SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 ǀ ISSUE 2 ǀ 2022
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 209
XIVA XONLIGINING BUXORO VA QO’QON XONLIGI BILAN OLIB
BORGAN O’ZARO SAVDO ALOQALARINING MAHALLIY MANBALARDA
YORITILISHI
Hayitmurod Abdujabbor o’g’li G’aybullayev
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti magistranti
ANNOTATSIYA
Maqolada Xiva xonligini XVIII asr oxiri XIX asr boshlarida Buxoro va Qo'qon
xonliklari bilan olib borgan o'zaro aloqlari haqida ma'lumot berilgan.
Kalit so'zlar: Xiva xonligi, Qo'qon xonligi, Rossiya, diplomatik aloqa, Abulg'oziy,
Munis, Ogahiy, Qo'ng'irot va boshqalar.
XVII XIX asr va XX asr boshlarida Xorazmda yozilgan tarixiy asarlarda Xiva
xonligining Buxoro, Qo’qon xonliklari, Rossiya va boshqa mamlakatlar bilan bo’lgan
diplomatik munosabatlari tarixiga doir ma'lumotlarni ham kop uchratamiz.
Abulg’oziy, Munis, Ogahiy va Bayoniyning mazkur tarixiy asarlarida XVII -
XVIII asr diplomatik munosabatlar tarixiga oid ba'zi ma'lumotlar keltirilsa-da, Xivada
Qo’ng’irot sulolasi hukmronlik qilgan davrdan boshlab bo’lgan tarixiy voqealar,
shuningdek, diplomatik munosabatlar esa batafsil bayon etiladi. Xiva va Buxoro
xonliklari o’rtasida davom etib kelayotgan diplomatik aloqa Eltuzarxonning vafotidan
so’ng ma'lum vaqt uzilib qolgan edi.
Buxoro xonligi bilan Xiva xonligi o’rtasida ma’lum vaqt to’xtab qolgan bu
diplomatik munosabat 1226 (1811-1812) yili Amir Haydar o’g’lining to’yi munosabati
bilan Xorazmga Muhammad Rahimxon I oldiga O’roqboy Jo’ra oqosi va Avaz
Muhammad yasavulboshini elchi qilib yuborishi bilan tiklangan edi. Xorazmga elchilar
kelgan vaqtda Muhammad Rahimxon I Arol ustiga yurish qilgan bolib, u yerda edi.
Qutluq Murod inoq Yormuhammadbek orqali Buxoro amirining nomasini Muhammad
Rahimxonga yuboradi. Bu kelgan elchilarga Hasan Murod otaliqni va Qandum sardorni
qoshib, Buxoroga yuboriladi
1
. Buxorodan bular bilan birgalikda Yaqub Qo’rchi begi
va Gul yasavul Xivaga elchi bolib keladilar. Xivadan esa Berdi inoq elchi bolib,
bular bilan birgalikda Buxoroga boradi. Takalar masalasi bo’yicha amir bilan suhbat
qiladi. So’ngra u bilan Xivaga Musoxo’ja O’roq va Muhammad Jo’ra oqosi elchi bo’lib
keladilar
2
.
Shahzoda Vali 1812 yili Xiva xonligiga o’z elchisini yuboradi. Shuningdek, shu
yili O’rta Yuz qozoqning hokimi Omonboy biyning inisi Qurbonboy ham Xorazmga
elchi bo’lib kelgan edi. Shu yili, ya'ni 1812 yil Mashhadga Shahzoda Vali huzuriga
1
Мунис ва Огаҳий. Фирдавс ул- иқбол. Мазкур қўлёзма фонди. Инв. No 5364/. 160-161 бб.
2
Шу асар. Инв. No 5364/. 168 б – варақ.
SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 ǀ ISSUE 2 ǀ 2022
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan