdoshlari ayovsiz jazolandi. 1873-1876-yillardagiFarg’ona vodiysidagi qo’zg’ olonlar xalqning ozodlik harakati edi. Buni o’sha davrda Kaufman ham xalq qo’zg’oloni deb e’tirof etgan. 1876-yil fevralida Rossiya imperatori Aleksandr II ning maxsus farmoni bilan Qo’qon xonligi tugatildi, uning o’rniga Farg’ona viloyati tuzilib, Turkiston general-gubernatorligi tarkibiga kiritildi. Viloyatga M.D.Skobelev harbiy gubernator etib tayinlandi. U tez orada Oloy vodiysini ham o’z tasarrufiga kiritdi. Yendi bosqinchilar turkmanlar yashaydigan hududlarni istilo qilishga kirishdilar. 1877-yilda Qizil Arvot, 1881-yilda Asxabod, 1884-yilda Marv bosib olindi. Bosib olingan yerlarda Kaspiyorti viloyati tuzilib, u Turkiston general-gubernatorligi tarkibiga kiritildi. Shunday qilib, Rossiya imperiyasi20-yil davom etgan qonli urush bilan butun O’rta Osiyoni bosib oldi. Bosib olingan o’lkada mustahkam va batamom o’rnashib olish maqsadida chet mamlakatlar bilan chegaralarni aniqlash choralarini ko’rdi. 1881-yilda Rossiya-Eron chegara konvensiyasi imzolanib, yangi Rossiya mulklari va Rossiya-Eron o’rtasidagi chegara belgilandi. 1885-1887-yillarda Rossiya va Angliya hukumatlari tomonidan Rossiya-Afg’oniston chegarasi, 1895-yilda esa Pomirdagi chegaralar belgilanadi. Bu podsho Rossiyasining O’rta Osiyodagi bosqinchilik harakatining yakunlovchi
25
nuqtasi bo’ldi. Mustamlakachilik idora usuli Rossiya harbiy vaziri, graf D.Milyutin, podshoh maslahatchisi V.Girs 1867-yilda «Turkiston o’lkasini boshqarish tartibi» haqida qonun loyihasini tuzdilar, u Vazirlar Kengashi tomonidan tasdiqlandi va amalda kuchga kirdi. O’lkada mutlaq hokimiyat general- gubernator qo’lida to’plandi. General-gubernatorlik Kengashi va to’rt bo’limdan iborat mahkama tuzildi. Birinchi bo’lim ma’muriy va nazorat, ikkinchisi moliyaviy xo’jalik, uchinchisi soliq va shaharlar mablag’lari ishlarini boshqargan. To’rtinchisi maxsus bo’lim deb atalgan. General-gubernator bir vaqtda podshoh noibi, harbiy okrug qo’shinlari qo’mondoni, bosh mirshab, bosh prokuror bo’lgan. U Buxoro amiri faoliyatini Rossiya imperatori agentligi orqali Xiva xonini esa Amudaryo bo’limi boshlig’i orqali nazorat qilib turgan.

25Sodiqov H, Jo’rayev N. O’zbekiston tarixi. I kitob. Toshkent., «Sharq», 2011. 229-бет.


Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin