Scientific progress


www.scientificprogress.uz



Yüklə 439,67 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix20.04.2022
ölçüsü439,67 Kb.
#55844
1   2   3   4   5
xiva-xonligining-buxoro-va-qo-qon-xonligi-bilan-olib-borgan-o-zaro-savdo-aloqalarining-mahalliy-manbalarda-yoritilishi

www.scientificprogress.uz

 

 



Page 211

 

 



muhabbatnoma  bilan  Ho’qand  viloyatiga  irsol  qildi

6

,  1260/1844  yili  jumodilavval 



oyining  19  ida,  juma  kuni  Ho’qandga  ketgan  elchilar,  ya'ni  Bobobek  va 

Yaxshimurodbek  mazkur  viloyatning  hukmroni  Sheralixonning  qo–ShFon  elchisi 

Qorabosh  dodxoh  va  yuborgan  peshkashlarin  kelturub,  dargohi  olam  panoh... 

peshgohiga  yetkurdilar.  Rajab  oyining  17  ida  panjshanba  kuni  Buxoroga  ketgan  elchi 

Rahmonberdi  oxundg’a  Buxoro  voliysi  Amir  Nasrullaning  qo’ShFon  elchisi  Fathulla 

xoja  sudur  kelib,  amirning  yuborgan  tuhafot  va  savg–otin  mavqufi  arzga  yetkurdi. 

Sha'bon oyining salohida, juma kuni Eron mamolikining podshohi Muhammadshohning 

elchisi  Shahsuvorxonga  ruxsat  berib  viloyatiga  qaytardi.  Ramazon  oyining  6  sida 

chahorshanba  kuni  Ho’qand  elchisi  Qorabosh  dodxohg’a... Yusufbekni  elchi  yo’sunliq 

qo’shub Ho’qand viloyatiga irsol qildi–

7



Ogahiy o’z asarida diplomatik munosabatlar haqida gapirsa-da, kelgan elchilarning 



nima  maqsadda  kelganlari  va  yuborilganligi  haqida  gapirmaydi  degan  edik.  Lekin 

asarning ba'zi yerlarida bu elchilarning nima masala yuzasidan suhbatlashganlari haqida 

aniq  ma'lumotlar  ham  beriladi.  Masalan:  1261/1845  yili  Buxorodan  kelgan 

Qo’chqorbek  miroxirga  Xivadan  Rahmatulla  Qorako’zni  qo’shib  Buxoroga  elchi  qilib 

yuborilgan  edi.  Xiva  xoni  Buxoro  amiriga  quyidagi  nomani  yuborgan:  Amir 

Nasrullaning  muddaosi  agar  musolaxa  qilib  borishmoq  va  kelishmoq  bo’lsa,  bizning 

xohishimiz  uldur  va  agar  g’arazi  savosh  va  talosh  bo’lsa  muxoriba  maydoniga 

chiqsunkim,  biz  ham  ul  amrga  muhayyo  va  amodadurmiz.  Bu  ikki  ishning  qaysisini 

ixtiyor  qilsa,  ul  ishga  bel  bog–lasunkim,  ikkisi  ham  bizning  maqsadimizdur.  Bu  so’z 

bila elchilarni Buxoro viloyatiga irsol qildi–

8



Shuningdek,  bu  masala  yuzasidan  Ogahiyning  –Jomi–  ulvoqioti  sultoniy– 



asaridagi  ma'lumotlardan  ba'zilarini  olib  ko’raylik.  –Muhammad  Aminxon  o’zining 

xorazmshohlig avrangig–a julusi izhori uchun atrof va javonibdagi viloyatlarga elchilar 

irsol  qildi.  Ul  jumladin  Eshmurod  rais  bila...  Olloberdi  so–fini  1262/1845–1846  yili 

rabi'  ul  avval  oyining  to–rtida  yakshanba  kuni  Buxoro  viloyatining  podshohi...  Amir 

Nasrulloga...  irsol  qildi–

9

.  –Buxoro  podshohi  Amir  Nasrulloning...  qo’shib  yuborgan 



ikki  elchisi  kelib  ostonbo’slig  sharafin  topdi.  Mazkur  bo’lg’on  oyning  23  ida,  shanba 

kuni  hamul  elchilariga...  Bikish  xalifani  saforat  rasmi  bila  qo–shib,  Buxoroga  irsol 

qildilar. Jumodil avval oyining 13 ida, juma kuni... Abdulhalim... Ho’qand viloyatidan 

kelgan  elchiga  saforat  tariqasi  bila  hamroh  bo’lib,  mazkur  viloyatga  bormish  erdi, 

hamul  viloyat  hokimining  qo’shib  yuborgan  elchisi  kelib,  yakjihatlik  izhori  uchun 

topshurg–on muhabbatnomasin... yetkurdi. 

Jumodiy as-soniyning avositida Mashhad hokimi Olloyorxonkim... Eron mulkining 

podshohi  Muhammad  shoh  tarafidan  nayobatan  jami'  Xuroson  viloyatining  hokimi 

                                                           

6

 Шу асар. Инв. № 5364/II. 403 а - варақ. 



7

 Шу асар. Инв. № 5364/ІІ. 403 - варақ. 

8

 Шу асар. Инв. № 5364/І. 405 а- варақ. 



9

 Шу асар. Инв. № 5364/II. 414 б - варақ. 




SCIENTIFIC PROGRESS

 

VOLUME 3 ǀ ISSUE 2 ǀ 2022 



ISSN: 2181-1601

 

 



Uzbekistan  

                            




Yüklə 439,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin