Maqsudov asliddin murodovich turkistonda rus sharqshunosligi va arxeologiyasi tarixi



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə20/64
tarix03.03.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#86424
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   64
Turkistonda arxeologiya xavaskorlari

21




masalasi podshoh Aleksand II tomonidan 1859 va 1861-yillarda o’tkazilgan saroy kengashida muhokama qilinadi va birinchi navbatda Qo’qon xonligini bir yoqlik qilish, unga qarshi harbiy harakatlarni boshlashga qaror qilinadi. O’rta Osiyo xususidagi raqobatda Rossiya ustunlik qildi. Angliya Rossiyaning harbiy kuch bilan O’rta Osiyoni egallashga qaratilgan harakatlarini to’xtatib qololmadi. Rossiya bosqini. 1864-yil may oyida Qo’qon xonligi hududiga Sharq tomondan polkovnik Chernyayev qo’mondonligidagi Rossiya qo’shinlari, G’arbdan polkovnik Verevkin qo’shinlari bostirib kirdi. Ular tomonidan Qo’qon xonligining muhim va tayanch shaharlari - Avliyoota, So’zak, Turkiston shaharlari egallandi. Bosqinchilar 1864- yil 14-iyulda Chimkentga yurish boshladilar. Bu orada Qo’qon xoni Sayyidxon va lashkarboshi Mulla Alimqul bor kuchlarini to’plab, Chimkent atrofida jangga
tayyorlandilar. Turkiston shahri yaqinidagi Iqon qishlog’ida uch kun davomida
21
qattiq jang bo’ldi. Manbalarda yozilishicha, jangda shunday qirg’in bo’ldiki, o’liklardan tepalar hosil bo’ldi. Jangda Mulla Alimqul qo’shinlari g’olib chiqdi, Chernyayev qo’shinlari jangda engilib orqaga chekinishga majbur bo’ldi. Mulla Alimquli o’z qo’shinlarini bosqinchilar egallagan shaharlarni ozod qilish uchun jangga tayyorlayotgan bir paytda Buxoro amiri Muzaffarning Qo’qon xonligi hududlariga bostirib kirganligi to’g’risida xabar olindi. Mulla Alimqul o’z qo’shinlari bilan Qo’qon himoyasiga otlanishiga majbur bo’ldi. Vaziyat Chernyayevga qo’l keldi, uning qo’shinlari Orenburg otryadlari bilan Sayramda qo’shilib, 1864-yil 14 sentyabrda Chimkentga yangidan yurish uyushtirdi va shaharni bosib oldi. Chernyayev 1864-yil 2 oktyabr kuni Toshkentga hujum boshladi. Toshkent Qo’qon xonligining eng yirik, muhim strategik ahamiyatga molik shahari bo’lib, uzunligi 25 chaqirim, eni 2-3 metr, balandligi 5-7 metr bo’lgan devor bilan o’rab olingan edi. Devor tepasining kengligi 2 metr bo’lib, mudofaa minoralari, o’q otadigan shinaklari bo’lgan, devor atrofi suv to’ldirilgan zovur bilan o’rab olingan edi. Toshkent mudofaachilarining mardona harakati tufayli Chernyayev qattiq mag’lubiyatga uchradi, 72 zobit va askarni yo’qotdi. Chimkentga qaytishga majbur bo’ldi. Chernyayev 1864- 1865-yil qishini tayyorgarlik bilan o’tkazdi, uning qo’shinlari Sibir va Orenburgdan etib kelgan qurol-yarog’, yangi batalonlar, sapyorlar rotalari bilan to’ldirildi. Mahalliy aholi orasida o’z Vataniga xiyonat qiluvchi, dushmandan panoh izlovchilar ham topildi. Abdurahmonbek, Saidazimboy, Soatboy kabi sotqinlar Toshkentni egallashda Chernyayevga ko’maklashdilar. 1865-yil bahoridan Chernyayevning yangi hujumi boshlandi. 28-aprel kuni Chirchiq daryosi qirg’og’idagi Niyozbek qal’asini egallab, Toshkentni suv bilan ta’minlab turuvchi Kaykovuz anhoriga Chirchiq daryosidan suv chiqarib beruvchi to’g’ onni buzib tashlab, shahar aholisini suvsiz qoldiradi. Amirlashkar Alimqul katta qo’shin bilan Qo’qondan Toshkentga etib keladi. Toshkent uchun shiddatli janglar bo’ldi. 9-may kuni Salar arig’i bo’yida katta jang bo’ldi. Alimqul og’ir yarador bo’ladi va halok bo’ladi. Nihoyat shahar himoyachilarining qarshiligi sindirildi, 15-iyun kuni Chernyayev Toshkentni zabt

21Sodiqov H, Jo’rayev N. Уша асар. 91-бет.


Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin